Oldingi mavzuda aytilganidek hamirturushlik hamirdan yog'li va piyoz/go'shtlik non qilish ham mumkin. Tabiiy hamirturush tayyorlash va hamir qilish haqida quyida o'qishingiz mumkin.
Yog'li non pishirish uchun hamir bir marta oshib chiqqanidan keyin bir bo'lak hamir ajratib olib, yupqaroq, doirasimon qilib juvada yoyib olinadi. Ichiga sifatli saryog' bo'laklari, go'sht, piyozlar va kerakli ziravorlar solinib, sekin o'ralib chiqilinadi.
O'ramani non shakliga keltirib, yog'langan listga qo'yib 400 F (200 C) da 30-35 minutlarda pishirib olinadi. Listni baland issiqlikda ham tarkibi yomon bo'lmaydigan yog'lar bilan yog'lash kerak masalan kokos yoki hayvon (mol, qo'y) yog'lari.
No comments:
Post a Comment