Uzoq muddat tindirilgan (12-24 soat) qatiqli hamir undagi fitin moddasini kamaytirib, hazm qilishni osonlashtiradi.
Unni istemol qilishdan oldin nega ivitish yoki fermentlash kerakligi haqida mana shu yerda ko'proq o'qish mumkin.
Unni istemol qilishdan oldin nega ivitish yoki fermentlash kerakligi haqida mana shu yerda ko'proq o'qish mumkin.
Qatiqli
hamirdan pechenie’lar, pizza, har hil somsalar tayyorlash mumkin.
Tarkibida saryog’i bo’lgani uchun bolalar uchun foydali.
Hamirni resepti:
1 stakan qatiq
1 stakan saryog’
3 ½ stakan un (elangan qora un, yoki aralash)
1 osh qoshiq tuz
Yumshoq saryog’ va qatiqni yahshilab aralashtirib, un, tuz qo’shib hamir qoriladi. Hona haroratida kamida 1 kecha yoki 24 soat tindiriladi. Son’g hohlagan usulda foydalanish mumkin.
Pechenie'larni aslida shakarsiz qilinadi, lekin ozgina shirin bo'lishini hohlaganlar hamirga tabiiy shakar (rapadura/succanat) qo'shib tayyorlashlari mumkin.
Hamirni yupqa yoyib, kerakli shakllarga kesib olib 375-400'Fda 10-15 minut davomida pishirib olinadi.
Krakerlar uchun 2chi resept (saryog'i kamroq)
3 1/2 stakan un (qora bug'doy uni)
1 stakan qatiq yoki kefir (ivitish uchun)
tuz
1/2 stakan yumshatilgan saryog'sedana urug'lari
Sedana urug'lari
Tayyorlanish jarayoni bir hil.
No comments:
Post a Comment