Thursday, July 10, 2014

Karob shirinligi (Carob Brownies)

Bu shirinlikda kakao kukuni o'rniga karob kukuni ishlatilinadi. Karob kukuni odatda kakao kukuni o'rniga turli shirinliklarda sog'lomroq bo'lgani ishlatilinadi. Karob kukuni O'rta Yer Dengiz tomonlarida o'sadigan karob darahti dukkaklaridan (pods) olinadi. Kakao kukuni tarkibida mavjud bo'lgan kafein, theobromine (odamlarni kayfiyatiga tasiri qiladigan kimyoviy modda, hayvonlar uchun zaharli) kabilar karob kukunidan yo'q. Bundan tashqari karob kukuni tabiiy shirinroq va yog' miqdori ancha past. Karob kukunida kalsiy, selenium va organizmni turli zarar/zaharlardan tozalovchi moddalari ham bor.

Bu shirinlikdagi un ham avval 12-24 soat ivitib olinadi.
Unni istemol qilishdan oldin nega ivitish yoki fermentlash kerakligi haqida mana shu yerda ko'proq o'qish mumkin.

Masalliqlar: 24 ta bo'laklar uchun.

3 stakan bug'doy qora un
2 stakan smetana yoki qatiq yoki kefir
3/4 stakan yumshatilgan saryog'
1 1/2 stakan tabiiy shakar (rapadura yoki succanat)
4 ta tuhum
1 osh qoshiq vanilin (suyug'i yoki bitta vanilin bo'lagi)
1 choy qoshiq tuz
3/4 stakan karob kukuni (carob powder)
1 osh qoshiq baking powder
1 stakan maydalangan yong'oq bo'laklari

Tayyorlanishi:
1. Unni smetana (qatiq yoki kefir) bilan aralashtirib iliq joyga 12-24 soatga tindirishga qo'yamiz.
2. Pishirish vaqti kelganda avval shakarni saryog' bilan yahshilab aralashtiramiz mikserda. Keyin tuhum, tuz, vanilin, karob kukuni va baking powderlarni qo'shamiz.
3. Ivitilgan unni ham sekin asta aralashtirib, yong'oqlarni ham qo'shamiz.
4.Yog'langan tort idishga (shisha kattaroq idish bo'lish kerak) hamirni quyib, qizib turgan duhovkada 360'F'da 40 minut atrofida pishirib olamiz. 
5.Sovugach bo'laklarga bo'linadi.

No comments:

Post a Comment