Terimiz, tilimiz va hazm qilish tizimimizda 100 trillion atrofida bakteriyalar yashar ekan ( ko’payib, kamayib turadi). Bu bakteriyalarni eng katta qismi hazm qilish tizimida joylashgan. Asosan bakteriyalardan tashkil topgan hazm qilish tizimi sog’lig’imiz uchun juda kerakli vazifalarni bajaradi. Ulardan bazilari: har hil kerakli modda va minerallarni so’rishda yordam beradi, immunitetni kuchaytiradi, har hil kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashadi. Tana vaznini ko’payishi yoki kamayishida va kunlik energiya darajasiga ham ta’sir qiladi. Hazm qilish tizimi
umumiy tanani yahshi ishashida katta rol o’ynasada ko’pchilik unga katta e’tibor bermaydi.
Bakteriyalarni bazilari foydali, bazilar zararli bo’ladi. Iloji boricha foydali, yahshi bakteriyalarni ko’paytirishga harakat qilish kerak.
Sog’lom ovqatlanmaslik, turli dorilar (hususan antibiotiklar), turli kimyoviy zaharli moddalar (masalan uyda ishlatadigan tozalash mahsulotlar, har hil atir-shamlar), spiritli ichimliklar, chekish sababli foydali bakteriyalar kamayib ketadi. Antibiotik dorilardan tashqari bazi ovqatlardagi antibiotiklar ham yahshi bakteriyalarni kamaytiradi (masalan antibiotik berilgan sigirni suti, go’shti kabi)
Shakar, shirinliklar, qayta ishlangan don mahsulotlari (oq un va undan tayyorlanadigan ovqatlar kabi), turli kimyoviy qo’shimchalar qo’shilgan yarim tayyor (yoki tayyor) ovqatlar hazm qilish tizimidagi foydali bakteriyalarni kamaytirib, yomonlarini ko’paytiradi.
Ko’p ishlov berilmagan, tog’ri tayyorlangan sog’lom ovqatlar, probiotiklar va fermentlangan ovqatlar, ichaklarimizda foydali bakteriyani ko’paytirib, immunitetimizni kuchaytiradi.
Immunitet sistemamizni deyarli 80% ichaklarimizda joylashgan ekan!
Ananaviy tarzda tayyorlangan fermentlangan pishloq, kefir, bodring, tuzlangan karam (sauerkraut), tuzlangan zaytun va bodringlar, qatiq, hamirturushlik non kabilar foydali bakteriyalarni ko’paytiradigan sog’lom ovqatlar hisoblanadi.
Hayvon suyaklaridan (tovuq, qo’y, mol kabi) tayyorlanadigan sho’rva (ingliz tilida bone broth deyiladi) ham hazm qilish tizimini davolashda katta yordam beradi. Suyakli sho’rvani tayyorlash uchun toza hayvonlardan olingan suyaklar (har hil dorilarsiz, toza o’t yeb katta bo’lgan hayvonlar go’shti kerak), filterlangan suv, turli sabzavotlar kerak. Suyak tarkibidagi minerallarni olish uchun shor’vaga ozgina olma sirkasi ham qo’shish kerak va shor’vani kamida 8-10 soat past olovda sekin pishirish (yengil, miltillatib qaynatish bilan) kerak. Qancha ko’p uzoq qaynasa shuncha yahshi. Bundan tashqari suyakli sho’rvalarni boshqa bir qancha foydalari bor : Gripp va shamollash viruslari keltirib chiqqan infeksiyalarni kamaytiradi (to’htatadi), bo’gim-mushaklardagi og’riq va yallig’lanishni kamaytiradi, suyaklarni sog’lom va kuchli bo’lishida kerak bo’ladigan turli minerallar bilan ta’minlaydi (hayvon suyaklarida minerallar shor’va orqali o’tishi orqali), soch va tirnoqlarni ham sog’lom o’sishida yordam beradi.
Avvalari odamlarda hazm qilish tizimi organlari bilan bog’liq muammolari hozirgi kunchalik ko’p bo’lmagan. Ular odatda foydali bakteriyalariga boy ovqatlarni ko’p yeyishgan. Ovqatlarni uzoqroq saqlash va aynib qolishini oldini olish uchun odatda odamlar ovqatlarni fermentlashgan (achtishgan).
Ozgina fermentlangan ovqat ham juda ko’p miqdorda foydali bakteriya beradi oladi. Uyda tayyorlangan fermentlangan ovqatlar tayyor sotiladigan probiotiklardan ko’ra son va sifati jihatda ustun turarkan.
Mukammal holatda yomon bakteriyaga qaraganda foydali bakteriya ko’p bo’lishi kerak (85 % yahshi, 15 % yomon). Agar yomon bakteriyalar ko’payib ketsa turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin: diabet, semirish, yurak kasalliklari, tez-tez shamollash, gripp, allergiya, astma, miya bilan bog’liq kasalliklar, kayfiyat, hulq bilan bog’liq kasalliklar, hazm qilish va ichaklar bilan bog’liq kasalliklar, ich ketishi, metabolik sindrom va boshqalar.
Yuqoridagi kasalliklarni hazm qilish tizimidagi foydali bakteriyalarni ko’paytirib (fermentlangan ovqatlar,probiotiklar), davolash yoki oldini olish mumkin.
Hazm qilish tizimi foydali bakteriyalarni ko'payishida yordam beradigan turli oziq ovqatlarga misollar:
1. Tuzlangan karam yoki sabzavotlar (Sauerkraut.)
Tabiiy fermentlash jarayonida karamda turli foydali vitamin A, C, enzimlar, probiotiklar ko'payadi, hazm qilish osonlashadi.
Men dorilarsiz, tabiiy karamga zanjabil, sabzi, sarimsoqlarni mayda kesib sof, toza tuz bilan aralashtirishib hona haroratida kamida 1 haftaga saqlayman. Qancha ko'p tursa shuncha foydaliroq. Fermentlangandan keyin muzlatkichda saqlanadi.
2. Kefir.
Toza sut va kefir donlari bilan uyda tayyorlangan kefir ham probiotiklar, vitamin, mineral, kalsiy, to'la osqil bilan boydir. Kefirni yakka o'zini yoki meva-urug'lar bilan aralashtirib ichimlik qilib ichish mumkin. Bundan tashqari kefir bilan donlarni ivitsa bo'ladi (masalan nonushta uchun blinchiklar).
3. Hamirturushlik non.
Hamirturush tayyorlangan non odatda 8-12 soatlarda tayyorlanadi. Tabiiy hamirturushni tayyorlash uchun ham 1 hafta ketadi, lekin doimiy foydalanib turilgan hamirturush yomon bo'lmasa juda ko'pga yetadi. Bunday nonni "oshishi" jarayonida undagi zararli fitin moddasi kamayadi, qiyin hazm bo'ladigan oqsil ham parchalanadi (hazm bo'lishi osonlashadi) va tayyor bo'lgan non ham tabiiy ko'proq saqlanadi.
Hamirturush tayyorlangan non odatda 8-12 soatlarda tayyorlanadi. Tabiiy hamirturushni tayyorlash uchun ham 1 hafta ketadi, lekin doimiy foydalanib turilgan hamirturush yomon bo'lmasa juda ko'pga yetadi. Bunday nonni "oshishi" jarayonida undagi zararli fitin moddasi kamayadi, qiyin hazm bo'ladigan oqsil ham parchalanadi (hazm bo'lishi osonlashadi) va tayyor bo'lgan non ham tabiiy ko'proq saqlanadi.
4. Suyakli sho'rva
Hayvon suyaklaridan (tovuq, qo’y, mol kabi) tayyorlanadigan sho’rva (ingliz tilida bone broth deyiladi) ham hazm qilish tizimini davolashda katta yordam beradi.
Suyakli sho’rvani tayyorlash uchun toza hayvonlardan olingan suyaklar (har hil dorilarsiz, toza o’t yeb katta bo’lgan hayvonlar suyak/go’shti kerak), filterlangan suv, turli sabzavotlar kerak. Suyak tarkibidagi minerallarni olish uchun shor’vaga ozgina olma sirkasi ham qo’shish kerak va shor’vani kamida 8-10 soat past olovda sekin pishirish (yengil, miltillatib qaynatish bilan) kerak. Qancha ko’p uzoq qaynasa shuncha yahshi.
Bundan tashqari suyakli sho’rvalarni boshqa bir qancha foydalari bor : Gripp va shamollash viruslari keltirib chiqaradigan infeksiyalarni kamaytiradi (to’htatadi), bo’gim-mushaklardagi og’riq va yallig’lanishni kamaytiradi, suyaklarni sog’lom va kuchli bo’lishida kerak bo’ladigan turli minerallar bilan ta’minlaydi (hayvon suyaklarida minerallar shor’va orqali o’tishi orqali), soch va tirnoqlarni ham sog’lom o’sishida yordam beradi.
No comments:
Post a Comment