Showing posts with label tishlar salomatligi. Show all posts
Showing posts with label tishlar salomatligi. Show all posts

Wednesday, June 3, 2015

Tabiiy tish yuvish kukuni.

Qurtlangan tishlarni davolashda ko'p ta'kidlaganimizday to'g'ri ovqatlanish va kerakli ozuqa moddalarni yetarlicha istemol qilish juda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga tishga yahshi qarash, uni vaqtida tozalab turish ham kerak. Odatda aksariyat tish pastalarida zararli moddalar topiladi, shuning uchun tabiiy, zararsiz moddalar bilan uyda tayyorlanadigan tish pastasi yoki kukuni qilishga harakat qildik va ohirgi 4-5 oylardan beri shunday tish kukun ishlatib kelyapmiz. Asosan minerallar va giyohlardan tayyorlangan ushbu kukun tishni tozalash va davolashda yordam beradi deb o'ylaymiz.
Quyida tish kukuni tayyorlash uchun kerakli mahsulotlarni keltiramiz.
3 qoshiq Kalsiy karbonat (Calcium Carbonate)
2 qoshiq Magniy sitrat (Magnesium citrate)
4 qoshiq Shifobaxsh Aztek loyi/tuprog'i (Bentonite Clay)
1 qoshiq  Pishiriq sodasi/natriy bikarbonat  (Baking soda/sodium bicarbonate)
1 choy qoshiq dolchin kukuni
2-3 qoshiq maydalangan turli giyohlardan: Yalpiz (Peppermint), Horsetail grass, Lobelia,  White Oak bark, Goldenseal root, Qalampirmunchoq (Clove),  Myrrh Gum- topilganlarini yoki hohlaganlarni qo'shish mumkin yoki ta'bga qarab turli yog'laridan ham ishlatsa bo'ladi
1-2 qoshiq Xylitol kukuni

Hamma mahsulotlarni yahshilab aralashtirib, kichikroq shisha idish/bankaga solinadi. Tish kukuni quruq bo'lgani uchun uzoq muddatga shisha bankada turishi mumkin. Ishlatish uchun tish cho'tkasini namlaymiz, so'ng tish yuvish kukuni alohida bir qoshiqda yoki ozgina qo'lingizga solib, namlangan cho'tkaga suramiz. Va sekin asta tishlarni yuvamiz. Yuvib bo'lgacha tish cho'tkalarini yahshilab yuvib tashlashni unutmaslik kerak.


Wednesday, March 25, 2015

Tishlar salomatligi: Magniyga boy oziq ovqatlar.

Suyaklar, hususan tishlar, salomatligi uchun kalsiy, fosfor va magniy kabi minerallar, A, D va K2 vitaminlari juda ham kerakligi haqida oldingi mavzularda eslatib o'tgandik. Ushbu minerallarni yetarli miqdorda bo'lishi tish yoki suyaklarni sog'lom va kuchli bo'lishida katta rol o'ynaydi. Agar kalsiy va fosfor yetarli bo'lib, magniy yetishmasa suyaklar meyorida rivojlana olmas ekan. Magniy kamligi  bundan tashqari  boshqa turli kasalliklarini ham keltirib chiqishi mumkin.

Ushbu mavzuda magniyga boy oziq ovqatlar haqida biroz batafsilroq yozamiz.
1. Magniyga boy oziq ovqatlar guruhidan biri yong'oq va urug'lar hisoblanadi. Lekin ularda fitin kislotasi yuqori, bu o'z o'rini bizga kerakli minerallarni tanamizga singishiga to'sqinlik qiladi. Albatta undirib, hech bo'maganda ivitib/roast qilib yeyish kerak. Men ko'proq kungaboqar va qovoq urug'larini undirib sut, hummus/dip tayyorlayapman. Hummus'ni no'hat bilan emas kungaboqar urug'idan qilingani ham mazali chiqar ekan.
Yong'oq va urug'larni to'g'ri istemol qilish haqida quyidagi mavzuda ko'proq o'qib o'rganish mumkin.

 Ivitilib quritilgan yong'oqlik sharchalar.
Retseptni shu yerdan topish mumkin.
 


Banan va yong'oqlik pirog
Retseptni shu yerdan topish mumkin.

Undirilgan kungaboqar urug'idan tayyorlangan sut
 

Undirilgan kungaboqar urug'i va kunjut urug'idan holva

2. Yana bir magniyga boy oziq ovqatlar guruhi bu dengiz o'tlari ekan. Turli sifatli baliqlar bilan  doimiy tarzda toza va sifatli dengiz o'tlari ham istemol qilish juda foydali ekan. Dengiz o'tlari yod, magniy, kalsiy, temir kabi kerakli minerallarga boy bo'lib ular tanadagi turli zaharli moddalarni tozalashda, minerallar yetishmovchiligini kamaytirishda, turli kasalliklarni oldini olishda va davolashda yordam beradi. Nomlari kelp, nori, dulce va boshqalar.
 

3. Yana bir magniyga boy oziq ovqat bu- hom kakao kukuni (raw cacao powder). Hom, ko'p ishlov berilmagan kakao kukuni kakao darahtidan olingan donlaridan tayyorlanadi. Tabiiy kakao kukunida turli antioksidantlar, oqsil, magniy, kalsiy, hazm qilish tolalar (fiber) kabilarga boy va sog'liq uchun foydali hisoblanadi. Faqat qizidirilgan, ko'p ishlov berilganlarida bu foydali ozuqa moddalar keskin kamayib ketadi (processed cocoa powder yoki shokoladlar misol).
Kakao kukunida ham boshqa yong'oq, dukkaklik, urug'lar kabi fitin kislotasi bor. Shuning uchun ko'p emas, meyorida turli smuzi, sut, puddinglarga qo'shib kuni 1/2 yoki 1 choy qoshiq istemol qilaversa bo'ladi.


4. Magniyga boy yana bir taom bu suyakli sho'rva. Suyakli sho'rva uchun ishlatilinadigan suyaklar toza otlar yeb katta bo'lgan mol-qo'y, tovuqlardan bo'lsagina ulardagi magniy, kalsiy kabi minerallar ovqatga ham o'tadi. 

Suyakli sho'rva haqida quyidagi mavzuda batafsilroq o'qish mumkin.
 
 5. To'q yashil bargli sabzavot/ko'katlar ham magniyga boy yana bir manba hisoblanadi. Misol uchun kale, rediska yoki sholg'om barglari, beda, collard ko'katlari, ismaloq va boshqalar.

6. Turli Dukkakliklar va donlar ham magniy, fosfor, ruh kabi minerallarga boy. Lekin ular tarkibida fitin kislotasi ushbu minerallarni biriktirib tanaga singishida, hazm bo'lishiga to'sqinik qiladi. Eng yahshi usuli dukkaklik va donlarni albatta undirib, hech bo'lmaganda ivitib ishlatish kerak.

Dukkakliklarni to'g'ri istemol qilish haqida quyidan ko'proq ma'lumot olish mumkin.

Donlar to'g'ri istemol qilish haqida esa quyidan ko'proq ma'lumot olish mumkin.

7. Avakado ham magniyga boy hisoblanadi. Uni smuzilarga, salatlarga, tuhumlik buterbrod, yoki har hil souslarga qo'shib istemol qilish mumkin.

8. Ko'katlardan petrushka, kashnich, rayhon, ukrop, yalpizlar kabilar ham magniy kabi minerallarga boy ekan. Ularni imkon boricha hom, yoki quritilgan holatda ham turli ovqatlarga qo'shib ko'p ko'p istemol qilsa foydasi bo'ladi.
Quyida ko'katlar va ularni qanday quritish haqida alohida mavzu yozilgan.
Bundan tashqari magniy tuzi bilan oyoqlarni vanna qilish yoki sifatli magniy topilsa uni istemol qilsa ham qo'shimcha yordam bo'ladi.



Monday, December 1, 2014

Tishlar salomatligi uchun sog'lom ovqatlanishning muhimligi (2-qism)

Bolalarimizni, oila a'zolarimizni, o'zimizni tishlarimizni ehtiyot qilish uchun oldingi mavzuda aytganimizday ovqatlanish tarziga qattiq e'tibor berishimiz kerak.

Tishlar nima uchun kuchsizlanib, qurtlashiga sabab  bo'ladigan asosiy  omillar:
1. Dietada kalsiy, magniy va fosfor kabi kerakli minerallarni kamligi/yetishmasligi.
2. Yog'da eriydigan vitaminlar A, D, E va K2 larni kamligi/yetishmasligi.
3. Dietada fitin kislotasi (phytic acid) ko'pligi;  ko’p ishlanmagan don unlari, bug'doy, arpa, grechka, makka kabilar; no'hat, loviya, mosh;  yong'oq va urug'lar kabilarni to'g'ri tayyorlab istemol qilmaslik.
4. Dietada tayyor/yarim tayyor oziq ovqatlarni, oq un/guruch,  tabiiy, suniy shakarni ko'pligi.

Qurtlangan tishlarni davolash uchun  yuqoridagi mineral va vitaminlarni meyoriga keltirishga harakat qilish kerak ekan!
Eng avval  istemoldan butunlay chiqarib tashlash kerak bo'lgan ozoq-ovqat guruhlari bilan tanishib chiqamiz.
1. Oq unlik ovqatlar (non, somsa, hamirli ovqatlar kabi)
2. Shakar yoki har hil shirinliklar, ichimliklar (ahyon ahyonda maple syrup, asal, rapaduradan tashqari)
3. Har hil tayyor, yarim tayyor ovqatlar. Hususan turli unlardan (bug'doy, makka, grechka, guruch, suli) tayyorlangan non va non mahsulotlari, hatto qayta ishlanmagan qora (whole) bo'lsa ham. Chunki to'g'ri usulda tayyorlanmagan.
4. Qayta ishlangan o'simlik yog'lari.
5. Oshiqcha pasterizatsiyalangan sut va sut mahsulotlari.
Bu kabi oziq ovqatlar tishlarni yomonlashdan tashqari, organizmni kuchsizlantirib boshqa har hil  kasalliklarni ham keltirib chiqadi.

Shularni istemoldan chiqarib tashlagandan keyin tishlarni, butun suyak tizimini mustahkamlash uchun harakat qilsa bo'ladi.

Umumiy dieta:
1. Toza yog'lar ( omega-3, baliq jigari yog'i, zaytun, kakos yog'i, o't yeb katta bo'lgan sigir sutlaridan olingan toza saryog', hayvon yog'lari, sifatli yong'oq-urug' yog'lari kabi)



2. Har hil meva-sabzavotlar, ko'proq rang barang sabzavotlar. Ba'zilarni hom yesa ma'qul, bazilarni esa pishirib.

3. Fermentlangan oziq- ovqatlar (kefir, fermentlangan sabzavotlar,  tuzlangan karam: sauerkraut, kimchi kabi.)


4.Uyda tayyorlangan suyakli sho'rva (holodes- bone broth)

 5. Yetarlicha Vitamin D (quyosh yoki baliq yog'lari orqali)

6. Sifatli oqsil/protein (o't yeb katta bo'lgan hayvon go'shtlari, toza baliq, tuhum kabi)

7. Har hil unlar, donlar (grechka, makka), dukkakliklar ( no'hat-loviyalar) va  yong'oq-urug'larni istemol qilish uchun ularni albatta ivitish, yoki fermentlash kerak. Bo'lmasa foydasidan ko'ra zarari ko'proq bo'lib qoladi.
sourdough non

8. Hom sut va sut mahsulotlari (hom sut, kefir, qatiq, tvorog kabi)
kefir suzib olish jarayoni
Umumiy suyak tizimini mustahkamlash, ularni yahshi parvarish qilish uchun kerakli oziq ovqatlar haqida batafsil shu manbadan ham o'qish mumkin.

Malumotlar olish uchun  foydalangan (tavsiya uchun) asosiy adabiyotlarimiz:
Cure Tooth Decay (http://www.curetoothdecay.com)
Weston A Price Foundation (http://www.westonaprice.org/health-topics/)
mercola.com
http://biologicaldentalhealth.com

Saturday, November 1, 2014

Tishlar salomatligi uchun sog'lom ovqatlanishning muhimligi (1-Qism)


Tish ham biz insonlar uchun Allohning katta bir ne'mati ekan. Ohirgi paytlarda tish bilan bog'liq muammolari bor odamlarni ko'p uchratib qolayapman. Tish yomonlashi butun jismda turli yetishmovchilik, kasalliklar borligiga bir belgi deb hisoblashadi, ya'ni tana ham sog'lom emas.
Ayniqsa ko'p yosh bolalarning ham  yoshligidan tishlarni qurtlagan, og'rigan yoki meyorida to'g'ri rivojlanmagan.
Kattalardayam har hil tish, milk og'riqlari, muammolari ko'p. Lekin qilinadigan davolar orqasida o'ziga yarasha qo'shimcha muammolar tug'iladi. 
Agar tish endi qurtlashni boshlagan bo'lsa (yoki umuman qurtlangan tishni agar judayam nervlarga yetib borib og'riq bermayotgan bo'lsa)  uni dieta bilan to'htatish yoki kamaytirish mumkin ekan.
Odatda qurtlagan tishlarni tish doktorlari tozalab plomba (filling) qilib qo'yadi. Plomba uchun har hil materiallar qo'llashi mumkin: merkuriy, kumush, tilla yoki oq rezinkalik. Ichidan eng yomon merkuriy/alyuminylik plombalar. 
Agar tish yomonroq qurtlab, nervlariga yetib, qattiq og'ritayotgan bo'lsa nervlarini o'ldirib, tishni sog'lom qismini qoldirib, keyin plomba qilinadi (root canal). Bu judayam zararli mulojadir deb ta'kidlashadi. Bu ayniqsa odamni kelgusidagi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.  O'lib qogan tish tagida hamma yomon bakteriya to'planib olib har hil kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Judayam yomon bo'lib ketgan,  singan, umuman yaroqsizroq tishlarni butunlay olib tashlab yangi sun'iy tish qo'yiladi (dental implant). Avval metal (Titanium)  qoziq qilib, bir oz muddatda u yahshi o'rnashgandan keyin ustini yasama tish bilan qoplashadi. Buniyam o'ziga yarasha bir talay zararlari bor;  metalni og'izga soldirish, qolaverasa yana qoshimcha infeksiya, bakteriyalar.
Hozirgi kunda metalmas, keramika yasama tishlar (ceramic dental impant) ham qoyishadi. Tabiiy usullar bilan davolaydigan tish doktorlar bilan bog'lanib shu usulni tanlash imkoni ham bor, lekin ko'p joylarda hali keng tarqalmagan.

Aytmoqchi bo'ganim tishlaringizni, ayniqsa bolalaringizni tishlarini asranglar! Kasallangan tishlarni hozircha sog'lomroq, zararsiz  davo usullari deyarli yo'q ekan.

Sog'lom tishlar uchun sog'lom ovqatlanish tarzi (dieta)

Tishlar sog'lom, kuchli bo'lishi uchun eng asosiysi sog'lom dieta ekan, ikkinchi o'rinda  doimiy tozalash, yuvish, misvok ishlatishlar keladi. Agar dieta yahshi bo'lmasa tish ming toza tutilsin u  qurtlab, zaiflashib, milklar ham osongina kasallanib qoladigan bo'ladi.

Bolalarni (o'zimizniyam) tishlarini ehtiyot qilish uchun quyidagilarni iloji boricha istemol qilmaslikka harakat qilish kerak:
1. Oq unlik ovqatlar (non, somsa, hamirli ovqatlar)
2. Shakar yoki har hil shirinlik narsalar, ichimliklar ( ahyon ahyonda maple syrup, asal, rapaduradan tashqari)
3. Har hil tayyor, yarim tayyor ovqatlar. Hususan turli unlardan (bug'doy, makka, grechka, guruch, suli) tayyorlangan non va non mahsulotlari, hatto qayta ishlanmagan qora (whole) bo'lsa ham. Chunki tog'ri usuldan tayyorlanmagan.
4. Qayta ishlangan o'simlik yog'lari.
5.Oshiqcha pasterizatsiyalangan sut va sut mahsulotlari.
 Bu kabi oziq ovqatlar tishlarni yomonlashdan tashqari, boshqa har hil yomon kasalliklar ham keltirib chiqadi.
Shularni istemoldan chiqargandan keyin tishlarni, butun suyak tizimini mustahkamlash uchun harakat qilsa bo'ladi.

Umumiy dieta:
1. Toza yog'lar ( omega-3, baliq jigari yog'i, zaytun, kakos yog'i, o't yeb katta bo'lgan sigir sutlaridan olingan toza saryog', hayvon yog'lari, sifatli yong'oq-urug' yog'lari kabi)
2. Har hil meva-sabzavotlar, ko'proq rang barang sabzavotlar.
3. Fermentlangan oziq- ovqatlar (kefir, fermentlangan sabzavotlar,  tuzlangan karam: sauerkraut, kimchi kabi.)
4.Uyda tayyorlangan suyakli sho'rva (holodes- bone broth).
5. Yetarlicha Vitamin D.
6. Vitamin A, Vitamin C, Vitamin K, Magniy, Fosfor, Kalsiylarga boy oziq ovqatlar.
5. Sifatli oqsil/protein (go'sht, baliq, tuhum kabi)
6. Har hil unlar (qora un), grechka, makka, no'hat-loviyalar, yong'oqlar istemol qilish uchun ularni albatta ivitish, yoki fermentlash kerak. Bo'lmasa foydasidan ko'ra zarari koproq bo'larkan.

Umumiy suyak tizimini mustahkamlash, ularni yahshi parvarish qilish uchun kerakli oziq ovqatlar haqida batafsil shu yerda o'qish ham mumkin.

Malumotlar olish uchun  foydalangan (tavsiya uchun) asosiy adabiyotlarim:
Cure Tooth Decay (http://www.curetoothdecay.com)
Weston A Price Foundation (http://www.westonaprice.org/health-topics/)
mercola.com
http://biologicaldentalhealth.com

mavzuning davomi quyida


 

Friday, September 5, 2014

Fermentlangan oziq-ovqatlar turkumidan: Fermentlangan karam (Kimchi)


Fermentlangan sabzavotlar foydalari, kimchidan boshqa turli tuzlangan oziq ovqatlar  haqida quyida o'qish mumkin.

Kimchi tayyorlash uchun masalliqlar (2 ta shisha bankaga yetarli bo'ladi):

2 ta  Hitoy karami (Napa cabbage)
2 stakan yoki ko'proq qirg'ichdan chiqarilgan yoki ingichka tog'ralgan sabzi
1 1/2- stakan qirg'ichdan chiqarilgan Daykon rediskasi
1 bog' tog'ralgan ko'k piyoz
2 qoshiq ezilgan sarimsoq
1-2 qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil ildizi
7-8 osh qoshiq kefir yoki qatiq suvi (agar bo'lsa)
2 qoshiq toza dengiz suvi (Himalay yoki Celtic sea salt) Agar kefir yoki qatiq suvi qo'shilmasa yana qo'shimcha 2 osh qoshiq tuz solinadi. O'rtacha tuz miqdori katta Napa karam uchun 2 osh qoshiq (agar kefir yoki qatiq suvi qo'shilmasa)
Ta'bga qarab qalampir, qizil bulg'ori kukuni 
1. Karamni yuvib, o'rtacha qilib kesib chiqib katta idishga solamiz. Sabzi va Daykon rediskasini yuvib, qirg'ichdan o'tkazib karamga qo'shamiz. Ko'k piyozni ham to'g'rab karamga solib hamma sabzavotlarni tuz bilan yahshilab aralashtiramiz. Sarimsoq, zanjabil, qalampir, qizil bulg'ori kukuni, qatiq/kefir suvini ham qoshib aralashtiramiz. Sabzavotlarni aralashtirganda ko'pgina suv chiqadi.

2. Sabzavotlarni shisha yoki sopol idishga yahshilab ezib solib (tepasida ozgina joy qolishi kerak), ustini berkitamiz va hona haroratida kamida 3 kun yoki ko'proq saqlaymiz.Undan ko'proq tursa ham bo'ladi, tayyor bo'lgandan keyin muzlatkichda (yoki sovuq holda turadigan hona, omborhonada tursa bo'ladi) saqlash kerak.

Tuesday, April 29, 2014

Suyaklar salomatligi va sog'lom ovqatlanish.


Annemarie Colbin’ni “The whole Food Guide to Strong Bones” nomli kitobidagi ma’lumotlarga ko’ra Sarah bilan tayyorlagan posterlar va ularga izohlar.


 healthybones.JPG


Suyaklar tirik to'qimalardir. Ular nervlar, qon tomirlar, qon hujayralari paydo bo'ladigan iliklardan tashkil topgan.  Ular doimo parchalanib va qayta yana tiklanib turadi.
20 yoshgacha  suyak hujayralari kamayganidan ko'ra ko'proq shakllanadi. Odam ulg'aygan sari suyaklarni qayta tiklanishi sekinlashib boradi (hususan ayollarda).

Suyaklar oqsil qurilmasi (35%) va ularni biriktirib turadigan kalsiy va boshqa minerallarlardan (65%)  iboratdir.  Oqsilli qurilma suyakni cho’zuvchanligiga yordam bersa, mineral tuzli kalsiy unga suyak qattiqligini beradi.
Qachon suyakda kalsiyli tuz kamaysa suyaklar bo’sh, g’ovak va yumshoq bo’lib qoladi. Qachon oqsilli qorishma kamaysa ular mo’rt bo’lib qoladi.

Osteoporoz — suyaklar kuchsizlangan, go'vak, mo'rt va ingichkalashib ketgan holati.


Sog’lom Suyaklar uchun oziq ovqatlar.
Suyaklarni sog’lom bo’lishi, ularni sinishini oldini olish uchun ko’p miqdorda kalsiy istemol qilishni o’zigina yetarli emas. Kalsiydan tashqari bir qancha ozuqa moddalari va omillar (hayot tarzi) ham katta ro’l o’ynaydi.
Suyaklarni sog’lom bo’lishida yordam beradigan ozuqa moddalaridan:
  • Kalsiy
  • Oqsil (protein)
  • Vitamin A
  • Vitamin D
  • Vitamin C
  • Vitamin K2
  • Magniy
  • Fosfor
  • Sog’om yog’lar.
Vitamin D tanaga yetarli kalsiyni singishida yordam beradi.
Fosfor suyaklarni tog’ri minerallash uchun kerak.
Vitamin A- yosh bolalarda suyaklarni o’sishida yordam beradi.
Oqsil va Vitamin C birgalashib suyakdagi organik moddadani shaklanishida kerak.
Magniy  qondagi Kalsiyni suyaklarga singishida yordam beradi.
Vitamin K qonni quyuqlashishi va suyakni zichligi uchun kerak.
Sog’lom yog’lar yog’ bilan so’riladigan vitaminlar (D va K) ni singdirishda, so’rilishida kerak.

Sog’lom suyaklar uchun kerak oziq ovqatlar, vitaminlar va minerallarga misollar.
1. Kalsiy- to’q yashil bargli sabzavotlar, suyakli sho’rva, sut, pishloq, meva-sabzavotlar
2. Oqsil (protein)- go’sht, tuhum, sut va sut mahsulotlari, yong’oq, dukkakliklar (no’hat, loviya kabi…)
3.Vitamin A- baliq jigari yog’lari, hayvon yog’lari, o’t yeb katta bo'lgan sigirlar sutidan olingan saryog’lari, turli rangdagi meva-sabzavotlar (sabzi, mango, kale, shirin kartoshka).
4. Vitamin D- asosiysi Quyosh! baliq tuhum, baliq jigari yog’lari.
5. Fosfor-dukkakliklar, yong’oqlar, urug’lar, sut mahsulotlari.



part2.JPG
6. Sog’lom yog’lar- sifatli saryog’, kakos yog’i, hayvon yog’lari, baliq yog'lari, avakado, zig’ir yog’i kabilar.
7. Vitamin C- brokli, to’q yashil barglilar (kale), rangli balgarskiy, malina, qulupnay, papaya,kiwi, gulkaram.
8.Vitamin K- salat barglari,kale,  tuhum, sabzavotlar.
   Vitamin K2- hayvon  go'shtlarida, pishloqda, jigarda, tuhum sarig'ida. 
9.Magniy- don va dukkaklilar*, suyaklik sho'rva, yong'oq va  urug’lar, meva-sabzavotlar, dengiz o'tlari, avakado, to'q yashil barglilar va ko'katlar.


 part1.JPG


Suyaklarni nimalar kuchsizlantiradi?

 weakens.JPG


Jismoniy harakatni kamligi yoki juda ko’p jismoniy harakat
yog’i kam dieta
muntazam kofein istemol qilish
har hil dorilar
spirtli ichimliklar va chekish
ko’p shirinliklar va tayyor ovqatlar istemol qilish
qayta ishlangan oziq ovqatlar ( oq unlin non, makaron, guruch kabiar).
 ko'p pomidor, kartoshka, baqlajon kabi sabzavotlarni istemol qilish.




 Suyaklarni yahshi parvarish qilish yo’llari


care.JPG

Muntazam jismoniy mashq qilish
Sog’lom ovqat yeyish
Quyoshda yetarli yurish
Kuchli ruhiy/manaviy iroda

Sog’lom va kuchli suyaklar uchun eng kerakli ovqatlar:
Sabzavotlar, Oqsil, To’q yashil barglilar, donli mahsulotlar, sog’lom yog’lar, suyakli sho’rva.