Amerikada har 3ta odamdan ikkitasida ortiqcha vazn bor, har uchdan bittasi esa semiz hisoblanadi. Dunyoning boshqa joylaridagi ahvol ham unchalik orqada emas ekan.
O'zingizda
ortiqcha vazn bor yo'qligini bilishning eng oson yo'li quyidagicha:
ko'krak qafasini pastki qismi bilan kindik tepasidagi eng
kichkina/ingichka qism aylanasini o'lchang (bel aylanasi). Bel aylanasi o'lchovi
tanadagi umumiy yog'ni o'lchaydigan eng oddiy va eng yahshi usul
hisoblanadi. Chiqqan raqamlarni quyidagi sahifadagi jadvalda ko'rsatilgan raqamlar bilan
solishtiring va hozirgi kundagi og'irligingiz ko'ngildagiday (ideal), ortiq
yoki kamligini bilib olishingiz mumkin.
Yana bir o'lchov bo'lmish BMI
(butun tana og'irligi ko'rsatkichi) odamni bo'yi va og'irligi
proporsiyasini hisoblab beradi.
Quyidagi sahifada tanaggiz umumiy og'irlik ko'rsatkichini aniqlab olishingiz mumkin. Bu yo'l bilan normal odamni ozg'in,
semiz yoki meyorida ekanligini bilish olish mumkin.
BMI o'lchovini ishlatgan yahshi, lekin oddiy bel aylanasini o'lchovi qorin va biqin atroflaridagi yog'larni bilishdagi aniqroq yo'ldir. Ichki organizmlarni (yurak, jigar, o'pka kabi) qoplab turadigan qorin va bel atrofidagi yo'glarni ortishi turli jiddiy kasalliklarni keltirib chiqishi mumkin. Masalan yurak-qon tomir kasalliklari, insulinga ta'sirchanlilik ya'ni qandli diabet, jigarni yog' bosishi va boshqalar.
Shu kabi o'lchovlar orqali yoki o'zingiz, vazningiz meyoridan ortiqligini bilsangiz unda ana shu ortiqcha yog'larni yo'qotishga astoydil harakat qilishingiz kerak.
Quyida boshlang'ich badantarbiya mashg'ulotlariga misollar ko'rsatamiz. Bunday mashg'ulotlarni haftada kamida 3-4 marta qilsa durust. Kuniga 30-60 minut vaqt sarflashlikka reja qilib bardavom harakat qilish kerak.
1. Yog'larni ketkizadigan kardio mashg'uloti.
2.Tana og'irligi bilangina qilinadigan kardio mashg'ulotlari (bodyweight cardio)
3. Butun muskullarni kuchaytiradigan mashg'ulot.
4.Kardio va muskullarni kuchaytirishga qaratilgan mashg'ulot
5.Qorin va biqin atrofidagi yog'larni ketkizishga yordam beradigan mashg'ulot.
6. 10 minutlik qisqa mashg'ulot.
7. 45-minutlik shiddatliinterval kardio va qorin/biqin mashg'uloti.
8. Kardio va og'irlik bilan ishlaydigan mashg'ulot.
9. Kardio va qo'l, yelka, bel va ko'krak qismlar bilah ishlaydigan mashg'ulot.
10. 30-minutlik kardio va qorin/biqin mashg'uloti.
Mavzuga bog'liq boshqa habarlar:
2. Kundalik istemolda asosan qaysi mahsulotlarga katta e'tibor berish kerakligi (fiber, oqsil, uglevod, yog' vhkz) haqidagi ma'lumotlar haqida shu yerda o'qing.
3. Zararli oziq-ovqatlar guruhi haqida shu yerda o'qing.
4. Sog'lom oziq ovqatlar guruhi haqida shu yerda o'qing.
5.Jismoniy salomatlik yo'lida: Jismoniy badantarbiyaning ahamiyati haqida shu yerda o'qishingiz mumkin.

No comments:
Post a Comment