Hovlisi bor uyda yashaydiganlar yerdan unumli foydalanish uchun o'zlari istagan meva-sabzavotlar va turli ko'katlar ekib o'stirishlari mumkin. Uy yetishtirilgan sabzavotlar va ko'katlar turli kimyoviy dorilardan holi, mazaliroq, toza va sof bo'ladi. Odatda kunning ma'lum bir qismi ekinlarni parvarishiga ketadi (odatda issiq, quyosh nuri ko'p paytda), huddi shu paytda odam o'ziga yetarli quyosh nuri olishi mumkin va yetarli tabiiy Vitamin D hosil qiladi. Dehqonchilik asablarni yumshatadi, odamni harakatlantiradi, tabiatga nisbatan muhabbatni kuchaytiradi va o'z qo'llari bilan dasturhonga sog'lom oziq ovqatlar yetishtirganidan bahri-dili ochiladi.
Ushbu mavzuda hovlida ekin ekishni boshlashda nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida qisqacha yozamiz.
Ushbu mavzuda hovlida ekin ekishni boshlashda nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida qisqacha yozamiz.
1. Nimalar o'stira olaman?
Eng birinchi yashayotgan joyingizdagi iqlimga qarab qanday o'simliklar yetishtira olishingiz mumkinligi aniqlab oling. Odatda Amerikadagi regionlar/shtatlar zonalarga bo'lingan. 1-13gacha bo'lgan zonalarda qanday sabzavotlar, mevalar yoki turli ko'katlarni o'sishi mahsus haritalarda beriladi. 1-zona bu eng sovuq joylarni o'z ichiga oladi, 13 esa eng issiq. Bunday ma'lumotlarni internetdan yoki mahalliy universitetlar qoshidagi qishloq ho'jaligi bo'limidan so'rab bilishingiz mumkin. Mana shu linkga borib o'zingiz yashaydigan joy indeksini kiritsangiz qaysi zonada ekanligingizni aniqlab beradi.
2. Ekinlar uchun joy ajratish.
Qanday ekinlar yetishtirish mumkinligini aniqlab olgandan keyin endi hovlidagi yerni tayyorlashga harakat qilish kerak. Ekinlar uchun hovlini ma'lum bir qismini yoki hammasini ajratsa bo'ladi. Biz bolalarga ham o'ynash uchun joy bo'lsin deb ekinlar uchun hovlini alohida qismini ajratganmiz. Ajratilgan yerga quyosh yahshi yetishi, suv yetkizish osonroq bo'lishi, odamlarni qatnovi nisbatan kamroq bo'lishi kerak. Agar dehqonchilikka halaqit beradigan turli hayvonlar bo'lsa hovlini temir/tahta devor bilan berkitib olgan yahshi.
3. Tuproqni qanday tayyorlaymiz?
Hovlidagi tuproq har hil bo'lishi mumkin; ba'zilari ekin-tikinga mos yumshoq, o'gitga boy, serunum tuproq bo'lsa ba'zilari umuman ekin ekishga yaroqsiz tosh, qum aralash sifatsiz ham bo'lishi mumkin. Yana bir muhim narsa bu hovlidagi o't (grass/lawn)ga ilgari har hil dorilar, kimyoviy o'g'itlar solingan yoki solinmaganligini aniqlab olish kerak. Amerikada odatda hovlidagi o't/maysalarni yam-yashil olib yurish uchun doimiy dorilar, kimyoviy o'g'itlar solinadi. Bu esa dehqonchilik qilish uchun yahshi emas.
Yahshi tuproq bo'lsa, turli dorilar solinmagan bo'lsa to'g'ridan to'g'ri mavjud o't-o'lanlarni chopib yo'qotib ekin ekish mumkin.
Agar yer yaroqsiz bo'lsachi? Unda eng osoni yerni o't o'lanlardan tozalab yangi sifatli tuproq olib kelib to'ldirish. Bu oson lekin qimmatroq usul. Bundan tashqari yog'ochlardan alohida balandroq so'ri sifatida joylar tayyorlab, tuproq bilan to'ldirib keyin ekish mumkin. Bu usul ham qimmat.
Byudjeti kamroqlar uchun yana bir usul:
1-ajratilgan yerni o't o'lanlardan tozalandi;
2-biroz chuqur tayyorlanadi;
2-biroz chuqur tayyorlanadi;
3-chuqurni qurigan barglar, turli meva-sabzavot po'chog'lari, tuhum sarig'i, urug'siz o't o'lanlar bilan to'ldiriladi va suv sepiladi. Yani uzoqroq muddatda tayyorlanadigan kompost/chirindi hosil qilinadi.
4-tayyor bo'lmagan kompost yuqorisini ozgina toza tuproq bilan to'ldiriladi. Kamroq tuproq bilan o'stirsa bo'ladigan ekinlarni mana shu yo'sinda ekib yetishtirish mumkin.
4. Yerni tabiiy boyitish yo'llari.
Yahshi hosil berishi uchun yerni doimo boyitib borish kerak. Tuproqni boqishni ba'zibir tabiiy yo'llari:
-to'htamasdan kompost qilish mumkin. Meva-sabzavot po'choqlari, tuhum yoki yong'oq po'stlari, o't o'lan, barglar, yog'och qirindilar, sigir-qo'y yoki parrandalar o'g'itlari/go'nglari bilan doimo kompost/chirindi qilib tuproq bilan aralashtirib borilsa tuproq yanada boyiydi.
- mahsus mineral tosh qirindilar/kukuni (dust rock) bilan tuproqni mineral tarkibini boyitib borish mumkin. Eng keng qo'llaniladigan mineral tosh kukuni bu Azomite Trace Mineral Rock Dust deb ataladi.
-chuvalchang o'g'iti/chiqiti ham tuproqni boyitishda katta rol o'ynaydigan boy tabiiy qo'shimcha hisoblanadi. Ularni tayyorlarini ham sotib olib ekinlarga qo'shish mumkin.
| chuvalchang o'g'itlari (worm castings) |
Dehqonchilik uchun yerni tayyorlagandan so'ng asta sekin ekin ekishni boshlasa bo'ladi. Quyidagi mavzularda qaysi ekinlarni urug'dan va qaysi ekinlarni ko'chatlardan boshlash haqida o'qish mumkin.
Dehqonchilik qilishda bolalarni ko'proq jalb qilishga harakat qilish kerak. Quyida farzandlarimiz turli sabzavot-ko'katlar nomlarini o'zbek, ingliz, arab va rus tilida
yozishga harakat qilib belgilar qilishgan. Bu ham ularda ekin ekish,
ularni parvarishga qiziqish uyg'otadi.




No comments:
Post a Comment