Saturday, March 7, 2015

Glyutensiz non va krakerlar


Uyda glyutenga allergiyasi bor odam yo'q, lekin uni salomatlik uchun ko'p zararli tomonlarini bilib imkon darajada kamroq istemol qilishga harakat qilamiz. Biz uchun eng ko'p istemol qilinadigan glyutenlik taom bu nondir, shuning uchun nonni o'rnini bosadigan glyutensiz taomlar qilish uchun turli retseptlar sinab ko'ramiz, ba'zan esa qo'limizdagi bor masalliqlardan o'zimizga yoqadigan bir taom tayyor bo'lib qoladi. Ushbu glyutensiz yupqa non va krakerlar ham ana shunday harakatlarimizning bir hosilidir.

Kerakli masalliqlar:
1 stakan undirilgan marjumak (grechka)
1/2 stakan ivitilgan jigarrang guruch (brown guruch)
1/2 stakan ivitilgan tariq donlari (millet)
2 osh qoshiq zaytun yog'i
1 osh qoshiq kakos yog'i
1/2 stakan filterlangan suv
1 choydan kamroq tuz
ta'bga ko'ra har hil ziravorlar: murch, bulg'ori qalampir kukuni, quritilgan jambil, rayhon, yalpiz kabi,
non ustiga undirilgan kungaboqar donalari va qora sedana (hohlovchilar uchun)

*yuqorida nomlari ko'rsatilgan donlardan boshqa glyutensiz donlardan ham foydalansa bo'ladi. Asosiysi ularni tog'ri undirib yoki ivitib ishlatish kerak.

Turli glyutensiz donlarni to'g'ri istemol qilishdan oldin nega ivitish yoki fermentlash kerakligi haqida, qanday qilib ivitish yoki undirish haqida mana shu yerda ko'proq o'qish o'rganish mumkin.

Undirilgan marjumak foydalari va tayyorlash jarayoni haqida esa shu yerda o'qib o'rganish mumkin.

Tayyorlanishi:
1.Duhovkani 350-375 F'ga qizdirib, cho'yan tovalarni ham qizdirishga solib qo'yamiz. Hamir tayyor bo'lay deganda 1 osh qoshiq  kakos yog'ini ham tovaga solamiz.
1.Kerakli donlarni, tuz va filterlangan suvni  hammasini blenderga solamiz va yahshilab suyuq, silliq hamir holatiga kelguncha aralashtiramiz.
  

 2.Keyin zaytun yog'i, turli ziravorlar va quritilgan ko'katlarni solib yana biroz aralashtirib yuboramiz.
3. Krakerlar uchun: Tayyor bo'lgan suyuq hamirni qizib turgan tovaga asta sekinlik bilan juda yupqa holda quyamiz. Huddi blinchik tayyorlashdagi kabi tovaga hamirni quyib, tovani hamma qismi qoplanguncha aylantiramiz. Keyin duhovkada qizarib, qattiq holga kelguncha pishiramiz. Yana bir yo'li avval oddiy gazda blinchik kabi pishirib olib, duhovkada pastroq olovda qasur-qusur bo'lguncha quritib olishdir.
4. Yupqa nonlar tayyorlash uchun: tayyor hamirni qizib turgan tovaga quyuqqina qilib quyamiz va 2 tomonini ham qizartirib pishirib olamiz.Yupqa nonlar tayyorlash huddi quinoa donlaridan tayyorlangan pizzaga o'hshab ketadi.
Hohlovchilar non ustiga undirilgan kungaboqar donalari va qora sedana ham qo'yishlari mumkin.




No comments:

Post a Comment