Kundalik ovqat tayyorlashda (issiqlik tasiri ostida) foydalansa bo'lishi mumkin bo'lgan yog'lar guruhi:
chap tomondan: kakos yog'i, mol/qo'y yog'i, zaytun yog'i va ghee (eritilgan saryog')
1. Zaytun yog'i- an’anaviy sovuq presslash usuli orqali olingan, faqatgina ba’zibir yomon qo'shimchlardan filterlangan holatdagisini topib ishlatgan maquldir.
2. Kakos yog'i-
bunday yog'ni ham ko'p ishlov berilmagan, har hil kimyoviy moddalar
berilmagani ishlatish kerak.
3. Saryog' (ghee): hammaga ma’lum bo’lgan saryog’ sut yog’idan tayyorlanadi. O't
o'lanlar yeb katta bo'lgan mollarni sutlaridan tayyorlangan, har hil
ranglar, kimyoviy moddalar qo’shilmaganini istemol qilsa bo’ladi.
4. Hayvon yog'lari- o't yeb, dalalarda katta bo'lgan sigir, qo'y, echki kabi hayvonlarni go'shti va yog'larini bemalol iste'mol qilsa bo'ladi. Tovuq, o'rdak, g'ozlarni yog'lari ham shu qatorga kiradi. Yog'larini ovqat tayyorlashda ishlatsa bo'ladi chunki issiqlik tasirida ular tarkibida ko'p o'zgarmaydi.
Faqat sovuq holatida istemol qilishini mumkin bo'lgan yog'lar guruhi:
Ishlov berilmagan o’simlik yog’lari- Kungaboqar, zaytun, makka yeryong'oq yog'lari issiqlik tasirida tarkibi yomon, sog'liq uchun zararli holatga o'zgaradi, shuning uchun bunday yog'larni sovuq, isitlmagan holatda ishlatish kerak (salatda masalan).
Toza baliq yog'lari.
Turli yong’oqlar va urug’lar - zig’ir urug’i yog'i (flax seed), kunjut urug’i yog'i (sesame seeds) kabilar.
Umuman istemol qilinmasligi kerak bo'lgan yog'lar:
1. Qayta ishlangan yog'lar: Turli kimyoviy moddalar bilan yog’ tarkibidagi har hil zarali moddalar, yomon hidlar, ranglarni ketkazish orqali olingan yog’ga aytiladi. (Bu jarayonda yog’dagi foydali minerallar yoqoladi, turli kimyoviy moddalar qo’shiladi)
2. Qayta ishlangan o'simlik yog'lari-kungaboqar, pahta, yeryong'oq, makka kabi yog'larni aksari qayta ishlangan, oqartirilgan, issiqlik ostida tayyorlagan bo'ladi va sog'liq uchun zarar.
Deyarli
ko’pchilk o’simlik yo’glari qayta ishlangan, tozalangan bo’ladi.
3. Qo'yiltirilgan (hydrogenated) yog'lar- Yog’ tarkibidagi kerakli yog’ kislotalari boshqa kimyoviy shaklga
o’tiladi. Bu katta bosim ostida yo’gga vodorod gazi o’tkazish bilan
amalga oshadi. O’simlik va hayvon yog’lari qo'yiltirilgan (hydrogenated) bo’lishi mumkin.
Bunday yog’larni saqlash oson, chunki tezda yomon bo’lib qolmaydi.
Lekin bunday yog’larini kimyoviy tuzilishi buziladi va yomon oqibatlarga
olib keladi.

No comments:
Post a Comment