Wednesday, September 10, 2014

Fermentlangan oziq ovqatlar turkumidan-Kefir tayyorlash jarayoni.

Kefir fermentlangan/achitilgan sut mahsulotidir. Odamlar uni qadimlardan istemol qilib kelishadi. Kefir tarkibida turli tabiiy va foydali bakteriyalar, to'liq osqil, minerallar (fosfor, magniy, kalsiy kabi), vitaminlar ( hususan Vitamin B, Vitamin K2) lar mavjud. Ayniqsa agar kefir uchun ishlatilgan hom sut dalalarda o't yeb katta bo'lgan sigirlardan olingan bo'lsa yuqoridagi ozuqa moddalari yuqori darajada bo'ladi.
Kefir hazm bo'lishi oson hisoblanadi va teri, hazm qilish tizimini mustahkamlashda yoki davolashda katta yordam beradi. Bundan tashqari u immunitetni ko'taradi, ich qotishini oldini oladi, nerv tizimini yahshi rivojlanishida yordam beradi, suyak-tishlarni kuchli va sog'lom shakllanishida  katta rol o'ynaydi.

Kefir tayyorlash jarayoni.
Uni tayyorlash uchun kefir donlari/zamburug'lari va sovuq, toza, sifatli sut va shisha yoki sopol idishlar kerak bo'ladi. Yuqorida aytilganday sutni sifatli, tozasini topish kerak.

1.Toza bankaga  sovuq sut quyamiz va kefir donchalarini solib, yengilgina aralashtiramiz. Ustini havo o'tkazadigan narsa (sochiq, kofe filteri) bilan yahshilab yopamiz, har hil pashsha, hasharot, changlar tushmasligi uchun. Hona haroratida 12-24 soatgacha qo'yamiz.

Kefir donlari/zamburug'lari




2. Kefir tayyor bo'lganda suyuq sut quyuq holatga kelib qoladi (qatiqdan suyuqroq bo'ladi). Shu paytda uni plastmassa yoki toza po'lat (stainless steel) elak bilan kefir donlarini suzib olamiz. Donlarni yana yangi sut quyulgan bankaga solib qayta kefir tayyorlashga qo'yamiz.


Kefirni istemol qilish yo'llari:
Tayyor kefirni bir necha kungacha muzlatkichda saqlasa bo'ladi.

Ortiqcha kefirni qatiq kabi toza doka/sochiq bilan suzib tvorog/suzma qilsa ham bo'ladi. 

kefir tvorogi
Suzma/tvorog bilan asal 
Suzmadan qolgan suv/zardob bilan turli un, don, dukkakliklarni ivitish/achitish yoki sabzavotlarni fermentlashda ishlatish mumkin.

Kefir qo'shiladigan turli taomlarga misollar:

Mevalik kefir ichimligi (smuzi)
Kefir/mayonez/avokado sousi bilan tayyorlangan qizil lavlagi/sabzavotlik salat

kefir bilan ivitilgan blinchiklar (pancakes)
kartoshkalik pishloq

bodring/rediskalik kefir salati


Kefir donlarini imkon boricha vaqtida yangi sut bilan "boqib"turish kerak, chunki ular tirik organizm hisoblanadi. Vaqt o'tib donlarni hajmi ko'payib/kattalashib boradi. Agar tayyor bo'layotgan kefir tahirroq bo'lsa yoki fermentlash jarayoni tez amalga oshayotgan bo'lsa donlarni kamaytirish mumkin. Donlarni bemalol istemol qilsa bo'lsa yoki tanish- bilishlar bilan baham ko'rish mumkin. Donlar odatda doimiy sut bilan hona haroratida turishga moslashgan, lekin o'rtada kefir tayyorlashni to'htatishga to'g'ri kelib qolsa unda ularni sutga qolib, sovutkichda 1-2 haftagacha saqlash mumkin. Doimiy sovutkichda saqlash kefir donlarni kuchsizlantiradi yoki umuman ishlamay qolishi mumkin. Ba'zan donlarni quritib ham muzlatkichdan saqlashadi, lekin ularni yana qayta ishlatish uchun biroz vaqt kerak bo'ladi.

No comments:

Post a Comment