Thursday, February 26, 2015

Chia urug'i puddingi (Banan va Kakao bilan)

Nonushta  uchun yoki asosiy ovqatdan keyin shirinlik sifatida istemol qilinishi mumkin bo'lgan banan, kakao kukuni va chia urug'ilik pudding to'yimli, sog'lom va foydali taom hisoblanadi.

Kerakli masalliqlar:
1 stakan qatiq (yoki kefir)
1/3 stakan chia urug'i
1-2 qoshiq sifatli kakao kukuni (raw cacao powder)
1 qoshiq asal yoki zarang darahti siropi (maple syrup)- (nonushta taomi uchun solmasa ham bo'ladi, shirinlik uchun tayyorlansa qo'shiladi, ko'proq qo'shsa ham bo'ladi ta'bga qarab)
ozgina vanilin
1 ta yahshi pishgan banan

 Tayyorlanishi:
1.Qatiq yoki kefirga chia urug'larini qo'shamiz va blenderda yahshilab aralashtiramiz. Aralashma toza idishga solinib, usti sochiq bilan yopilgan holatda hona haroratida 12 soatgacha turadi. Urug'larni qatiqda ivitishdan maqsad uni hazm qilinishi osonlashtirish va tarkibida fitin moddasini kamaytirishdir.
2. Kerakli vaqt o'tgach banan, asal, vanilin, kakao kukuni yahshilab aralashtirilinadi. Qatiq va chia urug'li aralashmaga qo'shamiz va idishlarga solib kamida 3-4 soat yoki bir kecha sovutkichda saqlaymiz. Hohishga qarab toza kakos parchalari, yong'oq bo'laklari bilan bezash mumkin.
Puddingni ta'bga qarab turli  tabiiy, foydali masalliqlar bilan o'zgartirish, moslashtirish, boyitish mumkin. Masalan undirilgan kungaboqar urug'i, qulupnay, kakos parchalari, kiwi, nok kabilar bilan puddingni o'z hohshingizga moslab olishingiz mumkin.

No comments:

Post a Comment