Showing posts with label Ramazon. Show all posts
Showing posts with label Ramazon. Show all posts

Wednesday, June 17, 2015

Ramazon uchun sog'lom taomlar: Sabzavot va qo'y go'shtlik dimlama

Iftorlik uchun yana bir sog'lom va yengil taom bu dimlama hisoblanadi. Ta'bga ko'ra turli sabzavot va qo'y go'shti qavatma qavat terib solinib, ozgina suvda past olovda pishiriladi.

Masalliqlar:
1-2 kg qo'y go'shti
Karam bo'laklar (dimlamaga hushbo'y ta'm va suyuqlik beradigan asosiy sabzavot)
1 ta zukkini (parrak parrak to'g'raladi)
1 ta pomidor (tilik-tilik to'g'raladi)
2 ta kartoshka (parrak-parrak to'g'raladi)
2 ta sabzi (parrak-parrak to'g'raladi)
2 ta sholg'om (parrak-parrak to'g'raladi)
1-2 ta shirin kartoshka yoki qovoq (hohlovchilar uchun)
2-3 bo'lak selderey
2-3 ta bulg'ori qalampir
1 ta katta piyoz (halqasimon to'g'raladi)
10 dona sarimsoq bo'laklari
petrushka, ukrop, bodiyon, kashnich, jambil kabi ko'kat va ziravorlar. 
Hamma to'g'ralgan sabzavotlar birin ketin qozonga terib chiqiladi. Eng avval piyoz, keyin go'sht, kartoshka, sabzi, sholg'om, selderey, sarimsoq bo'laklari va ohiri karam, zukkini, pomidor va ko'katlar bilan berkitiladi.

 
 Har qavat sabzavotlar ustidan tuz va murch sepiladi. Qozon tagiga 1 stakan (hohlovchiar 2 stakan) suv yoki suyak sho'rva/bone broth suyuqligidan quyib o'rta olovda suv qaynab chiqquncha kutiladi. Suv qaynab chiqqach, olovni past qilib 45-60 minut pishiriladi.

Ramazon uchun sog'lom taomlar: Oqsilga boy smuzi/ichimlik

Ushbu ichimlik (smoothie, shake) Ramazon oyida saharlik uchun juda mosdir. Uni tayyorlash juda oson, kam vaqt talab qiladi va  faqat sog'lom mahsulotlar bilan tayyorlanadi.

Masalliqlar:
1 osh qoshiq ivitilgan chia urug'i
1 osh qoshiq ivitilgan zig'ir urug'i
1 osh qoshiq ivitilgan hemp urug'i
1 osh qoshiq bodom yog'i
2 ta yong'oq
1 ta banan
1 stakan filterli suv
ta'bga ko'ra qulupnay, malina, maymunjon
1/4 qism avakado
1/2 stakan uyda tayyorlangan bodom suti (magazinda sotib olinadigan bo'lsa sifatli, turli qo'shimchalar qo'shilmaganidan bo'lishi kerak)

Avval ivitilgan urug'larni suv bilan yahshilab blenderda aralashtiramiz. Silliq suyuqlik paydo bo'lgandan keyin boshqa masalliqlarni ham solib aralashtiramiz.

 
Ta'bga ko'ra sifatli hom kakao kukuni, dolchin, hurmo, undirilgan kungaboqar urug'lari, kakos yog'lari ham qo'shish mumkin.


Saturday, April 16, 2011

Ramazon alifbosi

Ramazon alifbosi.
Uydagi bor materiallardan (rasmlar, foam qog'oz, harflardan) Ramazon alifbosi tuzdik. Iloji boricha Ramazonga doir so’zlardan foydalandik. Bolalar yangi so'zlarni manolarini tushunishga harakat qilishyapti, yangi sozlardan E’tikof, Poklik (aynan shu so'zni ishlatmagan ekanmiz) Tarovih kabilar.