Showing posts with label bolalar ta'lim tarbiyasi. Show all posts
Showing posts with label bolalar ta'lim tarbiyasi. Show all posts

Saturday, March 21, 2015

Uy Maktabi: Bolalarga Qur'on yodlatish.



"Sizlarning e'ng yahshingiz Qur'onni talim olib va uni o’rgatganlaringizdur" deganlar Rosulluloh sallallahu alaihi wassalam. (Buhoriy rivoyati).




Uy sharoitida bolalarga Qur’on yodlatish bo'yicha ba'zi bir yo'l yo'riqlar:




1.Ota-onalardagi ihlos va to’g’ri niyyat (bolalarga ham shuni o'rgatish kerak). Faqatgina Alloh uchun qilingan amal yoki ibodatlar qabul qilinadi va ohiratda mukofati beriladi.





2.O’rnak bo’ladigan ota-ona. Bolam Qur’onni yahshi ko’rsin, hurmat qilsin, yodlasin, unga amal qilsin degan ota ona eng birinchi o’rinda o’zi unga o’rnak bo’lishi kerak. Agar bolalar ota onalarini doimo Qur’on o’qiyotganlarini, yodlashga harakat qilayotganlarini, tushunishga harakat qilayotganlarini ko’rsalar ularga taqlid qilishga harakat qiladi. Afsuski ba’zi holatlarda ota-otalar bolalarini qori/hofiz bo’lishlarini hohlashadi lekin o’zlari Qur’ondan ancha uzoqda yoki yetarli vaqt sarflashmaydi. Bu narsa bolada ham tushunmovchiliklar uyg’otadi.





3.Qur’onni to’g’ri o’qishni o’rganish (tajvid va tartil bilan) - ota onalar avval o’zlari Qur’onni to’g’ri va chiroyli o’qishga harakat qilishlari va keyin bolalarga ham o’rgatishlari kerak. Mukammal o’qish qiyin lekin doimo odam o’z ustida ishlab borsa albatta yahshilanadi.



4.Doimiylik va muntazam rejim. Kunlik tartibni o’zgartirmasdan olib borishlik Qur’onni yodlash va yodlaganlarini esidan chiqarmaslik uchun judayam zarur.
Bizdagi kunlik rejim-30-35 daqiqa qaytarish va 30-35 daqiqa yangi oyatlar yodlash. Dam olish kunlarida faqat qaytarish darslari bo’ladi, yangi oyatlar yodlanmaydi.





4. Qur’on darsi uchun to’g’ri muhit- kunlik tartib bilan birga dars qilinayotgan muhit ham to’g’ri bo’lish kerak. Har hil e’tiborni oladigan narsalar, chalg’itadigan (televizor, kompyuter, o’yinchoqlar kabi) dan holi bo’lgan tinch joy juda muhim. O’qitayotgan/kuzatyotgan ota-ona ham imkon qadar to’liq e’tibor bera olishi kerak (telefonda gaplashishlik, boshqa ishlar/yumushlar bilan mashg’ul bo’lish kabi).





5.Doimo qaytarish- yodlagan suralarni agar doimo qaytarib turmasa tez esidan chiqish mumkin. Shuning uchun har kuni ma’lum vaqtni doimo faqat qaytarishga ajratish kerak. Biz barcha yodlagan suralarni 7 kunga bo’lamiz va Quron darsini boshidagi 30-35 daqiqasi qaytarishga bag’ishlanadi. Shu asnoda har bir sura hech bo’lmaganda haftada 1 marta qaytariladi. Hatolari ko’proq bo’layotgan suralarni ko’proq qaytarish kerak.





6. Bolani imkoniyati va qobilyatiga qarab qancha oyat yodlash uchun tayinli maqsad qo’yiladi. Biz uchun (6-7 yoshdagi bolalar) kuniga o’rtacha 3 qator yetarli. Bundan kamroq yoki ko’proq bo’lishi mumkin albatta.





7.Ma’vaniy va moddiy rag’batlantirish.


Ma’naviy rag’batlantirish: Doimo Qur’on yodlaganlar uchun beriladigan mukofatlar haqida, uni Qiyomatda yordam berishligi, Jannatda aynan mana shu yodlagan Qur’oni bilan odamning darajasini ko’tarilishi haqida eslatib turishlik kerak. Ayni paytda Qur’onga befarq bo’lganlar, unga amal qilmaganlar, hurmat qilmaganlar haqida ham gapirib turishlik mumkin.


Qur’onni chiroylik o’qiydigan/yodlagan bolalar, qorilar, hofizlar, imomlar, shayhlari bilan tanishtirish, ko’rishib turishlik, yoki eshittirib turishlik ham bolada yahshi taasurot qoldiradi.


Moddiy rag’batlantirish: Katta odamlar uchun ma’vaniy rag’batni o’zi yetarli albatta, lekin yoshroq bolalarni qiziqtirish uchun qo’shimcha moddiy mukofatlar ham yordam beradi. Masalan: foydali kitoblar yoki o’yinchoqlar; o’quv jihozlari; muzey, hayvonot bog’i, park kabilar joylarga sayohatlar; tabiat qo’ynida oilaviy pikniklar; bolaga qiziq bo’lgan asbob-uskuna, hunarmandchilik jihozlari va boshqalar. Biz odatda har bitta yodlangan sahifa uchun pul beramiz, bolalar to’plab yuradi va vaqti vaqti bilan o’zlariga kerakli, qiziqarli lekin foydali narsalar uchun sarflashladi.





8. Alohida mushaf bo’lishligi- har bir bola, ota ona uchun alohida mushaf bo’lishligini ham katta ahamiyati bor. Hamma doimo o’z Qur’on kitobidan foylansa oson bo’ladi, ota-ona uchun tarjimasi, ma’nolari bor nusha yanayam yahshi.





9. Yodlashdan tashqari alohida paytni faqat tajvid va tartilga bag’ishashlik- Qur’onni boshidan ohirigacha kuniga 1 yoki 2 sahifasini tajwid qoidalari bilan sekin o’qib boriladi.





10. Erta boshlash. Qur’onni bolaga o’rgatish uchun qancha erta boshlansa shuncha yahshi. Onalar homiladorlik paytida ham, farzandi endi tug’ilib hali tili chiqmagan paytlarida ham doimiy Qur’on o’qib, yodlab, eshitib yurishlari tavsiya qilinadi. Tili chiqqach sekin asta kichkina suralarni yodlab borishlari mumkin. Kattaroq bo’lganda Qur’onni o’qishga harakat qilinadi, uzunroq suralarni yodlash boshlanadi.

Uy maktabi nima?


Ba’zi mamlakatlarda maktab yoshidagi bolalar davlat yoki hususiy maktablarga bormasdan kerakli fanlarni o’z uylarida o’qib o’rganishlari mumkin. Uydagi ta’lim-tarbiya bilan odatda onalar shug’ullanadi, lekin otalar ham yordam bera oladi. Ba’zi oilalarda asosiy o’qituvchi ota bo’lishi ham mumkin.
Demak, bolani yoshiga qarab, yashab turgan joyidagi maktab standartlariga ko’ra yillik o’quv rejasi tuziladi, kitoblar, turli materiallar olinib oiladagi rejim, kundalik tartibga ko’ra darslar olib boriladi. Ba’zi joylarda  oilalar chorak va yillik hisobot berib turishlari kerak va kerakli testlar topshiriladi.

Uy maktabi bilan oddiy maktab orasida ko’p farqlari  bor albatta. Bu narsa joydan joyga, oiladan oilaga, odamdan odamga o’zgarishi mumkin, lekin umumiy farqlaridan ba’zilarini keltirib o’taman.

1.Yugur, yugur, bo’l bo’ldan holilik- maktab sharoitida bola ertablabdan maktabga tayyorlanishidan boshlab qaytib kelguncha bo’lgan hatti-harakatlari ma’lum miqdorda shoshilinch sifatida, yugur-yugur, nima bo’lsayam shuni vaqtida bajarishim kerak degan qabilida o’tadi. Uy maktabida ma’lum bir rejim, kundalik tartib bo’ladi lekin ishlar shoshilinch yo’sinda bitmaydi.

2.Haqiyqiy hayot, atrof muhitga, tabiatga ko’proq nazar solish, Yaratgan Zot haqida ko’proq tafakkur qilish, o’rganish va o’zaro suhbatlar uy maktabining eng asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.

3.Oila bilan sifatli vaqt o’tkazish- ayniqsa boshlang’ich yoshdagi bolalar ko’poq ota onalari, oila a’zolari bilan vaqt o’tkazishni yahshi ko’rishadi, bir birlari bilan dars qilib o’rganishadi, bir birlariga yordam berishadi.

4. Uy maktabi sharoitida majburiy (maktab standartlaridagi) fanlarni bolaga moslab o’qitish imkoni bor. Maktabda bir hil fan hamma bola uchun bir hil o’qitiladi. Bu esa ilg’oriroq bola uchun ham, o’zlashtirishga qiynaladigan bola uchun og’ir. Ilg’oriroq bolalar zerikadi, sekinroq o’zlashtiradigan bolalarda esa qo’shimcha yuk/stress paydo bo’ladi.

5.Maktabda o’qitiladigan fanlarga qo’shimcha, bolani qobilyati, mahorati va qiziqishiga qarab yana turli il-fan (Qur’on va Ilm hadisi), qo’shimcha til,  hayotiy ko’nikmalar (ovqat qilish, bog’dorchilik, tabiatshunoslik, duradgorlik), biror bir san’at yo’nalishi (kalligrafiya-husnihat) kabilarni ham bir qatorda o’rganib ketishi mumkin.

6.Vaqt muammosi-ko’p paytlarda maktabga tayyorlanish, maktabga borishga ketadigan vaqt, darslar uchun ketadigan oshiqcha vaqt uy maktabi sharoitida ancha tejaladi. Tejalgan vaqt hisobga bola yana o’zi qiziqqan narsalar bilan shug’ullanishi mumkin (ko’proq kitob o’qish, turli tajribalar qilish,uy ishlariga yordam berish, toza havoda dam olish ha vakozo).

7.Chuqur o’qish va izlanish- maktab sharoitida o’qituvchilar o’quv standartlariga ko’ra mavzuni ma’lum bir doirada o’rgatishadi holos, lekin uy sharoitida bolani ko’proq o’rganishga qiziqish bo’lsa mustaqil yana ko’proq o’rganib, izlanib borishi mumkin keyingi mavzuga o’tishdan oldin. Bundan tashqari kerakli fan, mavzu, hayot ko’nikmalarini hohlagancha chuqur va mukammal o’rganishga imkoniyatlari bo’ladi.

8. Uy maktabida bola oddiy maktab yoshidagi bolalardan ko’ra oldinroq maktab programmasini tugatib “maktab”ni erta bitirishlari mumkin.

9. Oddiy maktablarga turli bolalar keladi, ba’zilarini hulqi chiroyli, o’zlarini yahshi olib yurishadi. Lekin hulqi yahshi emaslari, oila sharoiti umuman teskari joydan keladiganlari ham ko’p va shunday bolalarni ta’siriga tushib qolishlari, ular bilan do’stlashib qolishlar ham mumkin. Eng kamida turli noo’rin qiliqlar, hatti-harakatlar,  gap-so’zlar eshitib, o’rganib kelishadi.

10.Maktabda beriladigan ortiqcha test, imtihon, uy vazifalaridan holi muhitda yetarli va kerakli ma’lumotlarni o’rganishga imkoniyat bo’ladi.