Wednesday, January 8, 2014

Jismoniy salomatlik yo'lida: Sog'lom tana uchun nimalar kerak?



Oqsil
Uglevod
Yog'
Hazm qiluvchi tolalar (fiber)
Turli vitaminlar va Mineral moddalar


Oqsillar. Tanamizdagi hujayralar, organlar, gormonlar, muskullar, suyarklar, hammasi oqsillar yordamida faoliyat ko'rsatadi. Oqsillar qonda lipidlar, ba'zi gormonlar, vitaminlar, metal ionlari bilan kompleks hosil qilib, ularni tegishli to'qimalarga yetkazadi. Masalan, gemoglobin qon tarkibidagi kislorodni biriktirib uni tashiydi. Lipoprotein oqsili yog'simon moddalarni jigardan boshqa organlarga tashiydi. Oqsil yana organizmda o'tayotgan kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi.
Odam tanasining ko'pgina qismi (20 %) ni oqsillar tashkil qiladi. Muskullarni, suyaklarni, to’qimalarni kuchli bo’lishida katta rol o’ynaydi. Oqsillar organizmga kirgan bakteriyalarni  parchalaydi, zararsizlantiradi. Qon tarkibidagi immunoglobulin oqsili qonga kirgan virus va bakteriyalarni sezadi, ularni aniqlaydi va zararsizlantiradi.
Oqsillarga boy oziq ovqatlarga misollar: Mol, qo'y, parranda, baliq go'shtlari, no'hat, qizil loviya, mosh kabi dukkaklilar, ko'p ishlov berilmagan don mahsulotlari (qora un, jigarrang guruch, perlovka, grechka, makka uni), sut, pishloq, har hil yong'oqlar.



Uglevodlar. Uglevodlar organizm uchun asosiy energiya manbai bo'lib xizmat qiladi.  Miya, qon hujayralari, buyrak va buyrakusti bezi  faoliyati uchun zarur bo'lgan barcha energiya uchun glyukoza kerak.
Bundan tashqari ular kovak organlar (me'da, ichak, qizilo'ngach, bronxlar va boshqalar) devorini mexanik shikastlanishidan himoya qiladi.
Ugelovodlar muskullarni yemirilishidan saqlaydi, yani yetarli energiya uchu uglevod bo'lmasa tanamiz muskullarimizdagi oqsillarni energiya sifatida ishlatishni boshlaydi.
Ko'p hollarda uglevod oqsil va yog' bilan birga ishlaydi. Bundan tashqari hazm qilishda yordam beradigan ichaklarimizdagi yahshi bakteriyalarga oziq ovqat yetkizib beradi.
Uglevodlar 2 hil bo'lishi mumkin: oddiy va murakkab.
Oddiy uglevodlar (shakar, oq un, oq guruch, hamirli ovqatlar, krahmal miqdori ko'p oziq ovqatlar)-istemol qilingandan keyin qonga tez so'riladi, qonda shakar miqdorini keskin oshirib yuboradi. Qisqa vaqt uchungina odamga energiya beradi.
Murakkab uglevodlar esa istemol qilingandan keyin hazm qilinishi uchun biroz vaqt ketadi, qondagi shakar miqdori birhilda turadi. To'la hazm qilingandan keyingina  tana uni energiya sifatida ishlatadi.  Uglevodlar bizga energiya beradi, lekin ortiqchasi zahira sifatida qolib ketadi. Agar ishlatilinmasa "yog' sifatida qolib ketadi.
Foydali, sog'lom, murakkab uglevodlarga misollar- ko'p ishlov berilmagan don va dukkaklilar (qora un, makka uni, grechka, perlovka, jigarran guruch),  har hil meva- sabzavotlar.
Yomon, zararli  uglevodlarga misollar: shakar va tarkibida shakari bor oziq ovqatlar, qayta ishlangan oq guruch, oq un va ular bilan tayyorlangan oziq ovqatlar.



Yog’lar. Yog' barcha organ to'qimalarning tarkibiga kiradi. Yog' biz uchun gormonlarni meyorida ishlashida, hujayra devorlarini kuchli bo'lishida, nervlarlarni yahshi ishlashida, immunitetni kuchli bo'lishida,  bazibir vitaminlarni yahshi hazm qilinishi va saqlashida, tanamizmi issiq saqlab turishda yordam beradi. Sifatli yog'lar terimiz, soch, tirnoqlar, immunitet sistemasi, yurak, jigar, nervlar uchun juda foydalidir.
Yog'ni ko'p istemol qilish turli kasalliklarga olib kelganiga o'hshab,  uni kam istemol qilish bilan ham turli kasalliklarga olib kelishi mumkin, masalan: teri qurishi, ekzema, kamquvvatlik, bo'yrak ishlashini zaiflashishi, yaralarni sekin tuzalishi, ko'rish va o'rganish bilan bog'liq muammolar, depressiya va boshqalar.
Sog’liq uchun foydali yog’lar: Zaytun yog'i, to'za qaymoq- saryog', kokos yog'i, mol-qo'y yog'lari - ovqatlar tayyorlashda ishlatsa buladi. Yong’oq, sedana va baliqlardagi yog'lar ham foydali.
Yomon yog'lar-  ko'p ishlov berilgan, katta temperaturada oqartirilgan o'simlik yog'lari (kungaboqar, yeryong'oq, pahta) judayam zararli. Agar oddiy tegirmonda, issiqliksiz chiqarilgan kungaboqar yog'lari bo'lsa biroz ishlatsa bo'ladi (iloji boricha ovqat pishirishda emas, salat kabilarda sovuq holatda ishlatish kerak).



Hazm qiluvchi tolalar (Fiber ,пищевые волокна)
Hazm qiluvchi tolalarni yetarli istemol qilishni sog’liq uchun ko’p foydalari bor. Asosan 2 hil shakli mavjud: Parchalanadigan va parchalanmaydigan.
Parchalanadiganlari: Tanamizda hazm bo’ladi, va qondagi holesterinni pasaytirib turishga yordam beradi. Holesterin tabiiy paydo bo’ladigan yog’li modda va uni ko’p miqdorda istemol qilsangiz arteriyalarni to’sib qo’yishi mumkin. Dukkakli va donli mahsulotlar fiber’ga boy hisoblanadi.
Parchalanmaydigan fiber: hazm bo’lmaydi, parchalanmaydi. U parchalanmasdan turib hazm qilish sistemasidagi boshqa mahsulotlarni ham birga olib chiqib ketadi tashqariga. Parchalanmaydigan fiber ich qotishini oldini oladi va kerakli moddalardan tanani tozalab turadi, yetarlicha fiber istemol qilgan odamda ish qotishi, hazm qilish a’zolar kasalliklari kabi muammolar juda kam uchraydi. Qayta ishlanmagan guruch, qora un va qayta ishlanmagan turli don mahsulotlari, meva va sabzavotlar po'stlari parchalanmaydigan fiber’ga boy bo’ladi.
Fiber’ga boy mahsulotlar sizni to’q tutadi. Bu ayniqsa ozayotganlar uchun juda muhim. Ko’p suv ham ichib turish kerak.
Hazm qiluvchi tolalarga boy manbalarga misollar- Qayta ishlanmagan don va dukkakli mahsulotlar (bug’doy, guruch, bulgur, grechka, perlovka, no'hat, loviya, mosh, qizil loviya), sabzavotlar va mevalar (po'stlari bilan).

Mineral moddalar.
Tanamizdagi barcha a’zolar, to’qima va suyuqlikda mineral moddalar bor. Mineral moddalar hisoblanadigan natriy, kaliy, kaltsiy, fosfor, mis, temir, magniy kabilar ko'pchilik oziq ovqatlar  tarkibida uchraydi. Mineral moddalarni kamligi turli kasalliklarni keltirib chiqadi.
Vitaminlar.
Inson organizmi uchun turli ovqatlar tarkibidagi oqsil, uglevod, yog'lardan tashqari turli vitaminlarga boy mahsulotlarni ham ko'proq istemol qilish kerak. Vitaminlar yetishmasligi hujayralar faoliyatini buzilishiga, moddalar almashinuvini izdan chiqishiga olib keladi. Organizm zaiflashadi va turli kasalliklarga moyil bo'lib qoladi.
(Eng kerakli vitaminlar- Vitamin A, B, C, D, E kabilardir. Vitamin D'ni eng yahshi yo'li quyosh nuridir.
Tabiiy holda yetishtirilgan o'simlik, meva-sabzavotlar,  chorva va parranda go'sht va sut mahsulotlarida, yong'oq kabi barcha foydali, sog'lom oziq ovqatlarda kerakli vitamin va mineral moddalari bor.
Vitamin va mineral moddalarni sintetik yo'l bilan tayyorlanganlari sog'liq uchun zararli hisoblanadi. Imkon boricha, faqat tabiiy oziq ovqatlarda olishga harakat qilish kerak.

Suv- Inson organizi uchun juda muhimdir va kun davomida suvni ko'p istemol qilishga harakat qilish kerak.

No comments:

Post a Comment