Thursday, February 5, 2015

Marjumaklik oladi (Pancakes)

 

  
Marjumak (Grechka, Buckwheat) bu glyuntensiz urug'/don hisoblanadi. U temir, ruh, magniy, selen kabi minerallarga boydir. Marjumakni eng yahshisi undirib yoki ivitib ishlatish kerak.
Un yoki donlarni istemol qilishdan oldin nega ivitish yoki fermentlash kerakligi haqida mana shu yerda ko'proq o'qish mumkin.
Undan sutli ovqat, palov yoki guruch o'rniga ovqatlar yoniga qo'yib istemol qilish mumkin. Biz ko'proq undirilgan marjumakdan oladi, blinchiklar va krakerlar qilyapmiz. Quyida undirilgan marjumakdan oladi (pancake)lar qilish ko'rsatilgan.

Masalliqlar:
 1 stakan undirilgan marjumak (yoki 12-24 soat ivitilgani)
1/2  stakan kefir yoki qatiq
2 ta tuhum
2 osh qoshiq eritilgan kakos yog'i (yoki saryog')
1/2 choy qoshiq dengiz tuzi
1 choy qoshiq soda
1 qoshiq vanilla
1 osh qoshiq kakos uni (agar hamir suyuqroq chiqda kerak bo'ladi)

undirilgan marjumak


Marjumakni undirish jarayoni quyidagi mavzuda yozilgan.

Tayyorlanishi:
  1. Undirilgan marjumakni (yoki ivitilgan bo'lsa bir qator yuvib) kefir/qatiq bilan blenderga solamiz va suyuq, silliq hamir holatiga kelguncha aralashtiramiz.
  2. Cho'yan tovalarni/yapaloq qozonlarni o'rtachadan balandroq gazda qizdiramiz. Hamirga boshqa masalliqlarni qo'shishdan avval tovalar qizigan bo'lishi kerak.
  3. Hamirga tuhumni solib biroz aralashtiramiz, keyin soda, tuz, vanilla, yog'larni qo'shib pastroq tezlikda yahshilab aralashtiramiz.
  4. Agar hamir suyuqroq bo'lsa kakos uni qo'shish mumkin.
  5. Tayyor hamirni 2 osh qoshiqdan olib qizib turgan tovalarda pishirib olamiz. Tovani yengilroq yog'lab olish kerak boshida.
  6. Marjumaklik oladi'lar sekinroq pishadi oddiy bug'doy unidan ko'ra. Bir tomoni yahshi pishgandan keyin ikkinchi tomonini ham yengilroq jigarrangga kirguncha pishirib olinadi.
  7.  Oladi'ni saryog' va asal (maple syrup), pishirilgan meva, krem, yong'oq yog'lari bilan yeyish mumkin. 
  8. Ortib qolgan oladi'larni muzlatkichda saqlash mumkin, kerak bo'lganda duhovkaga solib "broiler" da tezda isitib olish mumkin.  

No comments:

Post a Comment