Undirilgan turli dukkaklik va donlarni foydalari, ularni qanday tayyorlash haqida avval aytib o'tgan edik. Kerakli ma'lumotlarni shu yerdan o'qib chiqish mumkin.
Bugun undirilgan no'hatdan yumshoq, mayin va mazali hummus tayyorlash haqida yozamiz.
Kerakli masalliqlar
2 stakan undirilgan, pishirilgan no'hat
1/4 stakan limon suvi
1/4 stakan tahini
1-2 ta sarimsoq bo'lagi, maydalangani
2 osh qoshiq zaytun yog'i
1/2 choy qoshiq tuz (yoki ko'proq)
1/2 choy qoshiq zira maydalangani
1/4 stakan yoki ko'proq filterlangan suv
salat ustiga :qizil bulg'ori qalampir kukuni va zaytun yog'i
Tayyorlash jarayoni:
Hummusni bir hilda silliq va yumshoq chiqishi uchun no'hat po'stini olib tashlash kerak.
1. Blender yoki food processer'ga tahini va limon suvini solib 1 daqiqa aralashtiramiz. Silliq, suyuq holatga kelishi kerak.
2. So'ng zira, yog', sarimsoq maydalangani, tuzlarni ham solib 30 soniya aralashtiramiz. Bir qator idish yonlarini ham tozalab, yana 30 soniya aralashtiramiz.
3. No'hatlarni yarim stakandan boshlab solib, aralashtirishni boshlaymiz. Kerak bo'lsa suv quyamiz. Tayyor hummus yumshoq, mayin, o'rtacha suyuq-quyuqlikda bo'lishi kerak.
Ustiga qizil bulg'ori qalampiri kukuni, zaytun yog'i, zaytun mevalari solib dasturhonga tortish mumkin.
No comments:
Post a Comment