2-3 oy oldin bir sumka yong'oq olib kelgandik safardan. Vaqt bo'lib oilaviy endi shularni chaqib tozaladik, tuzli suvda ivitib, yuvib keyin duhovkani eng past olovida quritdik.
![]() |
| Yong'oqlar tuzli suvda ivitilgani |
![]() | ||
| Yuvib tozalangani |
| Quritilgan yong'oqlarni bankalarga solib, sovutgichda saqlaymiz |
1 1/2 stakan quruq yong'oq
1 osh qoshiq kakos yog'i
1 osh qoshiq hom, toza asal
1 choy qoshiq hom/toza kakao kukuni (raw cacao powder)
dolchin va vanilla ta'bga qarab
Yong'oqni blenderda aralashtirib mayda un holatga keltirib boshqa hamma masalliqlarni aralashtirib, sharikchalar yasadik.
Sharikchalarni toza kakos parchalari yoki yong'oq kukuni bilan qoplab, sovutkichda ozgina tindiramiz. Tayyor!






No comments:
Post a Comment