Tuesday, April 29, 2014

Suyaklar salomatligi va sog'lom ovqatlanish.


Annemarie Colbin’ni “The whole Food Guide to Strong Bones” nomli kitobidagi ma’lumotlarga ko’ra Sarah bilan tayyorlagan posterlar va ularga izohlar.


 healthybones.JPG


Suyaklar tirik to'qimalardir. Ular nervlar, qon tomirlar, qon hujayralari paydo bo'ladigan iliklardan tashkil topgan.  Ular doimo parchalanib va qayta yana tiklanib turadi.
20 yoshgacha  suyak hujayralari kamayganidan ko'ra ko'proq shakllanadi. Odam ulg'aygan sari suyaklarni qayta tiklanishi sekinlashib boradi (hususan ayollarda).

Suyaklar oqsil qurilmasi (35%) va ularni biriktirib turadigan kalsiy va boshqa minerallarlardan (65%)  iboratdir.  Oqsilli qurilma suyakni cho’zuvchanligiga yordam bersa, mineral tuzli kalsiy unga suyak qattiqligini beradi.
Qachon suyakda kalsiyli tuz kamaysa suyaklar bo’sh, g’ovak va yumshoq bo’lib qoladi. Qachon oqsilli qorishma kamaysa ular mo’rt bo’lib qoladi.

Osteoporoz — suyaklar kuchsizlangan, go'vak, mo'rt va ingichkalashib ketgan holati.


Sog’lom Suyaklar uchun oziq ovqatlar.
Suyaklarni sog’lom bo’lishi, ularni sinishini oldini olish uchun ko’p miqdorda kalsiy istemol qilishni o’zigina yetarli emas. Kalsiydan tashqari bir qancha ozuqa moddalari va omillar (hayot tarzi) ham katta ro’l o’ynaydi.
Suyaklarni sog’lom bo’lishida yordam beradigan ozuqa moddalaridan:
  • Kalsiy
  • Oqsil (protein)
  • Vitamin A
  • Vitamin D
  • Vitamin C
  • Vitamin K2
  • Magniy
  • Fosfor
  • Sog’om yog’lar.
Vitamin D tanaga yetarli kalsiyni singishida yordam beradi.
Fosfor suyaklarni tog’ri minerallash uchun kerak.
Vitamin A- yosh bolalarda suyaklarni o’sishida yordam beradi.
Oqsil va Vitamin C birgalashib suyakdagi organik moddadani shaklanishida kerak.
Magniy  qondagi Kalsiyni suyaklarga singishida yordam beradi.
Vitamin K qonni quyuqlashishi va suyakni zichligi uchun kerak.
Sog’lom yog’lar yog’ bilan so’riladigan vitaminlar (D va K) ni singdirishda, so’rilishida kerak.

Sog’lom suyaklar uchun kerak oziq ovqatlar, vitaminlar va minerallarga misollar.
1. Kalsiy- to’q yashil bargli sabzavotlar, suyakli sho’rva, sut, pishloq, meva-sabzavotlar
2. Oqsil (protein)- go’sht, tuhum, sut va sut mahsulotlari, yong’oq, dukkakliklar (no’hat, loviya kabi…)
3.Vitamin A- baliq jigari yog’lari, hayvon yog’lari, o’t yeb katta bo'lgan sigirlar sutidan olingan saryog’lari, turli rangdagi meva-sabzavotlar (sabzi, mango, kale, shirin kartoshka).
4. Vitamin D- asosiysi Quyosh! baliq tuhum, baliq jigari yog’lari.
5. Fosfor-dukkakliklar, yong’oqlar, urug’lar, sut mahsulotlari.



part2.JPG
6. Sog’lom yog’lar- sifatli saryog’, kakos yog’i, hayvon yog’lari, baliq yog'lari, avakado, zig’ir yog’i kabilar.
7. Vitamin C- brokli, to’q yashil barglilar (kale), rangli balgarskiy, malina, qulupnay, papaya,kiwi, gulkaram.
8.Vitamin K- salat barglari,kale,  tuhum, sabzavotlar.
   Vitamin K2- hayvon  go'shtlarida, pishloqda, jigarda, tuhum sarig'ida. 
9.Magniy- don va dukkaklilar*, suyaklik sho'rva, yong'oq va  urug’lar, meva-sabzavotlar, dengiz o'tlari, avakado, to'q yashil barglilar va ko'katlar.


 part1.JPG


Suyaklarni nimalar kuchsizlantiradi?

 weakens.JPG


Jismoniy harakatni kamligi yoki juda ko’p jismoniy harakat
yog’i kam dieta
muntazam kofein istemol qilish
har hil dorilar
spirtli ichimliklar va chekish
ko’p shirinliklar va tayyor ovqatlar istemol qilish
qayta ishlangan oziq ovqatlar ( oq unlin non, makaron, guruch kabiar).
 ko'p pomidor, kartoshka, baqlajon kabi sabzavotlarni istemol qilish.




 Suyaklarni yahshi parvarish qilish yo’llari


care.JPG

Muntazam jismoniy mashq qilish
Sog’lom ovqat yeyish
Quyoshda yetarli yurish
Kuchli ruhiy/manaviy iroda

Sog’lom va kuchli suyaklar uchun eng kerakli ovqatlar:
Sabzavotlar, Oqsil, To’q yashil barglilar, donli mahsulotlar, sog’lom yog’lar, suyakli sho’rva.

Friday, April 18, 2014

Sog'lom ovqatlanish asoslari: Yog' va yog' mahsulotlari.


Kundalik ovqat tayyorlashda (issiqlik tasiri ostida)  foydalansa bo'lishi mumkin bo'lgan yog'lar guruhi:
 
chap tomondan: kakos yog'i, mol/qo'y yog'i, zaytun yog'i va ghee (eritilgan saryog')

1. Zaytun yog'i- an’anaviy sovuq presslash usuli orqali olingan, faqatgina ba’zibir yomon qo'shimchlardan filterlangan holatdagisini topib ishlatgan maquldir.
2. Kakos yog'i- bunday yog'ni ham ko'p ishlov berilmagan, har hil kimyoviy moddalar berilmagani ishlatish kerak.
3. Saryog' (ghee): hammaga ma’lum bo’lgan saryog’ sut yog’idan tayyorlanadi. O't o'lanlar yeb katta bo'lgan mollarni sutlaridan tayyorlangan, har hil ranglar, kimyoviy moddalar qo’shilmaganini istemol qilsa bo’ladi.
4. Hayvon yog'lari- o't yeb, dalalarda katta bo'lgan sigir, qo'y, echki kabi hayvonlarni go'shti va yog'larini bemalol iste'mol qilsa bo'ladi. Tovuq, o'rdak, g'ozlarni yog'lari ham shu qatorga kiradi. Yog'larini ovqat tayyorlashda ishlatsa bo'ladi chunki issiqlik tasirida ular tarkibida ko'p o'zgarmaydi.

Faqat sovuq holatida istemol qilishini mumkin bo'lgan yog'lar guruhi:
 Ishlov berilmagan o’simlik yog’lari- Kungaboqar, zaytun, makka yeryong'oq yog'lari issiqlik tasirida  tarkibi yomon, sog'liq uchun zararli holatga o'zgaradi, shuning uchun bunday yog'larni sovuq, isitlmagan holatda ishlatish kerak (salatda masalan).
Toza baliq yog'lari. 
Turli yong’oqlar va urug’lar - zig’ir urug’i yog'i (flax seed),  kunjut urug’i yog'i (sesame seeds) kabilar.

Umuman istemol qilinmasligi kerak bo'lgan yog'lar:

1. Qayta ishlangan yog'lar: Turli kimyoviy moddalar bilan yog’ tarkibidagi har hil zarali moddalar, yomon hidlar, ranglarni ketkazish orqali olingan yog’ga aytiladi. (Bu jarayonda yog’dagi foydali minerallar yoqoladi, turli kimyoviy moddalar qo’shiladi)
 2. Qayta ishlangan o'simlik yog'lari-kungaboqar, pahta, yeryong'oq, makka kabi yog'larni aksari qayta ishlangan, oqartirilgan, issiqlik ostida tayyorlagan bo'ladi va sog'liq uchun zarar.
 Deyarli ko’pchilk o’simlik yo’glari qayta ishlangan, tozalangan bo’ladi.
3. Qo'yiltirilgan (hydrogenated) yog'lar- Yog’ tarkibidagi kerakli yog’ kislotalari boshqa kimyoviy shaklga o’tiladi. Bu katta bosim ostida yo’gga vodorod gazi o’tkazish bilan amalga oshadi. O’simlik va hayvon yog’lari  qo'yiltirilgan (hydrogenated) bo’lishi mumkin. Bunday yog’larni saqlash oson, chunki tezda yomon bo’lib qolmaydi. Lekin bunday yog’larini kimyoviy tuzilishi buziladi va yomon oqibatlarga olib keladi.

Thursday, April 17, 2014

Sog'lom ovqatlanish asosolari: Don va don mahsulotlarini qanday to'g'ri istemol qilamiz? (2-qism)



 
Avvalgi postimizda glyutenlik donlarni to'g'ri istemol qilish haqida yozgan edik, bugun endi glyutenlik don va unlar haqida ozgina ma'lumot beramiz.
  
Donlarni tarkibidagi oqsillariga qarab 2 turga ajratish mumkin.
1. Tarkbida glyuteni bor donlar- bug'doy (har hil navlari), bulg'ur, kus-kus, semolina uni, javdari bug'doy (rye), arpalar (perlovka, barley).
2.Tarkibida glyuteni mavjud bo'lmagan donlar- guruch, marjumak (grechka) va tariq (millet), tabiiy sof suli (oats), quinoa kabilar.
Donlari sotib olayotganda tabiiy, dorilarsiz o'stirilgan, qayta ishlanmaganidan, GMO bo'lmaganlaridan olish kerak.

Glyutenlik donlar va bug'doy unlari.
Ko'pchilik non va hamir ovqatlarni tayyorlashda asosan bug’doy unidan foydalanadi. Qora un deganda bug’doyni butunligicha yanchib (tegirmondan chiqarib) un holga kelganiga aytiladi. Bu jarayonda bug’doy tarkibidagi deyarli hamma foydali va kerakli moddalar saqlanib qolinadi.
Aksariyat holatda qo'llaniladigan oq unlar esa turli oqartiradigan kimyoviy moddalar bilan oqartirilanadi. Bundan tashqari oq unni ishlab chiqarish jarayonida tana uchun kerakli foydali yog’lar, Vitamin E tamoman yo’qoladi va zarurli modda minerallar kamayib ketadi. Natijada biz sotib olayotgan un judayam zaif oqsillardan va odamni semirtiradigan krahmaldan tashkil topgan!
Bu hali hammasi emas. Tabiiy bug’doy tarkibidagi 50% ga yaqin kalsiy, 70 % fosfor, 80 % temir, 98 % magniy, 75 % manganese, 50 % potassium, 65 % mis oq unga aylanayotganda yo’qoladi.

Endi qora bug’doy un bilan oq un istemol qilinganda ro’y beradigan holat:
Qora un sekin sekin parchalanadi, biroz vaqt ketadi, hamma kerakli moddalar shu jumladan shakar ham qonga nisbatan sekin so’riladi, bu esa odam tanasi uchun juda muhim va sog’lom usuli ham shu.
Endi oddiy shakarlar va qayta ishlangan uglevodlar (oq un, oq un mahsulotlari bo’lgan makaronlar, tayyor ovqatlar) qonga sor’ilishi uchun ko’p metabolizm talab qilinmaydi. To’satdan qonda paydo bo’lgan ko’plab shakardan habar topgan meda osti bezi kerak bo’lmasada ko’p miqdorda insulin ishlab chiqarishni boshlaydi. (Insulin qondagi qand miqdorini bir hilda tutib turish uchun krahmal va uglevodlarni (shakarlarni) boshqarib turadi) Buning natijasida qondagi qand miqdori tez orada keskin tushib ketadi (normalda bir soatlar ichida) va buning oqibatida odam yana o’zini lohas, zaif va qorni ochganday sezadi (bu esa notog’ri bildiruv hisoblanadi, yani tanangizga aslida ortiqcha ovqat kerak emas, lekin qondagi qand miqdorini keskin tushishi sizni och qolganday his qilishingizga olib keladi)
Shakar, oq un mahsulotlari ortiqcha vazn oshishiga olib keladi, turli kasallikga sababchi bo'ladi,  va metabolizm ham o’zgarib ketadi.

Bug'oy unidan ivitish yoki fermentlash usulida tayyorlangan turli tabiiy shirinliklar tayyorlash haqida mana shu yerdan o'rganishingiz mumkin.
Kundalik istemol uchun tayyolanadigan nonni  qora bug'doy un (boshqa don unlaridan qo'shib)  tabiiy hamirturush bilan tayyorlash mumkin.
Uyda  tabiiy hamirturush va non (sourdough bread) tayyorlashni quyida o'rganishingiz mumkin.
sourdoughculture.ready.JPG
tabiiy hamirturush 

Wednesday, April 16, 2014

Sog'lom ovqatlanish asosolari: Don va don mahsulotlarini qanday to'g'ri istemol qilamiz? (1-Qism)


 

  
Donlarni tarkibidagi oqsillariga qarab 2 turga ajratish mumkin.
1. Tarkbida glyuteni bor donlar- bug'doy (har hil navlari), bulg'ur, kus-kus, semolina uni, javdari bug'doy (rye), arpalar (perlovka, barley).
2.Tarkibida glyuteni mavjud bo'lmagan donlar- guruch, marjumak (grechka) va tariq (millet), tabiiy sof suli (oats), quinoa kabilar.
Donlari sotib olayotganda tabiiy, dorilarsiz o'stirilgan, qayta ishlanmaganidan, GMO bo'lmaganlaridan olish kerak. 

Yuqorida aytib o’tilgan donlarning hammasini tarkibida fitin kislotasi (fitinovaya kislota, fitati) bor. Fitin kislotasi zink, magniy, kalsiy, temir kabi minerallarni  hazm qilish tizimida o’ziga biriktirib oladi, va bu minerallar ichaklarda so’rilmay qoladi. Doimiy shunday holat bo’lsa odamda mineral kamayishi kelib chiqadi (ayniqsa suyak, tishlarni zaiflanishiga olib keladi).
Shuning uchun fitin kislotasini kamaytirish yoki kuchsizlantirish uchun ivitish, undirish, fermentlash usullarini qo'llash kerak. Doimiy yahshi ishlov bermasdan istemol qilingan donlar, dukkakliklar, yong’oqlar va urug’lar  sog'liq uchun zararli bo'lib qoladi.

Bundan tashqari donlarda  yana hazm qilish tizimi uchun zararli moddalar ham bo'ladi. Ular hazm qilish tizimi devorlarini shikastlab, ularni "teshib" qo'yadi. Teshilib qolgan hazm qilish tizimidan hali to'la parchalanmagan oziq ovqat moddalari, yomon bakteriyalar qonga o'tib ketadi. Bunday holatda  ko'p qorin/ich dam bo'lishi, gaz chiqishi, qorin og'riqlari ko'payadi. Allergiya, bo'g'im-mushaklarda og'riqlar, terida toshmalar chiqishilariga ham olib borishi mumkin.
Agar shunday kasalliklar boshlansa eng birinchi yo’l dietadan donli oziq ovqatlarni olib tashlab, hazm qilish tizimini qayta davolashda yordam beradigan fermentlangan oziq ovqatlar (fermentlangan har hil sabzavot-mevalar, ichimliklar), suyak sho’rvalar, sog'lom yog'lar istemolini ko’paytirishga harakat qilish kerak. Yahshilangandan keyin donli mahsulotlarni sekin asta to'g’ri tayyorlab istemolga kiritishi mumkin.

Glyuntesiz donlarni tog'ri istemol qilish usullari: 1. Ivitish usuli.
Umumiy qoida: Don va unlardan foydalanish uchun ularni kislotali yordam va filterli suv bilan  12-24 soat ivitish kerak.
Kislotali yordamga misollar: lemon suvi, qatiq yoki kefir suvi, olma sirkasi kabilar. Ular fitin moddasini kamayishidan yordam beradi.  Tahminan har bir stakan filterlangan suvga bir qoshiq kislotali yordam solinadi.

Suli (ovsyanka, oats)- nonushtaga ovsyanka tayyorlash uchun12-24 soat oldin uni filterli suv,  kislotali yordam (limon suvi, olma sirkasi) va 1-2 qoshiq grechka donlarini maydalangani bilan ivitiladi. Ertalab suv yoki sut bilan qaynatib pishiriladi.
 oats.JPG
Jigarrang guruch- guruchdagi deyarli barcha foydali ozuqalar guruchni po'sti/qobig'ida bo'ladi. Hamma ozuqa moddalarni hazm qilishiga to'siq bo'ladigan, ularni o'ziga bog'lab turadigan fitin moddasi ham huddi shu po'stida bo'ladi. Agar po'sti olinsa foydali ozuqalar ham, zararli fitin moddasi ham yo'qoladi, yani foydali ozuqasi ham zarari ham bo'lmagan "bo'sh kaloriyalik" oq guruchga aylanadi. Jigarrang guruchni oddiy filterli suv va kislotali yordam bilan ivitish deyarli umuman samara bermas ekan. Jigarrang guruchdagi zararli fitin moddasini kamaytirib istemol qilishni hozirdagi eng to'g'ri usuli quyidagichadir: 
 
  • Guruchni idishga solib toza, filterlangan suv bilan qoplab, hona haroratida 24 soatga ivitib qo'yamiz. Agar hona sovuq bo'lsa duhovkaga solib, duhovkani chirog'ini yoqib qoldirish kerak). Ivitish vaqti tugagandan so'ng ivitilgan suvni bir qismini (10%) shisha idishga quyib, sovutkichda saqlaymiz.Qolgan ivitishga ishlatilgan suvni to'kib tashlab, toza tuv bilan jigarrang guruchni pishirib olamiz yoki kerakli taomga qo'shib ishlatamiz.
  • Kelgusi payt yana jigarrang guruch ivitganda huddi yuqoridagi jarayon takrorlanadi. Faqat  bitta o'zgarish: endi sovutkichda saqlanayotgan avvalgi ivitishdan olib qo'ygan suyuqlikni ham qo'shamiz. 24 soatdan keyin yana ivitishga ketgan suyuqlikni 10% ini olib qo'yamiz kelasi safar uchun.
  • Huddi shu jarayonni qayta qayta takrorlaymiz. Tahminan 4chi ivitishdan boshlab  jigarrang guruchdagi fitin moddasi 95% gacha yo'qolishi mumkin. 
  • Doimo guruchni ivitib bo'lib, suyuqlikni 10% ini saqlab qo'yish kerak kelasi safar uchun.
Bu usulni Whole health Source blogidagi Stephan Guyenet o'rgatgan. Tishlarni davolash haqidagi kitobida Ramiel Nagel ham tushuntirib o'tgan.
Tariq (millet)- tariqni ham yuvib, filterlangan suv va kislotali yordam bilan 12-24 soat ivitamiz.

Quinoa-donlarni yahshilab yuvib tozalab, filterlangan suv va kislotali yordam bilan 12-24 soat ivitamiz. 24 soatlar ichida quinoa donlari sekin unishni boshlaydi.
Marjumak/Grechka- oddiy ivitish uchun grechkani ham filterlangan suv va kislotali yordam bilan 12 soat ivitamiz. Marjumakni eng yahshisi undirib ishlatish kerak, shu yo'li qulay va yanayam foydaliroq.

Glyuntesiz donlarni tog'ri istemol qilish usuli: 2. Undirish usuli.

Donlarni to'g'ri tayyorlashni yana bir afzalroq usuli  ularni undirilgan holatda istemol qilish. Quyida turli glyutensiz donlarni undirish haqida o'rganish mumkin.
Ivitilgan, fermentlangan yoki undirilgan glyutensiz don va don mahsulotlaridan tayyorlangan oziq ovqatlarga quyida turli misollar ko'rishingiz mumkin. 

Davomi bor...

Mavzuga doim postlar:
Glyutenlik don va unlardan to'g'ri foydalanish haqida.




Thursday, April 10, 2014

Sog'lom ovqatlanish asoslari: Shakar va shakar mahsulotlari

Tabiiy shakar (rapadura/sucanat) va sifatli asal

Shakar uglevodlarning eng oddiy shakli hisoblanadi va turli ko'rinishlarda uchraydi. Masalan sutdagi shakar, mevalardan olinadigan shakar, qayta ishlangan shakar yoki sun'iy tayyorlangan shakarlar. Ko'pchilik uy sharoitida ishlatadigan oddiy oq shakar odatda shakarqamishdan yoki lavlagidan olinadi. Tabiiy shakarqamish va lavlagi odam uchun kerakli foydali moddalarga, minerallarga, oqsillarga boy o’simliklar hisoblanadi, lekin ularni oq shakarga (jigarrang shakarga, shakar kukuniga) aylantirish asnosida deyarli hech qanday foydali moddalar qolmaydi, balki har hil kimyoviy moddalar qo’shiladi. 

Uy sharoitda keng qo'llaniladigan shakar turlari (chapdan o’ngga)- organic shakar, oq shakar, asal, jigarrang shakar (brown sugar) shakar kukuni.


Muntazam shakar istemoli sekin astalik bilan meda osti bezi,  bo'yrak usti bezi va butun endokrin sistemasiga katta zarar yetkazadi. Endokrin tizimini zararlanishi juda ko'p kasalliklarga olib keladi. Bundan tashqari shakarli mahsulotlar suyak va tishlarni kuchsizlanib, zararlanishiga olib keladi. Tishlar tez qurtlaydi.  Ayniqsa yosh bolalarda bu narsaga juda ehtiyot bo’lish kerak. Bunday zararlar tez vaqtda ko'rinmasligi mumkin, lekin shakar va shakar mahsulotlarini doimiy istemoli sekin sekin shunday nohush holatlarga olib keladi.

Demak yuqorida rasmda ko’rsatilgan shakar turlari va boshqa shakar o’rniga ishlatilinadigan moddalarni hech qaysinisi biz uchun foydalik emas ekan.
Hamma qayta ishlangan krahmalli ovqatlar yoki shirinliklar istemol qilinishi bilan tezda qonga so’riladi va insulinni normaldan ortiqcha ishlab chiqishni boshlaydi.  Insulin esa qondagi shakar va yog’larni kelajakda ishlatish uchun saqlab qoyadi. Yani ortiqcha yog’. Bu esa vaznni ko’payishiga olib keladi. Qondagi qand miqdorini, insulinni ko’p ishlab chiqarilishini keskin o’zgarib turishi, tezda oshishi/kamayishi ohiri borib batamom ishdan chiqishi mumkin. Qancha ko’p shakar yeyilsa shuncha tez hazm bo’ladi va energiya darajasini keskin o’zgarib turishiga olib keladi, siz esa faqat yana ochlikni sezasiz holos.

Shakar o'rnida nimalarni ishlatish mumkin?

Tabiiy meva va sabzavotlar, donli mahsulotlar tana uchun kerakli murakkab uglevodlarni (shakar yuqorida aytganimizday oddiy uglevod) ta'minlaydi va yetarli energiya ishlab chiqarishda yordam beradi. Bundan tashqari tabiiy shakarlar tarkibida turli foydali minerallar hususan ovqat hazm qilishda va zaharli moddalardan tanani tozalab turishda kerak boladigan “fiber” bilan birga keladi. Natijada shakar ham sekinroq hazm bo’ladi va qondagi qand miqdori tezda oshib/tushib ketmaydi.
Gohi gohida tabiiy shakar, zarang darahi siropi yoki asaldan foydalanish bilan kifoyalanish kerak.

O’zingiz tayyorlaydigan ovqatlarga ham shakar qo’shmang. Kofe, qora choy, shokoladlar tarkibidagi kaffein ham meda osti beziga koproq insulin ishlab chiqarishni buyuradi.

Ba’zan sog'lom ovqatlaringiz bilan kam miqdorda o'zingiz tayyorlaydigan shirinliklarnidan istemol qilishingiz mumkin (masalan 1 oyda 1-2 marta) lekin ko’p emas. Shirinliklarni sog'lom yog'lar bilan birga istemol qilsa yanayam yahshiroq.
Bundan ko’p shakar istemol qilishlik shakarga boqliqlikni (huddi odamlar narkotikka, aroqqa, chekishga bog’liq bolib qolganiday) keltirib chiqadi.  Semirtiradi, qandli diabet kabi turli kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Shakar turli ko'rinishlarda bo'lishi mumkin, ularning nomlarini bilib olish sog'lom ovqat tanlashda katta yordam beradi.
Shakar nomlari: makka siropi (high fructose corn syrup), fruktoza (fructose), saharoza (sucrose), laktoza (lactose), dekstoz (dextrose) va boshqlar. Doimo magazindan narsa olayotganda tarkibini qarang, tayyor mahsulotlarni olishda shoshilmang. Hatto ba'zi mahsulotlarni tarkibida yuqorida nomlari kelgan moddalar bolmasligi ham mumkin. Masalan alkogol ichimliklariga sorbitol, mannitol kabi nomlar bilan yoziladi. Muzqaymoq ham huddi shu, eng tez semirtiradigan, qondagi qand moddasini keskin o'zgarishiga sababchi boladigan mahsulotlardan.