Tuesday, January 27, 2015

Turli donlardan tayyorlangan blinchiklar.

Odatda blinchiklarni faqat ivitilgan bug'doy unidan qilar edik, yaqinda glutensiz turli donlarni ivitib qilib ko'rdik va bizga juda yoqdi. 
Har doimgiday turli un, donlarni albatta ivitib yoki undirib pishirganimiz uchun bu blinchiklarni ham shu usulda tayyorladik.
Un yoki donlarni istemol qilishdan oldin nega ivitish yoki fermentlash kerakligi haqida mana shu yerda ko'proq o'qish mumkin.

Kerakli masalliqlar:
1/2 stakan undirilgan, hom marjumak donlari (grechka, buckwheat)
1/2 stakan ivitilgan tariq (millet) 
1/4 stakan ivitilgan jigarrang guruch (brown rice)
1 stakan kefir (yoki boshqa biror sut mahsuloti)
Maza berish uchun chimdim dolchin, vanilin
1/2 choy qoshiq tuz
1/2 choy qoshiq soda
2 tuhum
1-2 osh qoshiq kakos yog'i

Tayyorlanishi:
Marjumakni undirish oson (2-3 kunda unib chiqadi). Undirishni imkoni bo'lmasa unda kamida 12-24 soat  filterlangan suvga lemon suvi yoki qatiq/kefir zardobi qo'shib ivitish kerak. Tariq va jigarrang guruchni ham 12-24 soatga filterli suv + limon suviga ivitamiz.

Blinchik pishirish payti kelganda hamma donlarni yahshilab yuvib, blenderga solib kefir bilan aralashtiramiz. Suyuq, tekis hamir chiqishi kerak. Keyin boshqa masalliqlarni ham solib aralashtiramiz blenderda. Qizib turgan cho'yan tovalarda (boshida ozgina yog' solib) pishirib olamiz.


                   
 Bu blinchiklarni tayyorlash uchun yuqorida qayd etilgan donlardan boshqalari bo'lsa ularni ham qo'shib pishirib sinab ko'rish mumkin.
Bizni oilaga bug'doy unidan tayyorlangan blinchiklardan ko'ra mana shunday turli ivitilgan donlar aralashmasidan tayyorlangan blinchiklar yoqdi. Shu bilan yana bir glyutensiz taom qo'shildi doimiy oziq ovqatlar taomnomamizga. Albatta meyori bilan.

No comments:

Post a Comment