Showing posts with label bolalar uchun arab tili. Show all posts
Showing posts with label bolalar uchun arab tili. Show all posts

Thursday, May 8, 2014

Bog'cha yoshidagi bolalar uchun mashg'ulotlar.

Ranglarni arab tilida o'rganish mashg'uloti.
(2 yosh yoki undan kattaroq bolalar uchun mo'ljallangan.)

1.Ranglarni arab tilida aytilishi: Ranglar Arab tilida

2.Tuhum idishiga har hil ranglarni yopishtirib chiqamiz.


Ko'chaga  aylangani chiqqanda bolaga huddi shu rangdagi narsalarni topib olib kelishni tushuntirasiz. Ba'zan u narsa olinmaydigan/qo'l bilan ushlanmaydigan bo'lishi mumkin (osmon, bulut, binolar, suv), unda o'sha narsani rangini aytib qo'ysa yetadi. Mana shu mashg'ulotni bajarayotda bolaga tanlagan narsasiga qarab o'sha narsani rangini o'zbek tilida (qaysi tilda tili chiqqan bulsa shunda) keyin shuni arab tilida qanday bo'lishi bir necha marta aytib berasiz. Bola sizdan eshitib, o'rganib qaytarishi kerak (odatda so'ramasangiz ham o'zi qaytaradi).

Uy ichida ham turli kichkina rangli narsalarni bilan mashg'ulotni davom ettirsa bo'ladi.


3.Allohning go'zal ism va sifatlarini o'rganishga qaratilgan mashg'ulot lekin birga ranglarni, shakllarni ham qaytarsa bo'ladi. Bitta kartochka olamiz, boladan uni qanday rangda ekanligini so'raysiz. Bola rangini aytganday keyin uydagi huddi shu rangdagi predmetlarni ko'rsatishni/olib kelishni so'raysiz. hato qilsa tog'rilaysiz. Huddi shu mashg'ulotni endi ranglarni so'ragandan keyin hali bola yahshi o'rganmagan bo'lsa arab tilida qanday bo'lishi aytib, shu rangdagi predmetlarni ko'rsatishni/olib kelishni so'rang.
Ranglarni o'rganib bo'lganda keyin o'sha kartochkada yozilgan shakl/predmetni so'rashingiz ham mumkin. Va nihoyat kartochkada yozilgan Allohning go'zal ism va sifatlarni o'qib,o'rganib qaytarasiz


4.Ranglarni va Arab tili raqamlarini moslashtirish mashg'ulotni Umm An-Nu'manning blogidan olganmiz.
A)Aslida bu mashg'ulot kiyimlar haqidagi mavzuda edi. Biz biroz o'zgartirdik. Bizikilar arab tilida sonlarni yahshi ko'rishadi, sonlarni takrorlash bahonasida ranglarni ham bir qator yana o'rganib chiqdik. Bola bilan (agar yoshi yoshroq bulsa, biz deyarli 2 yoshli qizcha bilan ishladik) ko'ylakdagi tugmalarni sanaysiz. Kerakli sonni kartochkalar ichida bola topishi kerak. Topganidan so'ng usha tugmachalik ko'ylakni ustida qo'yadi. Biz asosiy urg'uni ranglarga berganimiz uchun tugmachali ko'ylaklarni tog'ri keladigan raqamlari bilan bir hil qildik, shularni moslashtirayotganda qanday rangdai ko'ylakligini aytib ketishingiz kerak.
B)Yana bir yo'li mana shu rangdagi ko'ylakni topgin kartochkalar ichida deb so'rashingiz ham mumkin bolada.


Arab tili harflarini o'rganish mashg'ulotlari


2 yosh atrofidagilar uchun arab harflari bo'yicha, sonlar bo'yicha mashg'ulotlarni quyidagi adresdan topdik:
http://amuslimchildisborn.blogspot.com/2009/11/games-for-toddlers-2-to-4-years-old.html
http://amuslimchildisborn.blogspot.com/2009/12/arabic-letter-matching-games-all.html

Arab alifbosini to'liq holda yuqoridagi kabi o'ynash uchun qo'llanmalar (yuqoridagi link'larda qisman berilganlarni to'ldirilgan shakli):

1.Arab harflari 3 talik ko'rinishida:
2.Yakka holdagi harflar.





 Raqam va shakllar bo'yicha mashg'ulotlari
Turli shakl va raqamlarni 2 tadan tayyorlab moslashtirish mashg'ulotini qilish mumkin.