"Sizlarning e'ng
yahshingiz Qur'onni talim olib va uni o’rgatganlaringizdur" deganlar
Rosulluloh sallallahu alaihi wassalam. (Buhoriy rivoyati).
Uy sharoitida bolalarga Qur’on yodlatish bo'yicha ba'zi bir yo'l yo'riqlar:
1.Ota-onalardagi ihlos va to’g’ri niyyat (bolalarga ham shuni o'rgatish
kerak). Faqatgina Alloh uchun qilingan amal yoki ibodatlar qabul
qilinadi va ohiratda mukofati beriladi.
2.O’rnak bo’ladigan
ota-ona. Bolam Qur’onni yahshi ko’rsin, hurmat qilsin, yodlasin, unga
amal qilsin degan ota ona eng birinchi o’rinda o’zi unga o’rnak bo’lishi
kerak. Agar bolalar ota onalarini doimo Qur’on o’qiyotganlarini,
yodlashga harakat qilayotganlarini, tushunishga harakat qilayotganlarini
ko’rsalar ularga taqlid qilishga harakat qiladi. Afsuski ba’zi
holatlarda ota-otalar bolalarini qori/hofiz bo’lishlarini hohlashadi
lekin o’zlari Qur’ondan ancha uzoqda yoki yetarli vaqt sarflashmaydi. Bu
narsa bolada ham tushunmovchiliklar uyg’otadi.
3.Qur’onni
to’g’ri o’qishni o’rganish (tajvid va tartil bilan) - ota onalar avval
o’zlari Qur’onni to’g’ri va chiroyli o’qishga harakat qilishlari va
keyin bolalarga ham o’rgatishlari kerak. Mukammal o’qish qiyin lekin
doimo odam o’z ustida ishlab borsa albatta yahshilanadi.
4.Doimiylik va muntazam rejim. Kunlik tartibni o’zgartirmasdan olib
borishlik Qur’onni yodlash va yodlaganlarini esidan chiqarmaslik uchun
judayam zarur.
Bizdagi kunlik rejim-30-35 daqiqa qaytarish va 30-35
daqiqa yangi oyatlar yodlash. Dam olish kunlarida faqat qaytarish
darslari bo’ladi, yangi oyatlar yodlanmaydi.
4. Qur’on darsi
uchun to’g’ri muhit- kunlik tartib bilan birga dars qilinayotgan muhit
ham to’g’ri bo’lish kerak. Har hil e’tiborni oladigan narsalar,
chalg’itadigan (televizor, kompyuter, o’yinchoqlar kabi) dan holi
bo’lgan tinch joy juda muhim. O’qitayotgan/kuzatyotgan ota-ona ham imkon
qadar to’liq e’tibor bera olishi kerak (telefonda gaplashishlik, boshqa
ishlar/yumushlar bilan mashg’ul bo’lish kabi).
5.Doimo
qaytarish- yodlagan suralarni agar doimo qaytarib turmasa tez esidan
chiqish mumkin. Shuning uchun har kuni ma’lum vaqtni doimo faqat
qaytarishga ajratish kerak. Biz barcha yodlagan suralarni 7 kunga
bo’lamiz va Quron darsini boshidagi 30-35 daqiqasi qaytarishga
bag’ishlanadi. Shu asnoda har bir sura hech bo’lmaganda haftada 1 marta
qaytariladi. Hatolari ko’proq bo’layotgan suralarni ko’proq qaytarish
kerak.
6. Bolani imkoniyati va qobilyatiga qarab qancha oyat
yodlash uchun tayinli maqsad qo’yiladi. Biz uchun (6-7 yoshdagi bolalar)
kuniga o’rtacha 3 qator yetarli. Bundan kamroq yoki ko’proq bo’lishi
mumkin albatta.
7.Ma’vaniy va moddiy rag’batlantirish.
Ma’naviy rag’batlantirish: Doimo Qur’on yodlaganlar uchun beriladigan
mukofatlar haqida, uni Qiyomatda yordam berishligi, Jannatda aynan mana
shu yodlagan Qur’oni bilan odamning darajasini ko’tarilishi haqida
eslatib turishlik kerak. Ayni paytda Qur’onga befarq bo’lganlar, unga
amal qilmaganlar, hurmat qilmaganlar haqida ham gapirib turishlik
mumkin.
Qur’onni chiroylik o’qiydigan/yodlagan bolalar, qorilar,
hofizlar, imomlar, shayhlari bilan tanishtirish, ko’rishib turishlik,
yoki eshittirib turishlik ham bolada yahshi taasurot qoldiradi.
Moddiy rag’batlantirish: Katta odamlar uchun ma’vaniy rag’batni o’zi
yetarli albatta, lekin yoshroq bolalarni qiziqtirish uchun qo’shimcha
moddiy mukofatlar ham yordam beradi. Masalan: foydali kitoblar yoki
o’yinchoqlar; o’quv jihozlari; muzey, hayvonot bog’i, park kabilar
joylarga sayohatlar; tabiat qo’ynida oilaviy pikniklar; bolaga qiziq
bo’lgan asbob-uskuna, hunarmandchilik jihozlari va boshqalar. Biz odatda
har bitta yodlangan sahifa uchun pul beramiz, bolalar to’plab yuradi va
vaqti vaqti bilan o’zlariga kerakli, qiziqarli lekin foydali narsalar
uchun sarflashladi.
8. Alohida mushaf bo’lishligi- har bir
bola, ota ona uchun alohida mushaf bo’lishligini ham katta ahamiyati
bor. Hamma doimo o’z Qur’on kitobidan foylansa oson bo’ladi, ota-ona
uchun tarjimasi, ma’nolari bor nusha yanayam yahshi.
9.
Yodlashdan tashqari alohida paytni faqat tajvid va tartilga
bag’ishashlik- Qur’onni boshidan ohirigacha kuniga 1 yoki 2 sahifasini
tajwid qoidalari bilan sekin o’qib boriladi.
10. Erta boshlash.
Qur’onni bolaga o’rgatish uchun qancha erta boshlansa shuncha yahshi.
Onalar homiladorlik paytida ham, farzandi endi tug’ilib hali tili
chiqmagan paytlarida ham doimiy Qur’on o’qib, yodlab, eshitib yurishlari
tavsiya qilinadi. Tili chiqqach sekin asta kichkina suralarni yodlab
borishlari mumkin. Kattaroq bo’lganda Qur’onni o’qishga harakat
qilinadi, uzunroq suralarni yodlash boshlanadi.

No comments:
Post a Comment