Tuesday, December 30, 2014

Yashil piyoz va qo'ziqorin supi

Sup tayyorlash uchun masalliqlar:
1 ta katta ko'k piyoz (leek), piyoz kichkina bo'lsa 2 ta kerak bo'ladi.
10 dona atrofida qo'ziqorin
1 katta katta kartoshka
2-3 qoshiq zaytun yog'i yoki saryog'
Supga qo'shib ichishga qaymoq 
Tayyorlash jarayoni:
 Piyozni barglarini yahshilab yuvib tozalaymiz va va oq piyoz qismlari bilan mayda kesib chiqamiz.
Boshqa sabzavotlarni ham yuvib, tozalab mayda bo'laklarga bo'lamiz. Yog'da avval piyozni, keyin kartoshka va qo'ziqorinni qovurib, suv solamiz. Agar bo'lsa tovuq yoki sabzavot sho'rva suvi (chicken or vegetable stock) quysa bo'ladi oddiy suv o'rniga. Qaynab chiqqach 20 minutcha pishiramiz, biroz sovutgacha blenderda pyure holiga kelguncha aralashtiramiz va qaymoq (yoki kremli mahsulot bilan) istemol qilamiz.

Hohlaganlar zucchini yoki ozgina brokolli qo'shib yuborsa ham bo'ladi.


Friday, December 12, 2014

Sonlar/Shakllarni o'rganish

1,5 yoshdan kattalar uchun sonlar, shakllar bilan turli mashqlar qilish.
1,5 yoshli bolaga oldin raqamlarni har doim ko'rganda aytilaveradi. Ko'chada ko'rasizmi, uydami, kitoblardami, kartochkalardami ko'rsatib, qanday raqam ekanligini aytib qo'yasiz. Sizni orqangizdan aytishi shart emas, lekin sekin sekin miyyasiga o'rnashadi inshaAlloh. And endi sekin sekin raqamlarga/harflarga/shakllarga qiziqishi ortganda quyida berilgandagi kabi mashg'ulotlar qilinsa bo'ladi. Mashg'ulotlarni endi o'rganayotgan boladan 1.5 yoshdan boshlab kattaroq bolalarga ham moslashtirsa bo'ladi inshaAlloh.




Bolani yoshiga moslab raqamlarni (endi raqamlarni o'rganayotganlar uchun 3 ta bir vaqtda) kichkina gilam ustiga qo'yamiz. Huddi shu raqamlarni o'hshashlarini savatcha ichiga solib gilamchani o'ng tomoniga qo'yamiz. Bolaga tushuntiriladi. Bittadan raqam olasan, shunga o'hshash raqamni gilamchadan topib yoniga/tagiga qo'y deb. Bittasini o'zingiz ko'rsatib berasiz. Bundan mashqlarni bolani o'zi bajaradi, ona ohirida tekshiradi inshaAlloh. Kattaroq yoshdagi bolalar uchun masalan biz 2,5 yosh bolamizga raqamlarni ko'proq qo'ydik va savatchadan qaysi sonni oldi uni aytishi mumkin. Mashg'ulotni chiroyli bajarishiga o'rgatish kerak.
Yana shu kattaroq yoshdagi bolalar uchun (2 yoshdan oshgan) sanashni mashq qilsa bo'ladi. Demak yuqoridagi kartochkalarni orqasiga kartochkada nechchi raqami ko'rsatilgan bo'lsa shuncha predmetni rasmi qo'yiladi va bola mashg'ulotni birinchi bosqichini tugatgandan keyin, shu predmetlarni sizga (ota onaga) sanab beradi inshaAlloh.


Endi shakllar haqidagi mashg'ulotimiz.
Yuqoridagi kabi shakllarni gilamcha ustiga qo'yamiz. Gilamchani o'ng tomoniga huddi shu qo'yilgan shakllarga o'hshash shakllarni solamiz. Bola savatchadan bittadan shakl olib, uni gilamchadagi shaklga moslashtirishi kerak inshaAlloh.


Harflar, raqamlar, shakllar bilan shug'ullanishni yana bir qiziq va oddiy usuli:
Uyda kichkina doska sifat narsadan foydalanib ota ona biror bir harf, shakl, raqam yozadi bolalar topadi. Tajribadan kelib chiqib judayam qiziqarli mashg'ulot bo'ladi deb ayta olamiz inshaAlloh.



Bu mashqlarni kunda bajarib turilsa bolalarga qiziq va foydali bo'ladi inshaAlloh.

Monday, December 1, 2014

Tishlar salomatligi uchun sog'lom ovqatlanishning muhimligi (2-qism)

Bolalarimizni, oila a'zolarimizni, o'zimizni tishlarimizni ehtiyot qilish uchun oldingi mavzuda aytganimizday ovqatlanish tarziga qattiq e'tibor berishimiz kerak.

Tishlar nima uchun kuchsizlanib, qurtlashiga sabab  bo'ladigan asosiy  omillar:
1. Dietada kalsiy, magniy va fosfor kabi kerakli minerallarni kamligi/yetishmasligi.
2. Yog'da eriydigan vitaminlar A, D, E va K2 larni kamligi/yetishmasligi.
3. Dietada fitin kislotasi (phytic acid) ko'pligi;  ko’p ishlanmagan don unlari, bug'doy, arpa, grechka, makka kabilar; no'hat, loviya, mosh;  yong'oq va urug'lar kabilarni to'g'ri tayyorlab istemol qilmaslik.
4. Dietada tayyor/yarim tayyor oziq ovqatlarni, oq un/guruch,  tabiiy, suniy shakarni ko'pligi.

Qurtlangan tishlarni davolash uchun  yuqoridagi mineral va vitaminlarni meyoriga keltirishga harakat qilish kerak ekan!
Eng avval  istemoldan butunlay chiqarib tashlash kerak bo'lgan ozoq-ovqat guruhlari bilan tanishib chiqamiz.
1. Oq unlik ovqatlar (non, somsa, hamirli ovqatlar kabi)
2. Shakar yoki har hil shirinliklar, ichimliklar (ahyon ahyonda maple syrup, asal, rapaduradan tashqari)
3. Har hil tayyor, yarim tayyor ovqatlar. Hususan turli unlardan (bug'doy, makka, grechka, guruch, suli) tayyorlangan non va non mahsulotlari, hatto qayta ishlanmagan qora (whole) bo'lsa ham. Chunki to'g'ri usulda tayyorlanmagan.
4. Qayta ishlangan o'simlik yog'lari.
5. Oshiqcha pasterizatsiyalangan sut va sut mahsulotlari.
Bu kabi oziq ovqatlar tishlarni yomonlashdan tashqari, organizmni kuchsizlantirib boshqa har hil  kasalliklarni ham keltirib chiqadi.

Shularni istemoldan chiqarib tashlagandan keyin tishlarni, butun suyak tizimini mustahkamlash uchun harakat qilsa bo'ladi.

Umumiy dieta:
1. Toza yog'lar ( omega-3, baliq jigari yog'i, zaytun, kakos yog'i, o't yeb katta bo'lgan sigir sutlaridan olingan toza saryog', hayvon yog'lari, sifatli yong'oq-urug' yog'lari kabi)



2. Har hil meva-sabzavotlar, ko'proq rang barang sabzavotlar. Ba'zilarni hom yesa ma'qul, bazilarni esa pishirib.

3. Fermentlangan oziq- ovqatlar (kefir, fermentlangan sabzavotlar,  tuzlangan karam: sauerkraut, kimchi kabi.)


4.Uyda tayyorlangan suyakli sho'rva (holodes- bone broth)

 5. Yetarlicha Vitamin D (quyosh yoki baliq yog'lari orqali)

6. Sifatli oqsil/protein (o't yeb katta bo'lgan hayvon go'shtlari, toza baliq, tuhum kabi)

7. Har hil unlar, donlar (grechka, makka), dukkakliklar ( no'hat-loviyalar) va  yong'oq-urug'larni istemol qilish uchun ularni albatta ivitish, yoki fermentlash kerak. Bo'lmasa foydasidan ko'ra zarari ko'proq bo'lib qoladi.
sourdough non

8. Hom sut va sut mahsulotlari (hom sut, kefir, qatiq, tvorog kabi)
kefir suzib olish jarayoni
Umumiy suyak tizimini mustahkamlash, ularni yahshi parvarish qilish uchun kerakli oziq ovqatlar haqida batafsil shu manbadan ham o'qish mumkin.

Malumotlar olish uchun  foydalangan (tavsiya uchun) asosiy adabiyotlarimiz:
Cure Tooth Decay (http://www.curetoothdecay.com)
Weston A Price Foundation (http://www.westonaprice.org/health-topics/)
mercola.com
http://biologicaldentalhealth.com