Wednesday, June 17, 2015

Ramazon uchun sog'lom taomlar: Sabzavot va qo'y go'shtlik dimlama

Iftorlik uchun yana bir sog'lom va yengil taom bu dimlama hisoblanadi. Ta'bga ko'ra turli sabzavot va qo'y go'shti qavatma qavat terib solinib, ozgina suvda past olovda pishiriladi.

Masalliqlar:
1-2 kg qo'y go'shti
Karam bo'laklar (dimlamaga hushbo'y ta'm va suyuqlik beradigan asosiy sabzavot)
1 ta zukkini (parrak parrak to'g'raladi)
1 ta pomidor (tilik-tilik to'g'raladi)
2 ta kartoshka (parrak-parrak to'g'raladi)
2 ta sabzi (parrak-parrak to'g'raladi)
2 ta sholg'om (parrak-parrak to'g'raladi)
1-2 ta shirin kartoshka yoki qovoq (hohlovchilar uchun)
2-3 bo'lak selderey
2-3 ta bulg'ori qalampir
1 ta katta piyoz (halqasimon to'g'raladi)
10 dona sarimsoq bo'laklari
petrushka, ukrop, bodiyon, kashnich, jambil kabi ko'kat va ziravorlar. 
Hamma to'g'ralgan sabzavotlar birin ketin qozonga terib chiqiladi. Eng avval piyoz, keyin go'sht, kartoshka, sabzi, sholg'om, selderey, sarimsoq bo'laklari va ohiri karam, zukkini, pomidor va ko'katlar bilan berkitiladi.

 
 Har qavat sabzavotlar ustidan tuz va murch sepiladi. Qozon tagiga 1 stakan (hohlovchiar 2 stakan) suv yoki suyak sho'rva/bone broth suyuqligidan quyib o'rta olovda suv qaynab chiqquncha kutiladi. Suv qaynab chiqqach, olovni past qilib 45-60 minut pishiriladi.

Ramazon uchun sog'lom taomlar: Oqsilga boy smuzi/ichimlik

Ushbu ichimlik (smoothie, shake) Ramazon oyida saharlik uchun juda mosdir. Uni tayyorlash juda oson, kam vaqt talab qiladi va  faqat sog'lom mahsulotlar bilan tayyorlanadi.

Masalliqlar:
1 osh qoshiq ivitilgan chia urug'i
1 osh qoshiq ivitilgan zig'ir urug'i
1 osh qoshiq ivitilgan hemp urug'i
1 osh qoshiq bodom yog'i
2 ta yong'oq
1 ta banan
1 stakan filterli suv
ta'bga ko'ra qulupnay, malina, maymunjon
1/4 qism avakado
1/2 stakan uyda tayyorlangan bodom suti (magazinda sotib olinadigan bo'lsa sifatli, turli qo'shimchalar qo'shilmaganidan bo'lishi kerak)

Avval ivitilgan urug'larni suv bilan yahshilab blenderda aralashtiramiz. Silliq suyuqlik paydo bo'lgandan keyin boshqa masalliqlarni ham solib aralashtiramiz.

 
Ta'bga ko'ra sifatli hom kakao kukuni, dolchin, hurmo, undirilgan kungaboqar urug'lari, kakos yog'lari ham qo'shish mumkin.


Wednesday, June 3, 2015

Sog'lom holva shirinligi


 Magniy va boshqa minerallarga boy kungaboqar urug'larini undirib, past haroratda quritib mazali shirinlik (holva deb atadik biz bir ovozdan) tayyorlash haqida yozmoqchimiz bu mavzuda. Yoshligimda holvani juda yahshi ko'rardim va nihoyat holvaga o'hshagan tabiiy, sog'lom shirinlik topildi Alhamdulillah.
hom kungaboqar urug'lari

Ushbu shirinlikni biz tayyorlagan usuli o'ta shirin emas, ta'bga qarab biroz shirinroq qilish ham mumkin. Eid yoki mahsus kunlar uchun boshqa shirinliklar orasida ushbu holva biz uchun sog'lom tortiq bo'la oladi (tishlarini davolayotganlar uchun ham, glyutendan uzoqroqda turishga harakat qilayotganlar uchun ham, hazm qilish tizimizda muammolari borlar uchun ham bu holva ma'qul bo'ladi).

Masalliqlar:
2 stakan undirilgan va quritilgan kungaboqar urug'lari
1/4 stakan yoki biroz ko'proq undirilgan va quritilgan kunjut urug'lari
2 qoshiq hom sifatli asal
1 qoshiq kakos yog'i
chimdim vanilla
Ihtiyoriy: 1/4 stakan pista bodom maydalari yoki boshqa turli yong'oqlar

Tayyorlanishi:
Kungaboqar urug'larini undirish haqida quyidagi mavzuda o'rganish mumkin. Undirilgan urug'larni duhovkada past haroratda (150'F yoki 65'C dan past bo'lishi kerak) quritib olamiz. Ortib qolgan urug'larni iloji boricha shisha bankalarga solib sovutkichda saqlagan ma'qul.

Kunjut urug'larini ham huddi shu yo'sinda undirib, quritib olsa bo'ladi. Ko'proq undirib qo'yilsa ko'proq vaqtda yetadi.
 

Holva tayyorlash uchun avval kungaboqar va kunjut urug'larini blender yoki food processorda yirikroq un holatiga kelguncha maydalab olamiz. Qolgan barcha masalliqlarni solib aralashtiramiz. 
 
Hosil bo'lgan massani yog'langan idishga solib, yahshilab presslab tekkislab chiqamiz. Yog'lash o'rniga tabiiy pergament qog'ozi solsa ham bo'ladi idish tagiga. Va kamida 3-4 soat sovutkichda saqlaymiz (bir kecha qolsa ham yahshi).

Sovugan shirinlik qattiqroq holatda bo'ladi va uni bo'laklarga bo'lib istemol qilish mumkin. Kungaboqar, kunjut va boshqa yong'oqlar kaloriyalik hisobalanadi, holvani bir bo'lagi ham bir mahalga bemalol yetib ortadi.


Tabiiy tish yuvish kukuni.

Qurtlangan tishlarni davolashda ko'p ta'kidlaganimizday to'g'ri ovqatlanish va kerakli ozuqa moddalarni yetarlicha istemol qilish juda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga tishga yahshi qarash, uni vaqtida tozalab turish ham kerak. Odatda aksariyat tish pastalarida zararli moddalar topiladi, shuning uchun tabiiy, zararsiz moddalar bilan uyda tayyorlanadigan tish pastasi yoki kukuni qilishga harakat qildik va ohirgi 4-5 oylardan beri shunday tish kukun ishlatib kelyapmiz. Asosan minerallar va giyohlardan tayyorlangan ushbu kukun tishni tozalash va davolashda yordam beradi deb o'ylaymiz.
Quyida tish kukuni tayyorlash uchun kerakli mahsulotlarni keltiramiz.
3 qoshiq Kalsiy karbonat (Calcium Carbonate)
2 qoshiq Magniy sitrat (Magnesium citrate)
4 qoshiq Shifobaxsh Aztek loyi/tuprog'i (Bentonite Clay)
1 qoshiq  Pishiriq sodasi/natriy bikarbonat  (Baking soda/sodium bicarbonate)
1 choy qoshiq dolchin kukuni
2-3 qoshiq maydalangan turli giyohlardan: Yalpiz (Peppermint), Horsetail grass, Lobelia,  White Oak bark, Goldenseal root, Qalampirmunchoq (Clove),  Myrrh Gum- topilganlarini yoki hohlaganlarni qo'shish mumkin yoki ta'bga qarab turli yog'laridan ham ishlatsa bo'ladi
1-2 qoshiq Xylitol kukuni

Hamma mahsulotlarni yahshilab aralashtirib, kichikroq shisha idish/bankaga solinadi. Tish kukuni quruq bo'lgani uchun uzoq muddatga shisha bankada turishi mumkin. Ishlatish uchun tish cho'tkasini namlaymiz, so'ng tish yuvish kukuni alohida bir qoshiqda yoki ozgina qo'lingizga solib, namlangan cho'tkaga suramiz. Va sekin asta tishlarni yuvamiz. Yuvib bo'lgacha tish cho'tkalarini yahshilab yuvib tashlashni unutmaslik kerak.