Juda ko'p hollarda
asosiy taom tayyorlanganda ovqatning bir qismini oq guruch yoki makaron
tashkil qiladi. Oq guruch va marakaron (hoh oq bo'lsin hoh qora undan
bo'lsin) nosog'lom oziq ovqatlar guruhidan hisoblanadi. Ular o'rniga
uglevodlardan to'g'ri tayyorlangan marjumak, jigarrang guruch, quinoa
yoki turli sabzavotlar ishlatish mumkim.
Turli don yoki unlarni to'g'ri tayyorlash usullar haqida mana shu yerda ko'proq o'qib o'rganish mumkin.
Undirilgan turli don
foydalari va ularni qanday tayyorlash haqidagi kerakli ma'lumotlarni mana shu yerdan topsa bo'ladi.
Biz tayyorlaydigan kasha/pilafga undirilgan va quritilgan marjumak/grechka kerak bo'ladi.
| quritilgan undirilgan marjumaklar |
Kashani asosiy ovqatni bir qismi sifatida yoki bir o'zini alohida taom sifatida ham tayyorlasa bo'ladi.
Masalliqlar:
1 stakan undirilgan, quritilgan marjumak
1 ta tuhum (yahshilab aralashtirgani)
1-2 qoshiq zaytun yog'i (yoki saryog', kakos yog'i)
Yarimta piyoz yoki kichkina bitta
sarimsoq bo'laklari
1 stakan har hil mayda to'g'ralgan sabzavotlar, ta'bga qarab (kartoshka,sabzi, goroh, makka donalari)
1 qoshiq pomidor pastasi, yoki mayda to'g'ralgan pomidor
Ziravorlarda: tuz, murch, turmeric, garam masala.
Tayyorlanishi:
1. Marjumak va tuhumni aralashtirib, tovada pastroq olovda tuhum suyug'i qurib bo'lguncha aralashtiramiz.
2. Alohida qozonda piyozni qizirtiramiz, sekin asta sarimsoq va boshqa sabzavotlarni ham qo'shamiz. Ziravor va pomidor pastasini qo'shib biroz qovurib, marjumak va tuhum aralashmasini ham qo'shib, ustidan 1 stakan suv quyamiz. Marjumak yumshab pishguncha past olovda miltillatib, dimlab qaynatamiz.
Pishgach turli ko'katlar bilan dasturhonga tortamiz.
![]() |
| asosiy ovqat: kotlet, kasha va sauerkraut |
![]() |
| Nonushta- tuhum bilan kasha (non o'rniga) |



No comments:
Post a Comment