Wednesday, March 25, 2015

Banan va yong'oqlik pirog

 

Uyda ayni pishib turgan bananlar ko'payib qolgan bo'lsa bolalar uchun nonushtaga to'yimli va sog'lom  non/pirog pishirib berish mumkin. Bu pirogni pishirish uchun oddiy bug'doy uni shart emas, shuning uchun glyutensiz oziq ovqatlar dietasida bo'lganlar  uchun bu taom ayni muddao. Yong'oqlar turli minerallar va vitaminlarga boy. Shuning uchun bolalarga banan va yong'oqlar aralashmasidagi magniy va kaliylar juda foydali bo'ladi.
Pirog uchun banandan boshqa hech qanday tabiiy shirinlik qo'shmaymiz, lekin agar shirinligi kam tuyulsa hohlaganlar ozgina maple siropi yoki rapadura (tabiiy shakar) qo'shishlari mumkin.
Eslatma: imkon boricha yong'oqlarni avval tuzli suvda ivitib, past olovda quritib ishlatgan ma'qul. Bu haqida quyida batafsil o'qish mumkin.Quritilgan yong'oqlarni kerakli paytda oziq-ovqat protsessorida yoki blenderda maydalab un shakliga keltirish mumkin.

Masalliqlar:
1 stakan maydalangan banan (pyure shaklida)
1/4 stakan yong'oq uni
1/2 stakan bodom uni
1 ta tuhum
2 osh qoshiq eritilgan kakos yog'i (kakos yog'i bo'lmasa saryog' ham bo'ladi)
2 osh qoshiq  eritilgan saryog'
2 osh qoshiq arrowroot powder ( yoki kakos uni)
1-2 qoshiq kakao kukuni
1/2 choy qoshiq tuz
1/2 choy qoshiq soda
Tayyorlash jarayoni:
Bananlarni sanchqi orqali maydalab pyure holatiga keltiramiz va deyarli boshqa hamma masalliqlarni birin ketin solib yahshilab aralashtiramiz. Pishiradigan idish tagini ozgina saryog' yoki kakos yog'i bilan yog'lab hamirni quyamiz va 350'F (180'C) da qizdirib tayyorlangan duhovkada 45 daqiqagacha pishirib olamiz. Odatdagiday tish kavlagich bilan pirogni o'rtasiga yaqin joyini tekshirib ko'ramiz va u toza chiqsa pirog tayyor bo'lgan bo'ladi. 10-15 minut kutib turib, bo'laklarga bo'lib dasturhonga tortsak bo'ladi.



No comments:

Post a Comment