Qurtlangan tishlarni davolashda ko'p ta'kidlaganimizday to'g'ri ovqatlanish va kerakli ozuqa moddalarni yetarlicha istemol qilish juda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga tishga yahshi qarash, uni vaqtida tozalab turish ham kerak. Odatda aksariyat tish pastalarida zararli moddalar topiladi, shuning uchun tabiiy, zararsiz moddalar bilan uyda tayyorlanadigan tish pastasi yoki kukuni qilishga harakat qildik va ohirgi 4-5 oylardan beri shunday tish kukun ishlatib kelyapmiz. Asosan minerallar va giyohlardan tayyorlangan ushbu kukun tishni tozalash va davolashda yordam beradi deb o'ylaymiz.
Quyida tish kukuni tayyorlash uchun kerakli mahsulotlarni keltiramiz.
3 qoshiq Kalsiy karbonat (Calcium Carbonate)
2 qoshiq Magniy sitrat (Magnesium citrate)
4 qoshiq Shifobaxsh Aztek loyi/tuprog'i (Bentonite Clay)
1 qoshiq Pishiriq sodasi/natriy bikarbonat (Baking soda/sodium bicarbonate)
1 choy qoshiq dolchin kukuni
2-3 qoshiq maydalangan turli giyohlardan: Yalpiz (Peppermint), Horsetail grass, Lobelia, White Oak bark, Goldenseal root, Qalampirmunchoq (Clove), Myrrh Gum- topilganlarini yoki hohlaganlarni qo'shish mumkin yoki ta'bga qarab turli yog'laridan ham ishlatsa bo'ladi
1-2 qoshiq Xylitol kukuni
Hamma mahsulotlarni yahshilab aralashtirib, kichikroq shisha idish/bankaga solinadi. Tish kukuni quruq bo'lgani uchun uzoq muddatga shisha bankada turishi mumkin. Ishlatish uchun tish cho'tkasini namlaymiz, so'ng tish yuvish kukuni alohida bir qoshiqda yoki ozgina qo'lingizga solib, namlangan cho'tkaga suramiz. Va sekin asta tishlarni yuvamiz. Yuvib bo'lgacha tish cho'tkalarini yahshilab yuvib tashlashni unutmaslik kerak.
Baking soda o'rniga Diatom.Earth qo'shsa emalga zarar qilmasmikan? Bolalarga soda mazasi yoqmayapti.
ReplyDelete