Zararli oziq ovqatlar guruhi.
Har qanday inson hoh katta hoh kichik bo'lsin, shug'ullanadimi, yo'qmi tanani sog'lom saqlab yurish uchun imkon boricha toza, sifatlik ovqatlanishi kerak. Yeydigan narsasi sog'lom bo'lsa shug'ullanganda ham natija ko'rish osonroq va davomli bo'ladi. Lekin sog'lom ovqatlarni topib uyga keltirishdan oldin eng birinchi qadamda UYIMIZNI tanamiz uchun zararli ovqatlardan tozalashimiz kerak. Bunday ovqatlar hazm qilish tizimini buzadi, gormonlarni ostun ustun qiladi, o'zimizni esa semirtirib, kasallikka moyil qilib qo'yadi.
Eng zararli oziq ovqatlar guruhi:
Eng zararli oziq ovqatlar guruhi:
1. Ishlov berilgan oziq ovqatlar: to'la yoki yarim tayyorlangan har qanday konservalangan, karobkalangan, muzlatilgan, quritilgan, har hil kimyoviy qoshimchalar qoshilgan ovqatlar. Oddiy magazinni 90 % ovqati shu toifaga mos.
2. Ko’p ishlov berilgan, oqartirilgan, issiqlik bilan ishlangan yog’ va yog’ mahsulotlari. Turli margarin, quyultirigan yog'lar (shortening, hydrogenated), sabzavot yog'lari hammasi zararli. Deyarli hamma ko’chada tayyorlangan shirinliklar, tortlar, qovurilgan kartoshka, go’sht, pizza, yog’da qovurilgan bulochka, perashka, somsalardagi yog’lar shu toifaga kiradi. Sabzavot, makka, kungaboqar, pahta yog'lari issiqlik bilan ishlangan bo’lsa zararli bo’lib qo’ladi.
3.Ko'p ishlov berilgan, oqartirilgan donli mahsulotlar. Donli mahsulotlarni tayyorlash jarayonida deyarli hamma vitaminlar, kerakli moddalar yo'qolib ketadi. Katta firmalarda chiqadigan unlar, va un mahsulotlariga keyin odamlarga chiroyli qilish uchun aldamchi vitaminlar qoshib qoyishadi. Misollar: oq non, oq unlik makaronlar, oq guruch, cereallar (organic busayam), shirinliklar, makaronlar kabi. Bunday ovqatlarni doimiy yeydigan odamlarda borgan sari insulin qarshiligi kuchayib, qand kasalligiga duchor bo'lishi mumkin. Va albatta semirtiradi.
4. Shakar va shakar sifatidagi shirin moddalar: oddiy oq shakar, makkadan olinadigan shakar siropi (High Fructose Corn Syrup), ichimlik, oziq ovqatlarni shirin qilish maqsadida qoshilgan turli sintetik shakarlar. Tarkibida bunday shakarlari bor narsani umuman og'izga solmaslik kerak. Tanamizga faqat zarar beradi holos. Tayyor va yarim tayyor oziq ovqatlarni deyarli hammasida shunday shakarlar bor: ketchup, cereal, pecheniylar, pishiriqlar, konservalangan ovqatlar, ICHIMLIKLAR (shakar, ranglar va turli sintetik moddalar qo’shilgan Kola, Fanta, sharbatlar), muzqaymoq, murabbolar. Iloji boricha tayyor, yarim tayyor oziq ovqatlarni tarkibiga yahshi bilmasdan olmaslik kerak.
5. Sun'iy prezervativlar (oziq ovqatlarni uzoqroq muddatga saqlab turishda yordam beradigan moddalar) va ranglar. Bular ham deyarli hamma tayyor, yarim tayyor mahsulotlarda topiladi. Bunday zararli narsalarni bor yo'qligini eng yahshi usuli: mahsulot tarkibini o'qish. Notanish, oqishga qiyin so'zlar bo’lsa har hil kimyoviy qoshimchalar, ranglar yoki prezervativlar bo’ladi. Ko'p shirinliklar, ichimliklar, oddiy sharbatlardayam bo'ladi. Eng yomonlaridan: Sukraloza, Aspartam, Neotam, Saharin. Sintetik ranglar ham yomon.
6. Har hil ta'm beruvchi qoshimchalar. Oziq ovqat ishlab chiqaradigan firmalar, korhonalar, restoranlar odamlarga yoqadigan ovqat tayyorlash yo'llarini topish uchun juda ko’p pul sarflashadi. Hatto yahshi yemaydigan bolachalar ham paqqos tushiradi bunaqa ovqatlarni. Har hil sun'iy ta'm beruvchi qo'shimchalardan ehtiyot bo'lish kerak.
Hullas, shunday oziq ovqatlarni butunlay istemoldan chiqarishni uddalay olsangiz juda katta muvaffaqiyatga erishgan bo'lasiz. Bu tabiiy ozishning eng birinchi va katta qadamlaridan biri hisoblanadi.

No comments:
Post a Comment