Monday, September 15, 2014

Fermentlangan oziq ovqatlar turkumidan: Tabiiy hamirturushlik non (Sourdough bread) 1-Qism.

Tabiiy, uyda tayyorlangan hamirturush bilan tayyorlangan non va non mahsulotlari sog'ligimiz uchun juda foydalidir. Turli unlarni albatta oldin ivitib yoki fermentlangan holatda istemol qilishlik tavsiya qilinadi.
Hamirturushdan, uzoq muddatda fermentlanib oshirib tayyorlangan non foydalaridan ba'zilar:
  • Uzoq muddat oshirishga qo'yilgan hamirda foydali sut kislotalari ko'payadi, mineral, oqsil va boshqa foydali ozuqa moddalari to'la muvozanatdagi holatda bo'ladi.
  • Fermentlangani sababli nonda hazm qilish tizimiga kerakli foydali probiotiklar paydo bo'ladi.
  • Un tarkibidagi zararli fitin kislotasi kamayadi yoki yo'qoladi.
  • Un tarkibidagi qiyin hazm bo'ladigan oqsil (gluten) hamir fermentlanishi davomida parchalanadi, shuning uchun bunday nonni hazm qilish osonroqdir.
  • Tabiiy hamirturushlik non boshqa nonlardan ko'ra ko'proq vaqtga yetadi. Hona haroratida mog'orlamasdan 1 haftalargacha turishi mumkin.
  •  Bunday non qand kasalli borlarga ham foydali hisoblanadi.
Har hil don va unlarni qanday qilib tog'ri istemol qilish haqida quyida batafsil o'qishingiz mumkin.

Tabiiy hamirturush tayyorlash jarayoni judayam oson.
Biz uchun eng asosan sifatli, qayta ishlanmagan bug'doy uni (whole wheat/qora un), filterli suv va toza shisha banka kerak.
Tahminan 1 haftalarda tayyor bo'ladi, lekin uni juda uzoq muddatgacha qayta qayta ishlatsa bo'ladi. 
Achitilgan, hamirturushni tayyorlash:

1. 1/4 stakan unni 3 osh qoshiq filterli suv bilan aralashtirib, toza bankaga solamiz. Ustini havo o'tkazadigan sochiq yoki kofe filteri bilan yopib,  12 yoki 24 soatga iliq joyga (hona haroratida) qo'yamiz.
2. 12-24 soat o'tgach un va suv arashmasi ustiga yana 1/2 stakan un va 1/3 stakan filterli suv solib, aralashtirib, ustini yopib, yana 12-24 soatga iliq joyga qo'yamiz. Bu jarayon hamirturushni "boqish" deyiladi.
3. Huddi shu 2 bosqichdagi "boqish" jarayonini 6-7 kungacha davom ettiramiz. Yani har kuni aralashmaga 1/2 stakan un va 1/3 stakan filter suv solib aralashtirib qo'yamiz. 1 haftalarda hamirturush tayyor bo'lishi kerak. 
Tayyor bo'lgan hamirturushni kerakligini olib qolganini sovutkichda saqlash mumkin. Doim uyda 1 yoki 1.5 stakan hamirturush saqlash maqsadga muoviqdir, kerak bo'lgan paytda muzlatkichda turgan hamirturushni yana "jonlantirish" uchun 1 stakan un va 1 stakan suv solib boqib, hamirga qo'shish uchun tayyorlab olamiz. Hamirturush 1 haftagacha boqilmasdan sovutkichda turishi mumkin, lekin undan o'tib ketsa,  un va suv bilan bir marta yana boqib qo'yish kerak.
Tabiiy, achitilgan hamirturush
Tabiiy, achitilgan hamirturushdan 1 ta non tayyorlash uchun:
1 stakan achitilgan, tayyor hamirturush
4-5 stakan elangan, qayta ishlanmagan bug'doy uni
1.5 stakan suv
1.5 qoshiq toza dengiz tuzi kerak bo'ladi.
Qadam ba qadam rasmlarda masalliqlarni ko'paytirib kichikroq 4 non tayyorlangan usul ko'rsatilgan.

Barcha masalliqlarni aralashtirib, yumshoq hamir qoriladi. Hamirga qarab masalliqlarni ko'paytirish yoki kamaytirish mumkin. Hamirni qorib bo'lgach, iliq joyga, ustini qalinroq sochiq bilan yopib, 6-10 soatgacha qo'yamiz.

hamir kamida 2 barobar oshishi kerak
 Hamir kamida 2 barobarga ko'payishi kerak. Bir marta ko'tarilgan hamirni, non shaklga solib, tog'ridan tog'ri pishirish ham mumkin. Lekin biz tayyorlaydigan usulda, 1 marta ko'tarilib chiqqan hamirni qozon/listga kerakli shaklga qo'yib yana 1-2 soatga oshirishga qo'yamiz.



  Hamir yana 2 barobarga oshib chiqqandan keyin duhovkani 425-450 F (215-230C) da 35-40 minutlarda pishiramiz.

 

Cho'yan qozonda pishirilgan non 

Pishgan nonlarni 1 haftagacha non qutisida saqlash mumkin. Uzoq vaqtga saqlamoqchi bo'lganlar muzlatkichga solishlari mumkin.


Huddi shu non hamiridan yog'li/go'shtli/piyozli non yoki tovada tez pishar nonchalar (tortilla, naan) pishirsa bo'ladi. Bunday nonlarni tayyorlash usuli keyingi mavzularda yozilgan.

yog'li, go'shtli, piyozli non
Tovada tayyorlangan yumshoq nonlik sandwichlar

2 comments:

  1. Alloh rozi bosin! In shaa Allah bir urinib koraman.

    ReplyDelete
  2. Allah rozi bulsin. Man tayyorladim hozir in sha Allah

    ReplyDelete