Showing posts with label tabiiy ozish. Show all posts
Showing posts with label tabiiy ozish. Show all posts

Thursday, May 28, 2015

Past olovda pishirilgan yumshoq mol go'shtli taom (pot roast in slow cooker)

 
Ushbu mavzuda qattiqroq va chayirroq mol go'shtidan (hususan yelkalari, qo'llari, 7 shakli suyakli qismlaridan, oyog'larini orqa qismlari, ko'krak atroflaridagi go'shtlaridan) past olovda juda ham shirin va yumshoq taom tayyorlash haqida yozmoqchimiz. Bu taom uchun og'ir cho'yan qozon yoki slow cooker  va dastlabki bosqich uchun cho'yan tova kerak bo'ladi. Ushbu taom tish va suyaklarni davolash uchun ham maqul hisoblanadi.

Masalliqlar:

Go'sht qismini tayyorlash uchun:
2 osh qoshiq zaytun yog'i (yoki kakos yog'i, saryog')
go'shtni tuzlash uchun tuz va murch
2 kg atrofida go'sht

 Sabzavotlar va sous uchun:
1 stakan to'g'ralgan qo'ziqorin
1 ta katta to'g'ralgan piyoz
2 dona sarimsoq
1 osh qoshiq saryog'
1 qoshiq un yoki arrowroot kukuni
1 qoshiq tomat
2 stakan suyak sho'rvasi/bone broth (bo'lmasa oddiy un)
2-3 ta to'g'ralgan o'rtacha sabzi
2-3 ta to'g'ralgan selderey
1 ta to'g'ralgan zukkini
rozmarin, jambil va timyan ko'katlari

Tayyorlanishi:

1.Avval qizdirilgan tovada go'sht bo'laklarini o'rtacha olovda qizartirib olib alohida bir idishga olamiz.

 2. Go'sht qizartirgan tovaga qo'shimcha bir qoshiq saryog' solib piyoz va qo'ziqorinlarni qovuramiz. Biroz qovurilgandan keyin ozgina un yoki arrowroot kukuni solinadi va 1-2 minut qovuriladi.

 So'ng tomat bilan suyakli sho'rvani solib o'rtacha olovda biroz qaynatamiz. Qo'ziqorinlik sous tayyor bo'lgandan keyin katta qozonga boshqa masalliqlarni birma bir solib chiqamiz.
 
3.Katta qozon (cho'an qozon yoki slow cooker) ga  eng birinchi sabzi, zukkini, sarimsoq, ko'katlar va selderey bo'laklarini terib chiqamiz,  ustidan go'sht va qo'ziqorinlik sousni solib past olovda 6-8 soat pishiramiz.
 

6-8 soatda taom tayyor bo'ladi. Pishganda go'shtlar yumshoq bo'lib suyaklaridan juda osonlikcha ajralib chiqadi. 
 

Sabzavotlarni suvi bilan pishgandagi holatda shundayligicha istemol qilsa ham bo'ladi.

 Yoki hammasini blenderga solib quyuqroq sous/gravy qilib ham istemol qilsa bo'ladi. Sabzavotlarni yahshi yemaydigan bolalar uchun sous qilib bergan yahshi.
 

Hohlagan usulda dasturhonga tortiladi. 

Thursday, April 30, 2015

Jismoniy Salomatlik Yo'lida: Tabiiy ozish uchun eng asosiy yo'l yo'rig'lar.


Ushbu blogpost/habarda tabiiy ozishga harakat qilayotganlar uchun o'zimiz qo'llaydigan, bizga foydasi bo'lgan umumiy yo'l yo'riqlarni yozishga harakat qilamiz. Bu yo'l yo'riqlar nafaqat ozish balki tana vaznini bir maromda ushlab turish va umumiy salomatlik uchun ham taaluqlidir.
Eng asosiysi odamda kuchli iroda va salomatlik uchun yetarli va to'g'ri bilim bo'lishi kerak.

Eslatma: Ozish uchun mos bo'lgan taomlar mavzusi orqali ozish uchun to'g'ri keladigan ba'zi taomlarni keltirib boramiz.
1. Avvalo yahshi/to'g'ri niyyat qiling. 
Tanamiz biz uchun Allohdan omonat, uni sog'lom, chiroyli saqlab yurishga ma'sulmiz. To'g'ri va sog'lom ovqatlanish, muntazam jismoniy harakat, asablarni saqlash, zararli narsalarda saqlanish hammasi sog'lom hayot tarzini tashkil qiladi.

2. Yetarli ovqatlaning, (kam ham, ortiqcha ham bo'lmasin).
Aksariyat paytda juda ko'pchiligimiz kerakgidan ortichqa yeymiz. Tana uchun o'rtacha qancha ovqat kerakligini aniqlab olib, shunga qarab ovqatlanish zarurdir.
Kam yesam tezroq ozaman deyish noto'g'ri. Unda metabolizm sustlashib, keyin sekin ishlaydigan bo'lib qoladi. Ortiqcha yemaslikka ham harakat qiling.  O'rtacha harakat bo'lgan o'smirlik davridan o'tgan ayollar kuniga o'rtacha 1700-2000 kaloriya talab qilsa, ozish uchun kunlik kaloriya miqdorini 1200-1400 ga tushurish kerak.  Undan kam ham, ko'p ham bo'lmagani durust. Agar istemol qilayotgan ovqatlaringizni kaloriyasini yahshi bilmasangiz  kaloriyalarni sanab beradigan programmalardan foydalaning (hech bo'lmaganda boshida).

3. Uglevod miqdori baland (kaloriyalik) taomlardan chetlaning.
 Uglevod miqdori baland oziq ovqatlar ozishga halaqit beradi, tez semirtiradi, insulinni meyorida olib yurishda to'sqinlik beradi va askariyat hollarda u darajada ozuqa moddalariga boy hisoblanmaydi.
Uglevod miqdori baland oziq ovqatlarga misollar:
a) Non va hamirli ovqatlar (to'g'ri va sog'lom tayyorlangan bo'lsada) ;
b) don (guruch, arpa, suli, tariq kabi);
c) mevalar;
d) shakar va shakar o'rnida qo'llaniladigan narsalar;
Ushbu oziq ovqatlarni kundalik istemoldan keskin kamaytirishga harakat qiling.
Vaznni meyorida keltirgandan keyin yana don va mevalarni meyorida yeyish mumkin.

4. Ozuqa moddalari zich bo'lgan oziq ovqatlar tanlashga o'rganing. 
Ba'zi oziq ovqatlar ozuqa moddalar zichligi bilan boshqa oziq ovqatlardan ustunroq hisobanadi va ozishda ham yordam beradi. Ozuqa moddalarga boy oziq ovqatlarga misollar: 
A) organ go'shtlari (jigar, til, yurak);
B) baliq, go'sht, tuhum;
C) ba'zi sut mahsulotlari (kefir, qatiq, pishloq);
D) sog'lom yog'lar (saryog', kakos yog'i, zaytun yog'i, baliq yog'i);
E) yong'oq va turli urug'lar;
F) Turli hil sabzavot va to'q yashil bargli ko'katlar (kaloriyasi kam, lekin vitamin, minerallarga boy). 

5. Jismoniy harakat/mashg'ulot bilan shug'ullaning.
Ozishni tezlashtirish uchun va sog'lom bo'lish uchun jismoniy mashg'ulot qilish albatta zarur. Qanday mashg'ulot bo'lmasin doimiy bo'lishi kerak. Asosiysi ko'p o'tirish, sust harakatda bo'lishlik, ko'p yotib dam olishlik holatlarini kamaytiring.  Quyidagi postda bir nechta mashg'ulotlar namunasini ko'rsatganmiz.

6. Yetarlicha dam oling. 
Kechqurun 9-10dan boshlab dam olishga harakat qiling. Ertalabki namozga ham vaqtida turish uchun qancha erta yotishga harakat qilinsa shuncha yahshi. Yetarlicha uyqu 8 soat, kamida 6-7 soatni mo'ljallang. Sifatli uyqu tana uchun juda zarur va ko'p foydali bor.

7. Vaqtlik ro'za tutish bilan shug'ullaning.
Vaqtlik ocharchilik/ro'za tutish (intermittent fasting)- kunlik taomlarni kunning ma'lum bir vaqtiga ti'g'izlab yeyishlikka o'rganish, qolgan paytida esa hazm qilish tizimiga, tanaga dam berishlikdir. Masalan bugun eng ohirgi kech ovqatni 6 da yeb tugatasiz va ertangi kunlik nonushtani o'tkizib yuborasiz. Nonushta va tushlikni birgalikda 11-12 larda tanovvul qilasiz (albatta sog'lom ovqatlar bilan). Oradagi 15-18 soat "ovqat yeyilmaydigan vaqt oralig'i" hisoblanadi va  hazm qilish tizimi biroz dam oladi; uglevoddan olinadigan energiya zahirasi tugab, sekin asta tanadagi ortiqcha yog'lar energiyaga aylanib ishlashni/erishni boshlaydi.  15-18 soatlik ro'zadan keyin ovqatlanishdan avval jismoniy mashg'ulot bilan shug'ullanish undan ham foydaliroq va samaraliroq hisoblanadi. Bunday ocharchilik paytida suv, dorivor o'tli yoki oddiy choy ichish mumkin (shirinliksiz). Kunlik kaloriyangizni mana shu ikki mahalgi ovqatga taqsimlab istemol qilishga odatlanishingiz kerak. Bunday ro'za yoki ocharchilikni haftada 1-2 kun qilish mumkin. Bundan tashqari haqiyqiy nafl ro'zalari ham juda foydali hisoblanadi. Haftaning dushanba va payshanba kunlarida nafl ro'za tutishga odatlaning, shu kunlari jismoniy mashg'ulotlaridan ham dam olsangiz bo'ladi.

8. Doimiy ijobiy o'ylang.
Yahshi niyyat qiling,  shu narsa qo'limdan keladi  deb harakat qilishga o'rganing. Ozishni, sog'lom bo'lishni ko'p foydalari borligi haqida fikrlar almashtirib yuring.

9.  Aldamchi dieta yoki programmalarga aldanib qolmang.
Ozish uchun chiqarilgan, turli reklama qilinadigan dori, tayyor ovqatlardan, mahsus dietalardan umuman foydalanmang. Sog'lom tabiiy ozishning faqat bitta yo'li bor; to'g'ri va sog'lom ovqatlanish, yetarlicha jismoniy harakatda bo'lishlik, yetarlicha dam olish va asablarni to'g'rilash.

10. Mashg'ulotlaringizni o'zgartirib yuring.
 Badantarbiya mashg'ulotlarini vaqti vaqti bilan o'zgartirib turing. Zerikib qolmaysiz. Uyda shug'ullanish yoqmasa tashqarida yuring, yuguring, dehqonchilik qiling, bolalar bilan o'ynang. Nima qilganda ham doimo harakatda bo'lishga harakatda bo'ling.

11. Turli yig'ir va ziyofatlarda ehtiyot bo'ling.
Mehmondorchilikka yoki turli restoranlarga borishdan avval  sog'lom kichikroq taom istemol qiling va ziyofat davomida ko'p yeb yubormaslikka harakat qiling.

12. Oshxona va uyni turli nosog'lom ovqatlardan tozalang.
 Bu hamma uchun foydali.

13. Kun bo'yi o'tirib qolmang.
Ishxonada ham doimo o'tirishga to'g'ri kelsa tez tez tanaffus olishga harakat qiling.

14. Yetarlicha suv iching.

15. Chinakam amal qilsa bo'ladigan maqsad tuzib oling.
 Boshida aniqroq bir maqsad qo'yib o'shanga yetishishga harakat qiling. Masalan 1 oyda 2-3 kg yo'qotishim kerak, buning uchun rejam quyidagicha deb reja tuzib va shunga qarab harakat qiling.


Qo'shimcha:
Tanadagi ortiqcha yog'larni eritadigan gormonlarga turtki beradigan oziq-ovqatlarga misollar:
1. Achchiq qalampir - metabolizmga turtki berib, qon tomirlardagi yomon yog'larni kamaytirishga yordam beradi.
2. Zanjabil (ginger)- qon tomirlarni kengaytiradi, metabolizmni kuchaytiradi, qon aylanishga turtki buladi.
 3. Kalsiyga boy ovqatlar: sut, qatiq, to'q yahshil bargli ko'klar (kale, spinach, romaine, brokli).
 4. Sitrus mevalardan grapefruit, limon yoki kiwi (vitamin C ham yog'larni suyultirib, tanadan tezroq chiqishga yordam beradi.
5. Ko'k choy.
6. Chesnok.
7. Oqsilga boy ovqatlar (go'sht, tuhum, baliq kabi).
8. Baliq (Salmon kabi- omega 3'ga boy).
9. Tuhum (oqsil va vitamin B12'ga boy).
 
Mavzuga bog'liq boshqa habarlar:
1. Sog'lom hayot tarzining muhumligi va semizlik haqida quyida o'qish mumkin.
   
2. Kundalik istemolda asosan qaysi mahsulotlarga katta e'tibor berish kerakligi (fiber, oqsil, uglevod, yog' vhkz) haqidagi ma'lumotlar haqida shu yerda o'qing.

3. Zararli oziq-ovqatlar guruhi haqida shu yerda o'qing.

4. Sog'lom oziq ovqatlar  guruhi haqida shu yerda o'qing.

5.Jismoniy salomatlik yo'lida: Jismoniy badantarbiyaning ahamiyati haqida shu yerda o'qishingiz mumkin.

Friday, February 27, 2015

Jismoniy salomatlik yo'lida: Tabiiy ozish uchun jismoniy mashg'ulot/harakat albatta kerak!


Amerikada har 3ta odamdan ikkitasida ortiqcha vazn bor, har uchdan bittasi esa semiz hisoblanadi. Dunyoning boshqa joylaridagi ahvol ham unchalik orqada emas ekan.
O'zingizda ortiqcha vazn bor yo'qligini bilishning eng oson yo'li quyidagicha: ko'krak qafasini pastki qismi bilan kindik  tepasidagi eng kichkina/ingichka qism aylanasini o'lchang (bel aylanasi). Bel aylanasi o'lchovi tanadagi umumiy yog'ni o'lchaydigan eng oddiy va eng yahshi usul hisoblanadi. Chiqqan raqamlarni quyidagi sahifadagi jadvalda ko'rsatilgan raqamlar bilan solishtiring va hozirgi kundagi og'irligingiz ko'ngildagiday (ideal), ortiq yoki kamligini bilib olishingiz mumkin.
Yana bir o'lchov bo'lmish BMI (butun tana og'irligi ko'rsatkichi) odamni bo'yi va og'irligi proporsiyasini hisoblab beradi. 
Quyidagi sahifada tanaggiz umumiy og'irlik ko'rsatkichini aniqlab olishingiz mumkin. Bu yo'l bilan normal odamni ozg'in, semiz yoki meyorida ekanligini bilish olish mumkin.

BMI o'lchovini ishlatgan yahshi, lekin oddiy bel aylanasini o'lchovi qorin va biqin atroflaridagi yog'larni bilishdagi aniqroq yo'ldir. Ichki organizmlarni (yurak, jigar, o'pka kabi) qoplab turadigan qorin va bel atrofidagi yo'glarni ortishi turli jiddiy kasalliklarni keltirib chiqishi mumkin. Masalan yurak-qon tomir kasalliklari, insulinga ta'sirchanlilik ya'ni qandli diabet, jigarni yog' bosishi va boshqalar.
Shu kabi o'lchovlar  orqali yoki o'zingiz, vazningiz meyoridan ortiqligini bilsangiz unda ana shu ortiqcha yog'larni yo'qotishga astoydil harakat qilishingiz kerak.
Ortiqcha vazni bor odamlar ozish uchun albatta to'g'ri va sog'lom ovqatlanish bilan birga muntazam jismoniy badantarbiya bilan ham shug'ullanishlari kerak. Imkon bo'lsa har kuni, bo'lmasa kun orada jiddiy vaqt ajratib shug'ullansa bo'ladi.

Quyida boshlang'ich badantarbiya mashg'ulotlariga misollar ko'rsatamiz. Bunday mashg'ulotlarni haftada kamida 3-4 marta qilsa durust. Kuniga 30-60 minut vaqt sarflashlikka reja qilib bardavom harakat qilish kerak.

1. Yog'larni ketkizadigan kardio mashg'uloti.

2.Tana og'irligi bilangina qilinadigan kardio mashg'ulotlari (bodyweight cardio)

3. Butun muskullarni kuchaytiradigan mashg'ulot.

4.Kardio va muskullarni kuchaytirishga  qaratilgan mashg'ulot

5.Qorin va biqin atrofidagi yog'larni ketkizishga yordam beradigan mashg'ulot.

 6. 10 minutlik qisqa mashg'ulot.

7. 45-minutlik shiddatliinterval kardio va qorin/biqin mashg'uloti.

8. Kardio va og'irlik bilan ishlaydigan mashg'ulot.  

9. Kardio va qo'l, yelka, bel va ko'krak qismlar bilah ishlaydigan  mashg'ulot.

10. 30-minutlik kardio va qorin/biqin mashg'uloti.

 Mavzuga bog'liq boshqa habarlar:
1. Sog'lom hayot tarzining muhumligi va semizlik haqida quyida o'qish mumkin.
   
2. Kundalik istemolda asosan qaysi mahsulotlarga katta e'tibor berish kerakligi (fiber, oqsil, uglevod, yog' vhkz) haqidagi ma'lumotlar haqida shu yerda o'qing.

3. Zararli oziq-ovqatlar guruhi haqida shu yerda o'qing.

4. Sog'lom oziq ovqatlar  guruhi haqida shu yerda o'qing.

5.Jismoniy salomatlik yo'lida: Jismoniy badantarbiyaning ahamiyati haqida shu yerda o'qishingiz mumkin.

Sunday, February 15, 2015

Jismoniy salomatlik yo'lida: Jismoniy badantarbiyaning ahamiyati

Muntazam badantarbiya bilan shug'ullanish-sog‘liqni saqlashdagi eng muhim omildir.
Agar meyorida badantarbiya bilan  shug'ullanib turilmasa sekin- asta tana a'zolari kuchsizlanib boradi. Yurak va o'pkalar samarali ishlashdan to'htaydi. Muskullar bo'shashib kuchsizlanib qoladi. Bo'g'imlar ham mo'rtlashib osongina shikastlanadigan bo'lib qoladi. 



Doimiy badantarbiya bilan shug'ullanib turishni juda ko'p foydali bor. Ulardan ba'zilari:
1.Turli kasalliklarni oldini oladi.
2. Ortiqcha vaznni yo'qotib semirib ketishdan saqlaydi.
3. Kishidagi chidam va bardosh ortadi.
4. Muskul, suyak, bog'imlar kuchayadi.
5. Kundalik turmush sifati ham yahshilanadi.
6. Uyqu sifati yahshilanadi.
7. Asablarni tinchlantirib, kayfiyatni yahshilanishda katta yordam beradi.
8. Yurak va o'pka quvvatlanib yahshi ishlaydi.
9. Qon bosimini meyorida turishiga yordam beradi.
10. Nerv sistemasiga ham ijobiy foydasi bo'ladi; eslash qobilyati yahshilanadi, fikrlash tiniqlashadi, e'tiborlilik rivojlanadi.
11. Immun tizimi kuchayadi.
Va albatta bundan boshqa foydalari ham talaygina.

Quyida boshlang'ich badantarbiya mashg'ulotlariga misollar ko'rsatamiz. Bunday mashg'ulotlarni haftada kamida 3-4 marta qilsa durust. Kuniga 30-60 minut vaqt sarflashlikka reja qilib bardavom harakat qilish kerak.

1. Yog'larni ketkizadigan kardio mashg'uloti.

2.Tana og'irligi bilangina qilinadigan kardio mashg'ulotlari (bodyweight cardio)

3. Butun muskullarni kuchaytiradigan mashg'ulot.

4.Kardio va muskullarni kuchaytirishga  qaratilgan mashg'ulot

5.Qorin va biqin atrofidagi yog'larni ketkizishga yordam beradigan mashg'ulot.

 6. 10 minutlik qisqa mashg'ulot.

7. 45-minutlik shiddatliinterval kardio va qorin/biqin mashg'uloti.

8. Kardio va og'irlik bilan ishlaydigan mashg'ulot.  

9. Kardio va qo'l, yelka, bel va ko'krak qismlar bilah ishlaydigan  mashg'ulot.

10. 30-minutlik kardio va qorin/biqin mashg'uloti.

Ortiqcha vazni bor odamlar ozish uchun albatta to'g'ri va sog'lom ovqatlanish bilan birga muntazam jismoniy badantarbiya bilan ham shug'ullanishlari kerak. Imkon bo'lsa har kuni, bo'lmasa kun orada jiddiy vaqt ajratib shug'ullansa bo'ladi.

Mavzuga bog'liq boshqa habarlar:
1. Sog'lom hayot tarzining muhumligi va semizlik haqida quyida o'qish mumkin.
   
2. Kundalik istemolda asosan qaysi mahsulotlarga katta e'tibor berish kerakligi (fiber, oqsil, uglevod, yog' vhkz) haqidagi ma'lumotlar haqida shu yerda o'qing.

3. Zararli oziq-ovqatlar guruhi haqida shu yerda o'qing.

4. Sog'lom oziq ovqatlar  guruhi haqida shu yerda o'qing.

5. Tabiiy ozish yo'llari haqida shu yerda o'rganish mumkin.

Tuesday, March 4, 2014

Jismoniy salomatlik yo'lida: Sog'lom va foydali oziq-ovqatlar guruhi.


Sog'lom oziq ovqatlar tanamizni sog'lom saqlashda, turli organlarni bir maromda ishlashida, kasalliklarni oldini olishda katta rol o'ynaydi. Hozirgi kunda juda ko'p zararli oziq ovqatlar ko'paygan va to'g'ri ovqatlanish rejimi o'zgargan. Buning natijasida ortiqcha semirish, yurak-qon kasalliklari, qandli diabet, allergiya, suyak kasalliklari, saraton, hazm qilish tizimi bilan bog'liq turli kasalliklar ko'p uchrayapti. Noto'g'ri ovqatlanish natijasida bolalar va o'smirlarning jismoniy va aqliy rivojlanishida ham sezilarli o'zgarishlar ko'rinyapti.
Bizga berilgan ulkan ne'mat bo'lmish tanamiz uchun imkon boricha faqat sog'lom oziq ovqat tanlashga harakat qilaylik!
 Sog’lom va foydali oziq ovqatlar guruhlari va ularni tanlashdagi eng asosiy yo'l yo'riqlar.
 
1. Go'sht, tuhum va baliqlar - Tana uchun kerakli oqsillarni, turli vitaminlar va minerallarni yetkizib beradigan asosiy manba. Toza, dorilarsiz, keng dalada o't yeb katta bo'lgan mol, qo'y, tovuq go'shti, yog'lari va organlarini topib istemol qilishga harakat qilish kerak. (yog'i, suyaklari, o'pka, jigar kabi turli organlari ham juda foydali).
Baliqlarini ochiq suvda tutilgani bo’lgani durust. Tuhumlarni ham katak ichida emas, tashqarida, o'zi yurib, o't-o'lan, don-dun yeb katta bo'lgan tovuqlarnikidan topish kerak. 
 
2. Rang barang meva va sabzavotlar- Faslga qarab qancha rang barang bo'lsa shuncha yahshi. Bazilarni  homligicha yegan maqul, bazilarni sal pishirib, ovqatlarga qo’shib, bankalarga berkitib, tuzlab (fermentlab) yeyilsa tarkibidagi vitaminlari, foydali moddalari yanayam tana uchun osonroq singaydigan bo’ladi.
 


3.To'q yashil bargli sabzavot/ko'katlar: Tarkiblarida turli vitaminlar, minerallarga (vitamin C, temir, manganese, magniy, kalsiy va hakozo) boy bo'lgan to'q yashil barglarni ba'zilarini hom (pishirmasdan) salad, ichimlik sifatida istemol qilish mumkin. Yoki biroz toza yog’ bilan pishirib yoki bug'lab istemol qilsa ham bo’ladi. To’q yashil bargli ko’katlarga misollar: ismaloq, rediska bargi, sholg’om bargi, salad barglari, qizilcha va turp barglari.
kale, ismaloq, sholg'om, beda
4. Dukkakliklar : Turli loviya, mosh, no'hat kabi dukkakliklar tarkibida ham juda ko'p foydali vitamin, oqsil, minerallar bor. Lekin dukkakliklar (yong'oq va donlilarni) istemol qilishda biroz ehtiyot bulish kerak. Birinchidan tozalarni tanlab olish kerak. Ikkinchidan dukkaklarni suvda kamida bir kun to'la kislotali yordam (lemon suvi, qatiq zardobi, olma sirkasi kabi) ivitib yoki eng yahshisi undirib ishlatish kerak. Chunki ular tarkibida fitin kislotasi kabi  zararli moddalar ham bor (boshqa foydali vitamin minerallarni singishida tosiqlik ko'rsatadigan) Shuning uchun o’sha zararli moddani kamaytirish, kuchsizlantirish uchun ivitish, undirish, fermentlash usullarini qo'llash kerak. Yahshi ishlov bermasdan istemol qilingan dukkakliklar nafaqat foydali minerallarni ushlab qoladi balki odamlar sog'ligi uchun zararli bo'lib qoladi.


5. Don va don mahsulotlari: Qancha kam ishlov berilgan bo'lsa shuncha yahshi. Misollar: bug'doy (oppoq emas qora un), ko’p ishlov berilmagan glyutensiz guruch, marjumak (grechka), tariq (millet) ovsyanka, quinoa kabilar. Donlarda ham fitin kislotasi, murakkab oqsil kabi zararli moddalar bor. Dukkakliklar kabi bularni ham tayyorlashda ivitish, undirish yoki fermentlash usullarini qo'llash kerak. Non qilishda eng yahshi usul tabiiy/yovvoyi achitqi/hamirturush bilan tayyorlangan non. Bunday nonni tayyorlash uchun (tayyor achitqi bulsa) 20-24 soatcha vaqt kerak buladi. 
 

6. Yong'oq va Urug'lar- yong'oqlarni imkon boricha po'stlog'i bilan olib, istemol qilishdan oldin chaqib, tozalab yegan maqul. Yong'oqlarni ham fitin kislotasini kamaytirish uchun avval ivitib, quritib istemol qilish kerak. Turli urug'larni (kunjut, sedana, chia) ham avval ivitib yoki past olovda duhovkada quritib keyin kerakli paytda istemol qilish mumkin.
turli urug'lar: kunjut, sedana, zig'ir, chia kabilar

ivitilgan yong'oqlar
7. Sut va Sut mahsulotlari- sut, qatiq, tvorog, kefir, qaymoq, saryog' hammasi odam uchun foydali. Iloji boricha tozalaridan, dalada o't yeb katta bo'lgan sigir-echkilardan olingani topib va to'la yog'i bilan tayyorlab istemol qilish kerak. 
uyda tayyorlangan kefir tvorogi
8.Foydali yog'lar-Ovqat tayyorlashda (yani isitilganda, qizdirilganda tarkibi ko'p o'zgarmaydigan, zararli bo'lib qolmaydigan yog'lar) toza zaytun yog'i, kakos yog'i,  toza hayvon yog'lari, saryo'glarni ishlatish mumkin. Qizdirilmaydigan holda istemol uchun baliq yog'i, kam ishlov berilgan toza pista yog’i, turli urug' yog'larini ham foydali hisoblanadi.

  
 
9. Ko'kat va ziravorlar- kundalik istemolda qo'llash uchun toza, yangi yoki quritilgan ko'kat- ziravorlarni ishlatish foydali. Kashnich, ukrop, petrushka, jambil, rayhon, tim'yan (thyme), rozmarin (rosemary), lavanda (lavender) kabi ko'katlarni hammasini taomga qo'shimcha maza ta'm beradi va foydali o't-ko'katlardan hisoblanadi.
 

Quritilan ziravorlarni ham sotib olayotganda tozaligiga, turli qo'shimchalar qo'shilmaganligiga e'tibor berish kerak.  Ho'l yoki quritilgani Imbir ildizi (ginger)  kashnich urug'i, maydalangan yoki quritilgan sarimsoq, dolchin kukuni, zira, zafaron, qizil bulg'ori kukunlari, kardamon, lavr bargi, hantal (gorchitsa, mustard), kurkuma (turmeric) kabilarni kundalik taomlarga qo'shilsa bo'ladi va ko'pchiligini sog'liq uchun foydalari bor.

Tuz- Toza, kimyoviy oqartiruvchilari qo'shilmagan, har hil qo'shimchalari bo'lmagan, sof  dengiz tuzidan foydalanish kerak (celtic sea salt, himalan pink salt).

10. Tabiiy shirinliklar- toza asal, hurmo siropi, zarang darahti siropi (maple syrup) kabilarni vaqti vaqti bilan istemol qilib tursa bo'ladi.
toza, qizdirilmagan asal,

11. Kunlik Suyakli sho'rva: Chorva mollari, parranda yoki baliq suyaklaridan tez tez minerallarga boy suyak sho'rvalaridan istemol qilishni yo'lga qo'yish kerak.
 
12. Tuzlangan/Fermentlangan sabzavotlar- Kundalik ravishda turli tuzlangan-fermentlangan (tabiiy achitilgan) meva-sabzavotlardan yeb turishni sog'liq uchun juda ko'p foydalari bor.
 
Qo'shimcha yo'l yo'riqlar:
  • Oziq ovqat sotib olingan paytda ko'p qayta ishlanmagan bo'lsin.
  • Tabiiy oziq ovqatlar vaqt o'tib ayniyni, shuning uchun ularni to'g'ri saqlab vaqtida istemol qilish kerak. Ko'p ishlangan oziq ovqatlar esa ko'p muddat aynimasdan turishi mumkin.
  • Meva, sabzavot, o’simliklar, donli va dukkakliklar iloji boricha kimyoviy dorilarsiz tabiiy o'sib yetishtirilgan bo’lishi kerak.
  •  Meva sabzavotlar ko’p ishlov berilmagan, tabiiy usulda quritilgan, fermentlangan, bankalarda berkitilgan bo’lsa ham bo’ladi.
  • Genetik o’zgarmagan bo’lishi kerak (GMO’siz degan tamg’asi bilan)
  • Don, dukkakli (loviya, no'hat) va yong'oq, urug'larni oldin ivitib, undirib yoki fermentlab istemol qilingani durust.
  • Ichish va ovqat tayyorlash uchun filterlangan suv ishlating.
  • Ovqatlarni toza cho'yan, po'lat, shisha yoki toza enamalli qozon-idishlarda pishiring.

 Yemaslikka harakat qilish kerak bo’lgan oziq ovqatlar guruhi:
  1. Oq unlik ovqatlar (non, somsa, hamirli ovqatlar kabi)
  2. Shakar yoki har hil shirinliklar, ichimliklar (ahyon ahyonda maple syrup, asal, rapaduradan tashqari)
  3. Har hil tayyor, yarim tayyor ovqatlar. Hususan turli unlardan (bug'doy, makka, grechka, guruch, suli) tayyorlangan non va non mahsulotlari, hatto qayta ishlanmagan qora (whole) bo'lsa ham. Chunki tog'ri usulda tayyorlanmagan.
  4. Qayta ishlangan o'simlik yog'lari. 
  5. Oshiqcha pasterizatsiyalangan sut va sut mahsulotlari. 
  6. 6. Har hil sintetik vitaminlar

Monday, February 3, 2014

Jismoniy salomatlik yo'lida: Zararli oziq ovqatlar guruhi.

Zararli oziq ovqatlar guruhi.

Har qanday inson hoh  katta hoh kichik bo'lsin, shug'ullanadimi, yo'qmi tanani sog'lom saqlab yurish uchun imkon boricha toza, sifatlik ovqatlanishi kerak. Yeydigan narsasi sog'lom bo'lsa shug'ullanganda ham natija ko'rish osonroq va davomli bo'ladi. Lekin sog'lom ovqatlarni topib uyga keltirishdan oldin eng birinchi qadamda UYIMIZNI tanamiz uchun zararli ovqatlardan tozalashimiz kerak. Bunday ovqatlar hazm qilish tizimini buzadi, gormonlarni ostun ustun qiladi, o'zimizni esa semirtirib, kasallikka  moyil qilib qo'yadi.

Eng zararli oziq ovqatlar guruhi:

1. Ishlov berilgan oziq ovqatlar: to'la yoki yarim tayyorlangan har qanday konservalangan, karobkalangan, muzlatilgan, quritilgan, har hil kimyoviy qoshimchalar qoshilgan ovqatlar. Oddiy magazinni 90 % ovqati shu toifaga mos.

2. Ko’p ishlov berilgan, oqartirilgan, issiqlik bilan ishlangan yog’ va yog’ mahsulotlari. Turli margarin, quyultirigan yog'lar (shortening, hydrogenated), sabzavot yog'lari hammasi zararli.  Deyarli hamma ko’chada tayyorlangan shirinliklar, tortlar,  qovurilgan kartoshka, go’sht, pizza, yog’da qovurilgan bulochka, perashka, somsalardagi yog’lar shu toifaga kiradi. Sabzavot, makka, kungaboqar, pahta yog'lari issiqlik bilan ishlangan bo’lsa zararli bo’lib qo’ladi. 

3.Ko'p ishlov berilgan, oqartirilgan donli mahsulotlar. Donli mahsulotlarni tayyorlash jarayonida deyarli hamma vitaminlar, kerakli moddalar yo'qolib ketadi. Katta firmalarda chiqadigan unlar, va un mahsulotlariga keyin odamlarga chiroyli qilish uchun aldamchi vitaminlar qoshib qoyishadi. Misollar: oq non, oq unlik makaronlar, oq guruch, cereallar (organic busayam), shirinliklar, makaronlar kabi.  Bunday ovqatlarni doimiy yeydigan odamlarda borgan sari insulin qarshiligi kuchayib, qand kasalligiga duchor bo'lishi mumkin. Va albatta semirtiradi.

4. Shakar va shakar sifatidagi shirin moddalar: oddiy oq shakar, makkadan olinadigan shakar siropi (High Fructose Corn Syrup), ichimlik, oziq ovqatlarni shirin qilish maqsadida qoshilgan turli sintetik shakarlar. Tarkibida bunday shakarlari bor narsani umuman og'izga solmaslik kerak. Tanamizga faqat zarar beradi holos. Tayyor va yarim tayyor oziq ovqatlarni deyarli hammasida shunday shakarlar bor: ketchup, cereal, pecheniylar, pishiriqlar, konservalangan ovqatlar,  ICHIMLIKLAR (shakar, ranglar va turli sintetik moddalar qo’shilgan Kola, Fanta, sharbatlar), muzqaymoq, murabbolar. Iloji boricha tayyor, yarim tayyor oziq ovqatlarni tarkibiga yahshi bilmasdan olmaslik kerak.

5. Sun'iy prezervativlar (oziq ovqatlarni uzoqroq muddatga saqlab turishda yordam beradigan moddalar) va ranglar. Bular ham deyarli hamma tayyor, yarim tayyor mahsulotlarda topiladi. Bunday zararli  narsalarni bor yo'qligini  eng yahshi usuli: mahsulot tarkibini o'qish. Notanish, oqishga qiyin so'zlar bo’lsa har hil kimyoviy qoshimchalar, ranglar yoki prezervativlar bo’ladi. Ko'p shirinliklar, ichimliklar, oddiy sharbatlardayam bo'ladi. Eng yomonlaridan: Sukraloza, Aspartam, Neotam, Saharin. Sintetik ranglar ham yomon.

6. Har hil ta'm beruvchi qoshimchalar. Oziq ovqat ishlab chiqaradigan firmalar, korhonalar, restoranlar  odamlarga yoqadigan ovqat tayyorlash yo'llarini topish uchun juda ko’p pul sarflashadi.  Hatto yahshi yemaydigan bolachalar ham paqqos tushiradi bunaqa ovqatlarni. Har hil sun'iy ta'm beruvchi qo'shimchalardan ehtiyot bo'lish kerak.

Hullas, shunday oziq ovqatlarni butunlay istemoldan chiqarishni uddalay olsangiz juda katta muvaffaqiyatga erishgan bo'lasiz. Bu tabiiy ozishning eng birinchi va katta qadamlaridan biri hisoblanadi.