Fermentlangan sabzavotlar foydalari, kimchidan boshqa turli tuzlangan oziq ovqatlar haqida quyida o'qish mumkin.
Kimchi tayyorlash uchun masalliqlar (2 ta shisha bankaga yetarli bo'ladi):
2 ta Hitoy karami (Napa cabbage)
2 stakan yoki ko'proq qirg'ichdan chiqarilgan yoki ingichka tog'ralgan sabzi
2 stakan yoki ko'proq qirg'ichdan chiqarilgan yoki ingichka tog'ralgan sabzi
1 1/2- stakan qirg'ichdan chiqarilgan Daykon rediskasi
1 bog' tog'ralgan ko'k piyoz
2 qoshiq ezilgan sarimsoq
1-2 qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil ildizi
7-8 osh qoshiq kefir yoki qatiq suvi (agar bo'lsa)
2 qoshiq ezilgan sarimsoq
1-2 qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil ildizi
7-8 osh qoshiq kefir yoki qatiq suvi (agar bo'lsa)
2 qoshiq toza dengiz suvi (Himalay yoki Celtic sea salt) Agar kefir yoki qatiq suvi qo'shilmasa yana qo'shimcha 2 osh qoshiq tuz solinadi. O'rtacha tuz miqdori katta Napa karam uchun 2 osh qoshiq (agar kefir yoki qatiq suvi qo'shilmasa)
Ta'bga qarab qalampir, qizil bulg'ori kukuni
1. Karamni yuvib, o'rtacha qilib kesib chiqib katta idishga solamiz. Sabzi va Daykon rediskasini yuvib, qirg'ichdan o'tkazib karamga qo'shamiz. Ko'k piyozni ham to'g'rab karamga solib hamma sabzavotlarni tuz bilan yahshilab aralashtiramiz. Sarimsoq, zanjabil, qalampir, qizil bulg'ori kukuni, qatiq/kefir suvini ham qoshib aralashtiramiz. Sabzavotlarni aralashtirganda ko'pgina suv chiqadi.
2. Sabzavotlarni shisha yoki sopol idishga yahshilab ezib solib (tepasida ozgina joy qolishi kerak), ustini berkitamiz va hona haroratida kamida 3 kun yoki ko'proq saqlaymiz.Undan ko'proq tursa ham bo'ladi, tayyor bo'lgandan keyin muzlatkichda (yoki sovuq holda turadigan hona, omborhonada tursa bo'ladi) saqlash kerak.
Assalomu alaykum! dengiz tuzi orniga yodlangan tuz va kefir orniga tayyor plain yogurtdan foydalansa boladimi? foydalilik hususiyati yoqolmiydimi agar sanab otilgan masalula hammasi topilmasa?
ReplyDeleteTuzni iloji boricha tozarog'ini solish kerak. Kefir suvi bo'lmasa oddiq qatiq suvi ham bo'ladi (qatiq ham kefir ham uyda tayyorlangan bo'lish sharti bilan). Agar qatiq suvi/zardob bo'lmasa unda qoshimcha 1 qoshiq tuz solishiz kerak. Foydali bo'lish uchun eng asosiysi sifatli sabzavotlar va toza tuz kerak.
ReplyDelete