Hayvon
suyaklaridan (tovuq, qo’y, mol kabi) tayyorlanadigan sho’rva vujudimiz uchun judayam foydali hisoblanadi.
Bunday sho'rvani tayyorlash uchun:
Mol/qo'y/tovuq suyaklari (imkon bo'lsa oyoq qismidan)
filterlangan suv
olma sirkasi
turli sabzavotlar
petrushka (va hohishga qarab turli ko'katlar)
Suyakli
sho’rvani tayyorlash uchun qo'y, mol, echki yoki tovuq kabi hayvonlarning suyaklari (hohlovchilar go'shtlari bilan) kerak. Hayvonlar albatta turli dorilarsiz, dalada o't yeb katta bo'lgan bo'lsagina bizga kerakli minerallar, vitaminlar bo'ladi.
Sho'rva tayyorlash uchun kattaroq qozonga filterlangan suv quyamiz va suyaklar (go'shtlari bilan) solamiz. Suv va suyakni kam ko'pligiga qarab olma sirkasi solish kerak. Masalan 2-3 kg suyak uchun, 4-5 litr suv ketishi mumkin, shuncha suvga 2-3 osh qoshiq olma sirkasi kerak. Olma sirkasi suyaklardagi minerallarni tortib olishda yordam beradi. Kattaroq 1-2 ta piyoz ham to'g'rab solinsa bo'ladi. Olovni o'rta (yoki o'rtadan balandroq) yoqib sho'rvani qaynab chiqishini kutamiz. Sho'rva qaynab chiqqach yarim soatcha o'rtacha qaynatamiz, keyin olovni pastga tushirib shor’vani kamida 8-10 soat past olovda sekin pishirish (yengil,
miltillatib qaynatish bilan) kerak. Qancha ko’p uzoq qaynasa shuncha
yahshi.
Olovni o'chirishdan 1 soat oldin hohlagancha sabzavotlarni tog'rab solish mumkin: sholg'om, sabzi, kartoshka, zukkini, qovoq kabi. Ohirgi 10 minutlarda esa bir bog'lam petrushka tog'rab solinadi.
Tayyor sho'rvani issiqligida istemol qilinadi, ortib qolganini shisha idishlarga solib (yoki boshqa sog'lom idishlarga) muzlatkichda 1 haftagacha saqlash mumkin. Bundan sho'rvani har kuni 1-2 stakandan ichib yursa foydasi ko'p bo'ladi.
Suyakli sho'rvani vujudimiz uchun juda ko'p foydalari bor, ulardan ba'zilari: kuchsizlangan hazm qilish tizimini davolashda katta yordam beradi, shamollash viruslari keltirib chiqaradigan infeksiyalarni kamaytiradi (to’htatadi), bo’gim-mushaklardagi og’riq va yallig’lanishni kamaytiradi, suyaklarni sog’lom va kuchli bo’lishida kerak bo’ladigan turli minerallar bilan ta’minlaydi (hayvon suyaklarida minerallar shor’va orqali o’tishi orqali), soch va tirnoqlarni ham sog’lom o’sishida yordam beradi.
| suyakli sho'rvani suvidan dimlama qilsa ham bo'ladi. |

No comments:
Post a Comment