Showing posts with label bolalar uchun. Show all posts
Showing posts with label bolalar uchun. Show all posts

Wednesday, June 17, 2015

Ramazon uchun sog'lom taomlar: Oqsilga boy smuzi/ichimlik

Ushbu ichimlik (smoothie, shake) Ramazon oyida saharlik uchun juda mosdir. Uni tayyorlash juda oson, kam vaqt talab qiladi va  faqat sog'lom mahsulotlar bilan tayyorlanadi.

Masalliqlar:
1 osh qoshiq ivitilgan chia urug'i
1 osh qoshiq ivitilgan zig'ir urug'i
1 osh qoshiq ivitilgan hemp urug'i
1 osh qoshiq bodom yog'i
2 ta yong'oq
1 ta banan
1 stakan filterli suv
ta'bga ko'ra qulupnay, malina, maymunjon
1/4 qism avakado
1/2 stakan uyda tayyorlangan bodom suti (magazinda sotib olinadigan bo'lsa sifatli, turli qo'shimchalar qo'shilmaganidan bo'lishi kerak)

Avval ivitilgan urug'larni suv bilan yahshilab blenderda aralashtiramiz. Silliq suyuqlik paydo bo'lgandan keyin boshqa masalliqlarni ham solib aralashtiramiz.

 
Ta'bga ko'ra sifatli hom kakao kukuni, dolchin, hurmo, undirilgan kungaboqar urug'lari, kakos yog'lari ham qo'shish mumkin.


Saturday, March 7, 2015

Glyutensiz non va krakerlar


Uyda glyutenga allergiyasi bor odam yo'q, lekin uni salomatlik uchun ko'p zararli tomonlarini bilib imkon darajada kamroq istemol qilishga harakat qilamiz. Biz uchun eng ko'p istemol qilinadigan glyutenlik taom bu nondir, shuning uchun nonni o'rnini bosadigan glyutensiz taomlar qilish uchun turli retseptlar sinab ko'ramiz, ba'zan esa qo'limizdagi bor masalliqlardan o'zimizga yoqadigan bir taom tayyor bo'lib qoladi. Ushbu glyutensiz yupqa non va krakerlar ham ana shunday harakatlarimizning bir hosilidir.

Kerakli masalliqlar:
1 stakan undirilgan marjumak (grechka)
1/2 stakan ivitilgan jigarrang guruch (brown guruch)
1/2 stakan ivitilgan tariq donlari (millet)
2 osh qoshiq zaytun yog'i
1 osh qoshiq kakos yog'i
1/2 stakan filterlangan suv
1 choydan kamroq tuz
ta'bga ko'ra har hil ziravorlar: murch, bulg'ori qalampir kukuni, quritilgan jambil, rayhon, yalpiz kabi,
non ustiga undirilgan kungaboqar donalari va qora sedana (hohlovchilar uchun)

*yuqorida nomlari ko'rsatilgan donlardan boshqa glyutensiz donlardan ham foydalansa bo'ladi. Asosiysi ularni tog'ri undirib yoki ivitib ishlatish kerak.

Turli glyutensiz donlarni to'g'ri istemol qilishdan oldin nega ivitish yoki fermentlash kerakligi haqida, qanday qilib ivitish yoki undirish haqida mana shu yerda ko'proq o'qish o'rganish mumkin.

Undirilgan marjumak foydalari va tayyorlash jarayoni haqida esa shu yerda o'qib o'rganish mumkin.

Tayyorlanishi:
1.Duhovkani 350-375 F'ga qizdirib, cho'yan tovalarni ham qizdirishga solib qo'yamiz. Hamir tayyor bo'lay deganda 1 osh qoshiq  kakos yog'ini ham tovaga solamiz.
1.Kerakli donlarni, tuz va filterlangan suvni  hammasini blenderga solamiz va yahshilab suyuq, silliq hamir holatiga kelguncha aralashtiramiz.
  

 2.Keyin zaytun yog'i, turli ziravorlar va quritilgan ko'katlarni solib yana biroz aralashtirib yuboramiz.
3. Krakerlar uchun: Tayyor bo'lgan suyuq hamirni qizib turgan tovaga asta sekinlik bilan juda yupqa holda quyamiz. Huddi blinchik tayyorlashdagi kabi tovaga hamirni quyib, tovani hamma qismi qoplanguncha aylantiramiz. Keyin duhovkada qizarib, qattiq holga kelguncha pishiramiz. Yana bir yo'li avval oddiy gazda blinchik kabi pishirib olib, duhovkada pastroq olovda qasur-qusur bo'lguncha quritib olishdir.
4. Yupqa nonlar tayyorlash uchun: tayyor hamirni qizib turgan tovaga quyuqqina qilib quyamiz va 2 tomonini ham qizartirib pishirib olamiz.Yupqa nonlar tayyorlash huddi quinoa donlaridan tayyorlangan pizzaga o'hshab ketadi.
Hohlovchilar non ustiga undirilgan kungaboqar donalari va qora sedana ham qo'yishlari mumkin.




Friday, June 20, 2014

Mayiz va yong'oqlik pechenie'lar

Bu pechenie hamiri ham oldin qatiq yoki kefirda ivitib olinadi.

Unni istemol qilishdan oldin nega ivitish yoki fermentlash kerakligi haqida mana shu yerda ko'proq o'qish mumkin.


Masalliqlar:
1/2 stakan qatiq yoki kefir
1/2 stakan yumshatilgan saryog'
1/4 choy qoshiq toza tabiiy tuz
1 1/2 stakan qora un
1 stakandan kamroq tabiiy shakar (rapadura/succanat)
1 choy qoshiq vanilin (ihtiyoriy)
1/2 choy qoshiq dolchin (cinnamon)
1/2 stakan mayiz
3/4 stakan maydalangan yong'oqlar

1.Qatiq, saryog' va un yahshilab aralashtirlinib 12-24ga soat iliq joyda tindiriladi.
2.Shakar, tuz, dolchin, vanilin qo'shilinadi.
3.Mayiz va yong'oq ham aralashtirilanadi.
4. 1 qoshiq hajmida yog'langan list/qoliplarga terilib, 350'F da 20 minut atrofida pishirilinadi.
5.Sovugach listdan olinadi (uzoqroq muddatda saqlash uchun muzlatkichda qo'yish kerak).

Wednesday, May 14, 2014

Qatiqli hamirdan tayyorlangan somsa yoki shirinlik (turnovers)

Uzoq muddat tindirilgan (12-24 soat) qatiqli hamir undagi fitin moddasini kamaytirib, hazm qilishni osonlashtiradi.

Unni istemol qilishdan oldin nega ivitish yoki fermentlash kerakligi haqida mana shu yerda ko'proq o'qish mumkin.

Qatiqli hamirdan pechenie’lar, pizza, har hil somsalar tayyorlash mumkin. Tarkibida saryog’i bo’lgani uchun bolalar uchun foydali.

Hamirni recepti:
1 stakan qatiq
1 stakan saryog’
3 ½ stakan un (elangan qora un, yoki aralash)
1 osh qoshiq tuz

Yumshoq saryog’ va qatiqni yahshilab aralashtirib, un, tuz qo’shib hamir qoriladi. Hona haroratida kamida 1 kecha yoki 24 soat tindiriladi. Son’g hohlagan usulda foydalanish mumkin.
Ko'katlik, kartoshkalik, go'shtlik yoki oshqovoqlik somsalar tayyorlasa bo'ladi.
Shirin somsalar uchun esa hamirga ozgina tabiiy shakar (rapadura/succanat) qo'shib, ichiga shirin olma yoki behi
 solish mumkin.