Ba’zi mamlakatlarda maktab yoshidagi bolalar davlat yoki hususiy maktablarga bormasdan kerakli fanlarni o’z uylarida o’qib o’rganishlari mumkin. Uydagi ta’lim-tarbiya bilan odatda onalar shug’ullanadi, lekin otalar ham yordam bera oladi. Ba’zi oilalarda asosiy o’qituvchi ota bo’lishi ham mumkin.
Demak, bolani yoshiga qarab, yashab turgan joyidagi maktab standartlariga ko’ra yillik o’quv rejasi tuziladi, kitoblar, turli materiallar olinib oiladagi rejim, kundalik tartibga ko’ra darslar olib boriladi. Ba’zi joylarda oilalar chorak va yillik hisobot berib turishlari kerak va kerakli testlar topshiriladi.
Uy maktabi bilan oddiy maktab orasida ko’p farqlari bor albatta. Bu narsa joydan joyga, oiladan oilaga, odamdan odamga o’zgarishi mumkin, lekin umumiy farqlaridan ba’zilarini keltirib o’taman.
1.Yugur, yugur, bo’l bo’ldan holilik- maktab sharoitida bola ertablabdan maktabga tayyorlanishidan boshlab qaytib kelguncha bo’lgan hatti-harakatlari ma’lum miqdorda shoshilinch sifatida, yugur-yugur, nima bo’lsayam shuni vaqtida bajarishim kerak degan qabilida o’tadi. Uy maktabida ma’lum bir rejim, kundalik tartib bo’ladi lekin ishlar shoshilinch yo’sinda bitmaydi.
2.Haqiyqiy hayot, atrof muhitga, tabiatga ko’proq nazar solish, Yaratgan Zot haqida ko’proq tafakkur qilish, o’rganish va o’zaro suhbatlar uy maktabining eng asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
3.Oila bilan sifatli vaqt o’tkazish- ayniqsa boshlang’ich yoshdagi bolalar ko’poq ota onalari, oila a’zolari bilan vaqt o’tkazishni yahshi ko’rishadi, bir birlari bilan dars qilib o’rganishadi, bir birlariga yordam berishadi.
4. Uy maktabi sharoitida majburiy (maktab standartlaridagi) fanlarni bolaga moslab o’qitish imkoni bor. Maktabda bir hil fan hamma bola uchun bir hil o’qitiladi. Bu esa ilg’oriroq bola uchun ham, o’zlashtirishga qiynaladigan bola uchun og’ir. Ilg’oriroq bolalar zerikadi, sekinroq o’zlashtiradigan bolalarda esa qo’shimcha yuk/stress paydo bo’ladi.
5.Maktabda o’qitiladigan fanlarga qo’shimcha, bolani qobilyati, mahorati va qiziqishiga qarab yana turli il-fan (Qur’on va Ilm hadisi), qo’shimcha til, hayotiy ko’nikmalar (ovqat qilish, bog’dorchilik, tabiatshunoslik, duradgorlik), biror bir san’at yo’nalishi (kalligrafiya-husnihat) kabilarni ham bir qatorda o’rganib ketishi mumkin.
6.Vaqt muammosi-ko’p paytlarda maktabga tayyorlanish, maktabga borishga ketadigan vaqt, darslar uchun ketadigan oshiqcha vaqt uy maktabi sharoitida ancha tejaladi. Tejalgan vaqt hisobga bola yana o’zi qiziqqan narsalar bilan shug’ullanishi mumkin (ko’proq kitob o’qish, turli tajribalar qilish,uy ishlariga yordam berish, toza havoda dam olish ha vakozo).
7.Chuqur o’qish va izlanish- maktab sharoitida o’qituvchilar o’quv standartlariga ko’ra mavzuni ma’lum bir doirada o’rgatishadi holos, lekin uy sharoitida bolani ko’proq o’rganishga qiziqish bo’lsa mustaqil yana ko’proq o’rganib, izlanib borishi mumkin keyingi mavzuga o’tishdan oldin. Bundan tashqari kerakli fan, mavzu, hayot ko’nikmalarini hohlagancha chuqur va mukammal o’rganishga imkoniyatlari bo’ladi.
8. Uy maktabida bola oddiy maktab yoshidagi bolalardan ko’ra oldinroq maktab programmasini tugatib “maktab”ni erta bitirishlari mumkin.
9. Oddiy maktablarga turli bolalar keladi, ba’zilarini hulqi chiroyli, o’zlarini yahshi olib yurishadi. Lekin hulqi yahshi emaslari, oila sharoiti umuman teskari joydan keladiganlari ham ko’p va shunday bolalarni ta’siriga tushib qolishlari, ular bilan do’stlashib qolishlar ham mumkin. Eng kamida turli noo’rin qiliqlar, hatti-harakatlar, gap-so’zlar eshitib, o’rganib kelishadi.
10.Maktabda beriladigan ortiqcha test, imtihon, uy vazifalaridan holi muhitda yetarli va kerakli ma’lumotlarni o’rganishga imkoniyat bo’ladi.

No comments:
Post a Comment