Friday, November 21, 2014

Sabzavotlik frittata

Frittata bu Italiyancha tuhumli ovqat bo'lib, odatda turli sabzavotlar bilan tayyorlanadi va nonushtada istemol qilinadi. Frittata aslida qovurilgan manoni bildiradi. Ushbu tuhumlik taomni tayyorlash uchun turli masalliqlardan foydalansa bo'ladi.

Frittatani pishirish gazda boshlanadi, ikkinchi qismi esa duhovkada pishirililadi. Shuning uchun eng yahshi idish bu cho'yan tova (cast iron skillet).
Biz tayyorlaydigan frittatalar uchun masalliqlar:
Turli sabzavotlar va ko'katlar- zukkini (mayda to'g'ralgan), ko'k piyoz, brokli va gulkaram (bularni avval parda pishirib olsa bo'ladi), kale, ismaloq, piyoz yoki hohlagan sabzavotlardan solish mumkin.
2-3 ta sarimsoq bo'laklar, mayda to'g'ralgan
1 choy qoshiq zanjabil, qirg'ichdan chiqarilgani 
 4-5 ta tuhum
1/2 stakan sut
1/4-1/2 pishloq (pishloq frittatani boy, to'yimlioq, shirin bo'lishidan yordam beradi, lekin solish judayam shart emas).
tuz va murch
2 qoshiq zaytun yog'i

Tayyolash jarayoni:
1. Tovani qizdirib yog'ni solamiz va piyozni biroz qovurib olamiz. Har doim ham piyoz solish shart emas albatta qanday sabzavot solishga qarab. Keyin sarimsoq, zanjabillarni ham ozgina qovuramiz va asta sekin kerakli sabzavot va ko'katlarni solib biroz qovuramiz. Keraklicha tuz va murch ham qo'shamiz.
2. Alohida bir idishda tuhum, sut va pishloqlarni yahshilab aralashtiramiz va sabzavotlik tovaga qo'shamiz, lekin ko'p aralashtirmaymiz. Shunchaki biroz tekkislash uchun chetlarni to'g'rilaymiz. O'rta olovda 5-7 minut turganda frittata quyuqlashib, yahshi holatga keladi. Ustida qo'shimcha pishloq va petrushka solish mumkin.
3. So'ng 375 F'da qizdirilgan duhovkada yana 5-6 minut pishirib olamiz. Yoki broiler 'da frittata chiroyli jigarrangga kelguncha pishiramiz.

Yoqimli ishtaha. 

No comments:

Post a Comment