Sup tayyorlash uchun masalliqlar:
1 ta katta ko'k piyoz (leek), piyoz kichkina bo'lsa 2 ta kerak bo'ladi.
10 dona atrofida qo'ziqorin
1 katta katta kartoshka
2-3 qoshiq zaytun yog'i yoki saryog'
Supga qo'shib ichishga qaymoq
Tayyorlash jarayoni:Piyozni barglarini yahshilab yuvib tozalaymiz va va oq piyoz qismlari bilan mayda kesib chiqamiz.
Boshqa sabzavotlarni ham yuvib, tozalab mayda bo'laklarga bo'lamiz. Yog'da avval piyozni, keyin kartoshka va qo'ziqorinni qovurib, suv solamiz. Agar bo'lsa tovuq yoki sabzavot sho'rva suvi (chicken or vegetable stock) quysa bo'ladi oddiy suv o'rniga. Qaynab chiqqach 20 minutcha pishiramiz, biroz sovutgacha blenderda pyure holiga kelguncha aralashtiramiz va qaymoq (yoki kremli mahsulot bilan) istemol qilamiz.
Hohlaganlar zucchini yoki ozgina brokolli qo'shib yuborsa ham bo'ladi.
No comments:
Post a Comment