Tuesday, May 27, 2014

Qatiqli hamirdan tayyorlangan pechenie'lar (crackers)


Uzoq muddat tindirilgan (12-24 soat) qatiqli hamir undagi fitin moddasini kamaytirib, hazm qilishni osonlashtiradi.

Unni istemol qilishdan oldin nega ivitish yoki fermentlash kerakligi haqida mana shu yerda ko'proq o'qish mumkin.

Qatiqli hamirdan pechenie’lar, pizza, har hil somsalar tayyorlash mumkin. Tarkibida saryog’i bo’lgani uchun bolalar uchun foydali.

Hamirni resepti:
1 stakan qatiq
1 stakan saryog’
3 ½ stakan un (elangan qora un, yoki aralash)
1 osh qoshiq tuz

Yumshoq saryog’ va qatiqni yahshilab aralashtirib, un, tuz qo’shib hamir qoriladi. Hona haroratida kamida 1 kecha yoki 24 soat tindiriladi. Son’g hohlagan usulda foydalanish mumkin.

Pechenie'larni aslida shakarsiz qilinadi, lekin ozgina shirin bo'lishini hohlaganlar hamirga tabiiy shakar (rapadura/succanat) qo'shib tayyorlashlari mumkin.

Hamirni yupqa yoyib, kerakli shakllarga kesib olib 375-400'Fda  10-15 minut davomida pishirib olinadi.

  


Krakerlar uchun 2chi resept (saryog'i kamroq)

3 1/2 stakan un (qora bug'doy uni) 

1 stakan qatiq yoki kefir (ivitish uchun) 
tuz 
1/2 stakan yumshatilgan saryog'sedana urug'lari
Sedana urug'lari

Tayyorlanish jarayoni bir hil.



Wednesday, May 14, 2014

Qatiqli hamirdan tayyorlangan somsa yoki shirinlik (turnovers)

Uzoq muddat tindirilgan (12-24 soat) qatiqli hamir undagi fitin moddasini kamaytirib, hazm qilishni osonlashtiradi.

Unni istemol qilishdan oldin nega ivitish yoki fermentlash kerakligi haqida mana shu yerda ko'proq o'qish mumkin.

Qatiqli hamirdan pechenie’lar, pizza, har hil somsalar tayyorlash mumkin. Tarkibida saryog’i bo’lgani uchun bolalar uchun foydali.

Hamirni recepti:
1 stakan qatiq
1 stakan saryog’
3 ½ stakan un (elangan qora un, yoki aralash)
1 osh qoshiq tuz

Yumshoq saryog’ va qatiqni yahshilab aralashtirib, un, tuz qo’shib hamir qoriladi. Hona haroratida kamida 1 kecha yoki 24 soat tindiriladi. Son’g hohlagan usulda foydalanish mumkin.
Ko'katlik, kartoshkalik, go'shtlik yoki oshqovoqlik somsalar tayyorlasa bo'ladi.
Shirin somsalar uchun esa hamirga ozgina tabiiy shakar (rapadura/succanat) qo'shib, ichiga shirin olma yoki behi
 solish mumkin.



 




Thursday, May 8, 2014

Bog'cha yoshidagi bolalar uchun mashg'ulotlar.

Ranglarni arab tilida o'rganish mashg'uloti.
(2 yosh yoki undan kattaroq bolalar uchun mo'ljallangan.)

1.Ranglarni arab tilida aytilishi: Ranglar Arab tilida

2.Tuhum idishiga har hil ranglarni yopishtirib chiqamiz.


Ko'chaga  aylangani chiqqanda bolaga huddi shu rangdagi narsalarni topib olib kelishni tushuntirasiz. Ba'zan u narsa olinmaydigan/qo'l bilan ushlanmaydigan bo'lishi mumkin (osmon, bulut, binolar, suv), unda o'sha narsani rangini aytib qo'ysa yetadi. Mana shu mashg'ulotni bajarayotda bolaga tanlagan narsasiga qarab o'sha narsani rangini o'zbek tilida (qaysi tilda tili chiqqan bulsa shunda) keyin shuni arab tilida qanday bo'lishi bir necha marta aytib berasiz. Bola sizdan eshitib, o'rganib qaytarishi kerak (odatda so'ramasangiz ham o'zi qaytaradi).

Uy ichida ham turli kichkina rangli narsalarni bilan mashg'ulotni davom ettirsa bo'ladi.


3.Allohning go'zal ism va sifatlarini o'rganishga qaratilgan mashg'ulot lekin birga ranglarni, shakllarni ham qaytarsa bo'ladi. Bitta kartochka olamiz, boladan uni qanday rangda ekanligini so'raysiz. Bola rangini aytganday keyin uydagi huddi shu rangdagi predmetlarni ko'rsatishni/olib kelishni so'raysiz. hato qilsa tog'rilaysiz. Huddi shu mashg'ulotni endi ranglarni so'ragandan keyin hali bola yahshi o'rganmagan bo'lsa arab tilida qanday bo'lishi aytib, shu rangdagi predmetlarni ko'rsatishni/olib kelishni so'rang.
Ranglarni o'rganib bo'lganda keyin o'sha kartochkada yozilgan shakl/predmetni so'rashingiz ham mumkin. Va nihoyat kartochkada yozilgan Allohning go'zal ism va sifatlarni o'qib,o'rganib qaytarasiz


4.Ranglarni va Arab tili raqamlarini moslashtirish mashg'ulotni Umm An-Nu'manning blogidan olganmiz.
A)Aslida bu mashg'ulot kiyimlar haqidagi mavzuda edi. Biz biroz o'zgartirdik. Bizikilar arab tilida sonlarni yahshi ko'rishadi, sonlarni takrorlash bahonasida ranglarni ham bir qator yana o'rganib chiqdik. Bola bilan (agar yoshi yoshroq bulsa, biz deyarli 2 yoshli qizcha bilan ishladik) ko'ylakdagi tugmalarni sanaysiz. Kerakli sonni kartochkalar ichida bola topishi kerak. Topganidan so'ng usha tugmachalik ko'ylakni ustida qo'yadi. Biz asosiy urg'uni ranglarga berganimiz uchun tugmachali ko'ylaklarni tog'ri keladigan raqamlari bilan bir hil qildik, shularni moslashtirayotganda qanday rangdai ko'ylakligini aytib ketishingiz kerak.
B)Yana bir yo'li mana shu rangdagi ko'ylakni topgin kartochkalar ichida deb so'rashingiz ham mumkin bolada.


Arab tili harflarini o'rganish mashg'ulotlari


2 yosh atrofidagilar uchun arab harflari bo'yicha, sonlar bo'yicha mashg'ulotlarni quyidagi adresdan topdik:
http://amuslimchildisborn.blogspot.com/2009/11/games-for-toddlers-2-to-4-years-old.html
http://amuslimchildisborn.blogspot.com/2009/12/arabic-letter-matching-games-all.html

Arab alifbosini to'liq holda yuqoridagi kabi o'ynash uchun qo'llanmalar (yuqoridagi link'larda qisman berilganlarni to'ldirilgan shakli):

1.Arab harflari 3 talik ko'rinishida:
2.Yakka holdagi harflar.





 Raqam va shakllar bo'yicha mashg'ulotlari
Turli shakl va raqamlarni 2 tadan tayyorlab moslashtirish mashg'ulotini qilish mumkin.










Thursday, May 1, 2014

Hazm qilish tizimi salomatligi va fermentlash.


Terimiz, tilimiz va hazm qilish tizimimizda 100 trillion atrofida  bakteriyalar yashar ekan ( ko’payib, kamayib turadi). Bu bakteriyalarni eng katta qismi hazm qilish tizimida  joylashgan. Asosan bakteriyalardan tashkil topgan hazm qilish tizimi  sog’lig’imiz uchun juda kerakli vazifalarni bajaradi. Ulardan bazilari: har hil kerakli modda va minerallarni so’rishda yordam beradi, immunitetni kuchaytiradi, har hil kasallik keltirib chiqaruvchi  mikroorganizmlarga qarshi kurashadi. Tana vaznini ko’payishi yoki kamayishida va kunlik energiya darajasiga ham ta’sir qiladi. Hazm qilish tizimi
umumiy tanani yahshi ishashida katta rol o’ynasada ko’pchilik unga katta e’tibor bermaydi.

Bakteriyalarni bazilari  foydali,  bazilar zararli bo’ladi. Iloji boricha foydali, yahshi bakteriyalarni ko’paytirishga harakat qilish kerak.
Sog’lom ovqatlanmaslik, turli dorilar (hususan antibiotiklar), turli kimyoviy zaharli moddalar (masalan uyda ishlatadigan tozalash mahsulotlar, har hil atir-shamlar), spiritli ichimliklar, chekish sababli  foydali bakteriyalar kamayib ketadi. Antibiotik dorilardan tashqari  bazi ovqatlardagi antibiotiklar ham yahshi bakteriyalarni kamaytiradi (masalan antibiotik berilgan sigirni suti, go’shti kabi)
Shakar, shirinliklar, qayta ishlangan don mahsulotlari (oq un va undan tayyorlanadigan ovqatlar kabi), turli kimyoviy qo’shimchalar qo’shilgan yarim tayyor (yoki tayyor) ovqatlar hazm qilish tizimidagi foydali bakteriyalarni kamaytirib, yomonlarini ko’paytiradi.

Ko’p ishlov berilmagan, tog’ri tayyorlangan sog’lom ovqatlar, probiotiklar va  fermentlangan ovqatlar, ichaklarimizda foydali bakteriyani ko’paytirib, immunitetimizni kuchaytiradi.
Immunitet sistemamizni deyarli 80% ichaklarimizda joylashgan ekan!
Ananaviy tarzda tayyorlangan fermentlangan pishloq, kefir, bodring, tuzlangan karam (sauerkraut), tuzlangan zaytun va bodringlar, qatiq, hamirturushlik non kabilar foydali bakteriyalarni ko’paytiradigan sog’lom ovqatlar hisoblanadi.
Hayvon suyaklaridan (tovuq, qo’y, mol kabi) tayyorlanadigan sho’rva (ingliz tilida bone broth deyiladi) ham hazm qilish tizimini davolashda katta yordam beradi.  Suyakli sho’rvani tayyorlash uchun toza hayvonlardan olingan suyaklar (har hil dorilarsiz, toza o’t yeb katta bo’lgan hayvonlar go’shti kerak), filterlangan suv, turli sabzavotlar kerak. Suyak tarkibidagi minerallarni olish uchun shor’vaga ozgina olma sirkasi ham qo’shish kerak va shor’vani kamida 8-10 soat past olovda sekin pishirish (yengil, miltillatib qaynatish bilan) kerak. Qancha ko’p uzoq qaynasa shuncha yahshi. Bundan tashqari suyakli sho’rvalarni boshqa bir qancha foydalari bor : Gripp va shamollash viruslari keltirib chiqqan infeksiyalarni kamaytiradi (to’htatadi),  bo’gim-mushaklardagi og’riq va yallig’lanishni kamaytiradi, suyaklarni sog’lom va kuchli bo’lishida kerak bo’ladigan turli minerallar bilan ta’minlaydi (hayvon suyaklarida minerallar shor’va orqali o’tishi orqali), soch va tirnoqlarni ham sog’lom o’sishida yordam beradi.
Avvalari odamlarda hazm qilish tizimi organlari bilan bog’liq muammolari hozirgi kunchalik ko’p bo’lmagan. Ular odatda foydali bakteriyalariga boy ovqatlarni ko’p yeyishgan. Ovqatlarni  uzoqroq saqlash va aynib qolishini oldini olish uchun odatda odamlar ovqatlarni fermentlashgan (achtishgan).
Ozgina fermentlangan ovqat ham juda ko’p miqdorda foydali bakteriya beradi oladi.  Uyda tayyorlangan fermentlangan ovqatlar tayyor sotiladigan probiotiklardan ko’ra son va sifati jihatda ustun turarkan.
Mukammal holatda  yomon bakteriyaga qaraganda foydali bakteriya ko’p bo’lishi kerak (85 % yahshi, 15 % yomon). Agar yomon bakteriyalar ko’payib ketsa turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin: diabet, semirish, yurak kasalliklari, tez-tez shamollash, gripp, allergiya, astma, miya bilan bog’liq kasalliklar, kayfiyat, hulq bilan bog’liq kasalliklar, hazm qilish va ichaklar bilan bog’liq kasalliklar, ich ketishi, metabolik sindrom va boshqalar.
Yuqoridagi kasalliklarni hazm qilish tizimidagi foydali bakteriyalarni ko’paytirib (fermentlangan ovqatlar,probiotiklar), davolash yoki oldini olish mumkin.

Hazm qilish tizimi foydali bakteriyalarni ko'payishida yordam beradigan turli oziq ovqatlarga misollar:

1. Tuzlangan karam yoki sabzavotlar (Sauerkraut.)
Tabiiy fermentlash jarayonida karamda turli foydali vitamin A, C, enzimlar, probiotiklar ko'payadi, hazm qilish osonlashadi.
Men dorilarsiz, tabiiy karamga zanjabil, sabzi, sarimsoqlarni mayda kesib sof, toza tuz bilan aralashtirishib hona haroratida kamida 1 haftaga saqlayman. Qancha ko'p tursa shuncha foydaliroq. Fermentlangandan keyin muzlatkichda saqlanadi.



2. Kefir. 
Toza sut va kefir donlari bilan uyda tayyorlangan kefir ham probiotiklar, vitamin, mineral, kalsiy, to'la osqil bilan boydir. Kefirni yakka o'zini yoki meva-urug'lar bilan aralashtirib ichimlik qilib ichish mumkin. Bundan tashqari kefir bilan donlarni ivitsa bo'ladi (masalan nonushta uchun blinchiklar).




3. Hamirturushlik non.
 Hamirturush tayyorlangan non odatda 8-12 soatlarda tayyorlanadi. Tabiiy hamirturushni tayyorlash uchun ham 1 hafta ketadi, lekin doimiy foydalanib turilgan hamirturush yomon bo'lmasa juda ko'pga yetadi. Bunday nonni "oshishi" jarayonida undagi zararli fitin moddasi kamayadi, qiyin hazm bo'ladigan oqsil ham parchalanadi (hazm bo'lishi osonlashadi) va tayyor bo'lgan non ham tabiiy ko'proq saqlanadi.



 






4. Suyakli sho'rva
Hayvon suyaklaridan (tovuq, qo’y, mol kabi) tayyorlanadigan sho’rva (ingliz tilida bone broth deyiladi) ham hazm qilish tizimini davolashda katta yordam beradi.

Suyakli sho’rvani tayyorlash uchun toza hayvonlardan olingan suyaklar (har hil dorilarsiz, toza o’t yeb katta bo’lgan hayvonlar suyak/go’shti kerak), filterlangan suv, turli sabzavotlar kerak. Suyak tarkibidagi minerallarni olish uchun shor’vaga ozgina olma sirkasi ham qo’shish kerak va shor’vani kamida 8-10 soat past olovda sekin pishirish (yengil, miltillatib qaynatish bilan) kerak. Qancha ko’p uzoq qaynasa shuncha yahshi.

Bundan tashqari suyakli sho’rvalarni boshqa bir qancha foydalari bor : Gripp va shamollash viruslari keltirib chiqaradigan infeksiyalarni kamaytiradi (to’htatadi),  bo’gim-mushaklardagi og’riq va yallig’lanishni kamaytiradi, suyaklarni sog’lom va kuchli bo’lishida kerak bo’ladigan turli minerallar bilan ta’minlaydi (hayvon suyaklarida minerallar shor’va orqali o’tishi orqali), soch va tirnoqlarni ham sog’lom o’sishida yordam beradi.





Tuesday, April 29, 2014

Suyaklar salomatligi va sog'lom ovqatlanish.


Annemarie Colbin’ni “The whole Food Guide to Strong Bones” nomli kitobidagi ma’lumotlarga ko’ra Sarah bilan tayyorlagan posterlar va ularga izohlar.


 healthybones.JPG


Suyaklar tirik to'qimalardir. Ular nervlar, qon tomirlar, qon hujayralari paydo bo'ladigan iliklardan tashkil topgan.  Ular doimo parchalanib va qayta yana tiklanib turadi.
20 yoshgacha  suyak hujayralari kamayganidan ko'ra ko'proq shakllanadi. Odam ulg'aygan sari suyaklarni qayta tiklanishi sekinlashib boradi (hususan ayollarda).

Suyaklar oqsil qurilmasi (35%) va ularni biriktirib turadigan kalsiy va boshqa minerallarlardan (65%)  iboratdir.  Oqsilli qurilma suyakni cho’zuvchanligiga yordam bersa, mineral tuzli kalsiy unga suyak qattiqligini beradi.
Qachon suyakda kalsiyli tuz kamaysa suyaklar bo’sh, g’ovak va yumshoq bo’lib qoladi. Qachon oqsilli qorishma kamaysa ular mo’rt bo’lib qoladi.

Osteoporoz — suyaklar kuchsizlangan, go'vak, mo'rt va ingichkalashib ketgan holati.


Sog’lom Suyaklar uchun oziq ovqatlar.
Suyaklarni sog’lom bo’lishi, ularni sinishini oldini olish uchun ko’p miqdorda kalsiy istemol qilishni o’zigina yetarli emas. Kalsiydan tashqari bir qancha ozuqa moddalari va omillar (hayot tarzi) ham katta ro’l o’ynaydi.
Suyaklarni sog’lom bo’lishida yordam beradigan ozuqa moddalaridan:
  • Kalsiy
  • Oqsil (protein)
  • Vitamin A
  • Vitamin D
  • Vitamin C
  • Vitamin K2
  • Magniy
  • Fosfor
  • Sog’om yog’lar.
Vitamin D tanaga yetarli kalsiyni singishida yordam beradi.
Fosfor suyaklarni tog’ri minerallash uchun kerak.
Vitamin A- yosh bolalarda suyaklarni o’sishida yordam beradi.
Oqsil va Vitamin C birgalashib suyakdagi organik moddadani shaklanishida kerak.
Magniy  qondagi Kalsiyni suyaklarga singishida yordam beradi.
Vitamin K qonni quyuqlashishi va suyakni zichligi uchun kerak.
Sog’lom yog’lar yog’ bilan so’riladigan vitaminlar (D va K) ni singdirishda, so’rilishida kerak.

Sog’lom suyaklar uchun kerak oziq ovqatlar, vitaminlar va minerallarga misollar.
1. Kalsiy- to’q yashil bargli sabzavotlar, suyakli sho’rva, sut, pishloq, meva-sabzavotlar
2. Oqsil (protein)- go’sht, tuhum, sut va sut mahsulotlari, yong’oq, dukkakliklar (no’hat, loviya kabi…)
3.Vitamin A- baliq jigari yog’lari, hayvon yog’lari, o’t yeb katta bo'lgan sigirlar sutidan olingan saryog’lari, turli rangdagi meva-sabzavotlar (sabzi, mango, kale, shirin kartoshka).
4. Vitamin D- asosiysi Quyosh! baliq tuhum, baliq jigari yog’lari.
5. Fosfor-dukkakliklar, yong’oqlar, urug’lar, sut mahsulotlari.



part2.JPG
6. Sog’lom yog’lar- sifatli saryog’, kakos yog’i, hayvon yog’lari, baliq yog'lari, avakado, zig’ir yog’i kabilar.
7. Vitamin C- brokli, to’q yashil barglilar (kale), rangli balgarskiy, malina, qulupnay, papaya,kiwi, gulkaram.
8.Vitamin K- salat barglari,kale,  tuhum, sabzavotlar.
   Vitamin K2- hayvon  go'shtlarida, pishloqda, jigarda, tuhum sarig'ida. 
9.Magniy- don va dukkaklilar*, suyaklik sho'rva, yong'oq va  urug’lar, meva-sabzavotlar, dengiz o'tlari, avakado, to'q yashil barglilar va ko'katlar.


 part1.JPG


Suyaklarni nimalar kuchsizlantiradi?

 weakens.JPG


Jismoniy harakatni kamligi yoki juda ko’p jismoniy harakat
yog’i kam dieta
muntazam kofein istemol qilish
har hil dorilar
spirtli ichimliklar va chekish
ko’p shirinliklar va tayyor ovqatlar istemol qilish
qayta ishlangan oziq ovqatlar ( oq unlin non, makaron, guruch kabiar).
 ko'p pomidor, kartoshka, baqlajon kabi sabzavotlarni istemol qilish.




 Suyaklarni yahshi parvarish qilish yo’llari


care.JPG

Muntazam jismoniy mashq qilish
Sog’lom ovqat yeyish
Quyoshda yetarli yurish
Kuchli ruhiy/manaviy iroda

Sog’lom va kuchli suyaklar uchun eng kerakli ovqatlar:
Sabzavotlar, Oqsil, To’q yashil barglilar, donli mahsulotlar, sog’lom yog’lar, suyakli sho’rva.

Friday, April 18, 2014

Sog'lom ovqatlanish asoslari: Yog' va yog' mahsulotlari.


Kundalik ovqat tayyorlashda (issiqlik tasiri ostida)  foydalansa bo'lishi mumkin bo'lgan yog'lar guruhi:
 
chap tomondan: kakos yog'i, mol/qo'y yog'i, zaytun yog'i va ghee (eritilgan saryog')

1. Zaytun yog'i- an’anaviy sovuq presslash usuli orqali olingan, faqatgina ba’zibir yomon qo'shimchlardan filterlangan holatdagisini topib ishlatgan maquldir.
2. Kakos yog'i- bunday yog'ni ham ko'p ishlov berilmagan, har hil kimyoviy moddalar berilmagani ishlatish kerak.
3. Saryog' (ghee): hammaga ma’lum bo’lgan saryog’ sut yog’idan tayyorlanadi. O't o'lanlar yeb katta bo'lgan mollarni sutlaridan tayyorlangan, har hil ranglar, kimyoviy moddalar qo’shilmaganini istemol qilsa bo’ladi.
4. Hayvon yog'lari- o't yeb, dalalarda katta bo'lgan sigir, qo'y, echki kabi hayvonlarni go'shti va yog'larini bemalol iste'mol qilsa bo'ladi. Tovuq, o'rdak, g'ozlarni yog'lari ham shu qatorga kiradi. Yog'larini ovqat tayyorlashda ishlatsa bo'ladi chunki issiqlik tasirida ular tarkibida ko'p o'zgarmaydi.

Faqat sovuq holatida istemol qilishini mumkin bo'lgan yog'lar guruhi:
 Ishlov berilmagan o’simlik yog’lari- Kungaboqar, zaytun, makka yeryong'oq yog'lari issiqlik tasirida  tarkibi yomon, sog'liq uchun zararli holatga o'zgaradi, shuning uchun bunday yog'larni sovuq, isitlmagan holatda ishlatish kerak (salatda masalan).
Toza baliq yog'lari. 
Turli yong’oqlar va urug’lar - zig’ir urug’i yog'i (flax seed),  kunjut urug’i yog'i (sesame seeds) kabilar.

Umuman istemol qilinmasligi kerak bo'lgan yog'lar:

1. Qayta ishlangan yog'lar: Turli kimyoviy moddalar bilan yog’ tarkibidagi har hil zarali moddalar, yomon hidlar, ranglarni ketkazish orqali olingan yog’ga aytiladi. (Bu jarayonda yog’dagi foydali minerallar yoqoladi, turli kimyoviy moddalar qo’shiladi)
 2. Qayta ishlangan o'simlik yog'lari-kungaboqar, pahta, yeryong'oq, makka kabi yog'larni aksari qayta ishlangan, oqartirilgan, issiqlik ostida tayyorlagan bo'ladi va sog'liq uchun zarar.
 Deyarli ko’pchilk o’simlik yo’glari qayta ishlangan, tozalangan bo’ladi.
3. Qo'yiltirilgan (hydrogenated) yog'lar- Yog’ tarkibidagi kerakli yog’ kislotalari boshqa kimyoviy shaklga o’tiladi. Bu katta bosim ostida yo’gga vodorod gazi o’tkazish bilan amalga oshadi. O’simlik va hayvon yog’lari  qo'yiltirilgan (hydrogenated) bo’lishi mumkin. Bunday yog’larni saqlash oson, chunki tezda yomon bo’lib qolmaydi. Lekin bunday yog’larini kimyoviy tuzilishi buziladi va yomon oqibatlarga olib keladi.