Showing posts with label Payg'ambarlar. Show all posts
Showing posts with label Payg'ambarlar. Show all posts

Saturday, April 16, 2011

Hud alayhissalom qissasi

Hud alayhissalom qissasini o'qiymiz.

Kitob yo'q bo'lsa Hud alayhissalom qissasini PPS formatda yoki PDF formatda yuklab olishingiz mumkin.

Qissani o'qib bo'lib, bolangiz bilan savol javoblar uyushtiring, savollar bolani yoshiga mos va sodda bo'lishi kerak.
Son'g gazeta va jurnallarda turli rasmlar topib kichkina Hud alayhissalom kitobchasini tayyorlang.

Qissaga bog'liq rasmlar chizib bering, bolalar bo'yasin.

Hud alayhissalom nomida keladigan Arab tili harflari bilan mashg'ulot qilishingiz ham mumkin.
Ushbu harflarni mana bu yerdan 1 va 2chi qismini yuklab olishingiz mumkin.
Yuqoridagi file'larda kiritilmagan harflarni mashg'ulotni birinchi tuzgan manbadan ko'chirib olishingiz mumkin.
kesib qattiqroq kartonga yopishtirib chiqsangiz yoki laminatsiya qilsangiz chidamli bo'ladi.

Hud alayhissalom ismida keladigan lotin tili harflari qatnashgan mini akkordion shaklda kitobcha yasash.
Kitob ichida har bitta betga bittadan harf qo'yib, harf bilan boshlanadigan birorta so'z va shu so'zga mos rasm topib yopishtiring.

Tuesday, April 12, 2011

Nuh alayhissalom

Payg’ambarlar hayotidan: Nuh alayhissalom.
Nuh alayhissalom qissasini o'qish va mavzu bo'yicha turli mashg'ulotlar qilish.

Kitob bo'lmasa quyidan Pdf va PPS formatda Nuh alayhissalom qissasini ko'chirib olishingiz mumkin.



Nuh a.s nomida keladigan arab tili harflari bo’yicha mashq’ulotlar.
Ushbu harflarni mana bu yerdan 1 va 2chi qismini yuklab olishingiz mumkin.
Yuqoridagi file'larda kiritilmagan harflarni mashg'ulotni birinchi tuzgan manbadan ko'chirib olishingiz mumkin.
kesib qattiqroq kartonga yopishtirib chiqsangiz yoki laminatsiya qilsangiz chidamli bo'ladi.


Nun harfini o'rganish uchun hat-kartochka.


Nun harfi bilan Multisensory mashg'ulot.


Bir necha hil suv transportlarini bo’yash mumkin.

Alohida qattiqroq qog'ozga kema chizing, bolalar yomg’ir, bulutlarni qo'shib bo'yashsin. Nuh alayhissalom qissasidagi bo’ronni boshlanishi, yerdan ham osmondan ham suvlar chiqib hamma yoqni suv bosgani haqida gaplashishingiz mumkin.


Lotin tili/ingliz tili harflari bilan ishlash uchun kichik kitobchalar tayyorlang.


Bundan keyingi darslarda payg’ambarlar haqidagi darslarda har bitta payg’ambar ismidan keladigan harflarga shunday kitobchalar tayyorlashni rejalashtirishingiz mumkin inshaAlloh.
Kitobchada asosan harflarni katta/kichik holatda yozing va shu harf bilan boshlanadigan yangi so’zlar o’rganing.
Kitobchalarni akkordion shaklda qo’ygandagi holati:

Kitobning ichki qismlari ko’rinishi


Bunday kitoblar tayyorlashni yana bitta yahshi tomoni oldindan ishlatilgan qog’ozlar va har hil pecheniy, cereal, shirinliklarni qutisi-kartonlar kerak bo’ladi holos. Yani yangi qog’ozlarni ishlatib o’tirmaysiz, va bolangizga ishlatilgan qog’ozlarni yana qayta ishlatishni, tejashni o’rgatib ketishingiz mumkin inshaAlloh.
Nuh alayhissalom mavzusi bo'yicha Nn, Uu, Hh va Aa harflarini mashq qilish mumkin. Aa- alayhissalm so'zidagi birinchi harf.
Yangi so’zlarni esa iloji boricha Nuh a.s qissasiga bog’liq so’zlardan toping. Kitobda ko'rsatilgan so’zlar turli qurilish asboblari-mih, bolg’a, boltalar.

Asboblar boshqotirmasi.

Boshqotirma yoki asboblar haqidagi mashg’ulotni qila turib, ulardan turli narsalar qurishda (kemalar masalan) qanday foydalansa bo’lish kerakligi haqida to’htalish mumkin.



Monday, April 11, 2011

Odam alayhissalom

1.Odam a.s haqidagi kitobni o’qiymiz.
Kitobingiz bo’lmasa presentatsiyani ko’rishingiz yoki pdf shaklda o’qishingiz mumkin

2. Nomlar o’yinini o’ynang. Alloh taolo Odam a.s’ga Jannatdaligida hamma narsalarni nomini o’rgatganligini, shuning uchun biz ham narsalarni nomini bilishimizni aytib, o’yin o’ynashlikka taklif qiling. O’yinda foydalanadigan soz’larni iloji boricha bolaga tanish bo’lgan predmetlarning nomlaridan toping.
Bolaga shunday deyishingiz mumkin:
Men hozir bir narsa haqida o’ylab turibman. U narsa sariq, o’zi sitrus meva, magazindan olamiz. Yeymiz, lekin anchagina nordon. Odatda choyga, saladlarga qo’shamiz. (bola lemon degan javobni topguncha davom ettirishingiz mumkin shu predmet haqida ma’lumot berishni)

3.Rasmda nima o’yini o’ynashingiz mumkin yuqoridagi kabi. Qo’lingizga birorta rasmni olib, yerga teskarisi bilan qo’ying va boladan rasmdagi nima ekanligi haqida so’rang. Rasm haqida bolaga keraklikcha ma’lumotlar berib boring.

4.Odam a.s’ning yaratilishi bilan bog’liq hadisni o’qing.
(uzbekcha aniq tarjimasini biladiganlar busa yozib qoyseylar ham yahshi bulardi. Yoki keyinroq vaqtim bolganda o’zim tarjima qilarman)

Hadisning qisqacha mazmuni: Alloh taolo Odam alayhissalomni yerning turli joylaridan yig’ilgan tuproqlaridan yaratgan, shuning uchun ham odamlar har hil (har hil ranglar, yahshi yomon) bo’ladi.

Hadis bo’yicha ranglarga oid mashg’ulotlar:

A)Ranglar haqida kitob o’qing.

B)Ranglar bo'yicha ranglar mashg'ulotlarini bajaring.

C) Bo’yash kitobidan bo’yasin bolalar.



D) Uyda “ushbu rang’ni top o’yini o’ynang. (menga qizil/yashil/ko’k rangli narsalarni ko’rsatinglar/olib kelinglar deb ko’rsatma berasiz, bolalar topishlari kerak)

5. Odam a.s qissasi bo’yicha kartochkalarni tartiblash mashg’ulotni bajaring.


Kartochkalardagi rasmlar Odam a.s presentatsiyada ishlatilgan rasmlar bilan bir hil, bolaga yordam bo’lishi mumkin hikoyani eslab, kartochkalarni tartiblashda.

Kattaroq yoshdagi bolalar uchun qo'shimcha materiallar:

File'larni yuklab olib o'rganishingiz mumkin.

1. Odam alayhissalom mavzusini o'rganish uchun qo'llanma:


2. Odam alayhissalom qissasi (Power Pointda):


3. Odam alayhissalom qissasi (PDF'da):


4. Odam alayhissalom mavzusi bo'yicha savol javoblar (PDF'da):


5.Ma'lumotlar To'plamini to'ldiring (Faktlar qog'ozi)