Turli o'simlik, sabzavot, ko'kat va gullar o'stirishni odatda urug', piyoz, ildiz yoki ko'chatdan boshlanadi. Bu mavzuda qaysi o'simliklarni ko'chatlardan boshlash qulay, tejamkor va osonligi bo'yicha o'z tajribalarimizdan qisqacha ma'lumotlar yozamiz. Qaysi o'simliklarni urug'lardan boshlash haqida quyidagi mavzuda o'qish mumkin.
Biz turgan joylar shimol tomon bo'lib, biroz sovuqroq shuning uchun ekin ekish May oyining 2chi yarmidan keyin boshlanadi va Sentyabrni ohiracha davom etadi. Nozik o'simliklarga kuzdagi ilk sovuq (Senyabrni ohirlarida) tasir qilib, shikast yetkazadi. Yillik o'rtacha ekin o'stirish muddati 110 kunlar atrofida. Shuning uchun aksariyat ekinlarning ko'chatlari odatda may oyi o'rtasi yoki ohirida ekiladi.
1. To'q yashil rangli o'simlik/ko'katlardan kale, collard greens, romaine lettuce, bok-choy kabilarni ko'chatlardan boshlagan ma'qul. Bu o'simliklar sovuqni yahshi ko'radi, issiqda esa biroz qiynalashadi, shuning uchun erta bahorda hali havo sovuqroq paytida, ko'chatlar sotuvga chiqqan paytidan boshlab ekib qo'yish mumkin.
![]() |
| Kale |
| bok-choy, gulkaram, brokkoli ham ko'chatlardan boshlanadi |
2. Eng ko'p istemol qilinadigan sabzavotlardan biri pomidor ham ko'chatlardan boshlangani ma'qul. Pomidor sovuqqa chidamli emas, shuning uchun harorat yetarli issigan paytidan ko'chatlarni ekishni boshlash kerak.
Pomidorlar uchun maxsus temir uzun quti-qafas tayyorlansa pomidor yuqoriga yahshi o'sib chiqib ketadi, mevalari ham quruq, toza holatda pishib yetiladi.
| 3. Baqlajon ham eng osoni tayyor ko'chatlardan boshlangani ma'qul. | |
4. Bulg'ori qalampir, qalampirlar ham ko'chatlardan boshlansa bo'ladi. Ayniqsa issiq kunlar kamroq joylarda hosilni ertaroq olish uchun ko'chatlardan boshlangani ma'qul.
5. Bodringni ham ko'chatlardan boshlasa hosil tezroq bo'ladi.
6.Ko'katlardan timyan (thyme), rozmarin (rosemary), ko'k piyoz (chives) va lavander ham ko'chatlardan boshlangani yahshi.
| ||||||||||
Lavanda (Lavender)
|







No comments:
Post a Comment