Hovlidagi tuproq yahshi bo'lsa eng oson narsa bu turli ko'katlar o'stirishdir.
Ko'katlar, to'q yashil bargli o'simliklar turli vitamin va minerallarga
juda boy bo'ladi. Beda, ismaloq, kale, jambil, kashnich, ukrop, ko'p piyozlar sovuqqa chidamli va ko'p parvarish talab qilmaydigan o'simliklar hisoblanadi.
Malina ham nisbatan oson parvarish qilinadigan ko'p yillik o'simlik hisoblanadi.
Sabzavotlardan cherry pomidor, sabzi, sholg'om, rediska, qizilcha, zukkini, okra kabilarni yetishtirish nisbatan oson.
cherry pomidor va bulg'ori qalampir hosili
Malina ham nisbatan oson parvarish qilinadigan ko'p yillik o'simlik hisoblanadi.
Sarimsoq kuz ohirida ekilib, yozni o'rtalarida tayyor bo'ladi. Piyoz esa erta bahorda ekilib yoz ohirlarida tayyor bo'ladi. Sarimsoq va piyoz ham boshlovchi dehqonchilar uchun juda mos.
Gullardan chechak (nasturtium) va gulijavhar (marigold)larni parvarish qilish oson va gullarini istemol qilsa bo'ladi. Ekinlarni turli hasharotlar saqlashda ushbu gullar yordam beradi.
Bu ekinlarni yetishtirish uchun asosiysi yahshi quyoshli yer, yetarli suv va unumli tuproq kerak bo'ladi. Va albatta yovvoyi o'tlardan tozalab turish kerak.
Bu ekinlarni yetishtirish uchun asosiysi yahshi quyoshli yer, yetarli suv va unumli tuproq kerak bo'ladi. Va albatta yovvoyi o'tlardan tozalab turish kerak.

No comments:
Post a Comment